Toshkent Moliya Instituti Iqtisodiyot fakulteti Ibi-80 guruhi talabasi Abdijabborov Og’abekning Audit fanidan tuzgan testlari
Download 13.82 Kb.
|
audit 1-joriy
Toshkent Moliya Instituti Iqtisodiyot fakulteti Ibi-80 guruhi talabasi Abdijabborov Og’abekning Audit fanidan tuzgan testlari 1. O‘zbekistonda malaka sertifikatiga ega mustaqil auditorlarni ixtiyoriy tarzda birlashtiruvchi, mustaqil, notijorat jamoat tashkiloti? A. Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi. B. Auditorlar palatasi. C. Auditorlar kongressi. D. Buxgalterlar palatasi. . «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq faoliyat turiga ko‘ra quyidagi qaysi iqtisodiy subyektlar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilishi shart emas? A. Aksiyadorlik jamiyatlari. B. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari. C. Sug‘urta tashkilotlari. D. Investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning boshqaruv kompaniyalari. E. To‘g‘ri javob mavjud emas 3. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash qanday me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi? A. Vazirlar Mahkamasining 365-qarori asosida. B. Audit milliy standartlari asosida. C. «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonun asosida. D. Auditning xalqaro standartlari asosida. E. «Auditorlarni tayyorlash va sertifikatsiyalash» dasturi asosida. 4.Auditorlik tashkilotining mustaqilligi nima bilan kafolatlanadi? A. Audit milliy standartlari bilan. B. «Auditorlarni tayyorlash va sertifikatsiyalash dasturi» bilan. C. «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida» gi qonun bilan. D. Auditning xalqaro standartlari asosida. E. Barcha javoblar to‘g‘ri. 5. 3-son AFMSga muvofiq auditni rejalashtirish necha bosqichga bo‘linadi? A. 2. B. 3. C. 4. D. 5. E. To‘g‘ri javob mavjud emas. 6. Rejalashtirishning qaysi tamoyili tekshiruvda ishtirok etadigan auditorlarga kelishilgan topshiriqlar belgilanishi va rejalashtirish bosqichlarining muddatlar hamda tarkibiy bo‘linmalar bo‘yicha bog‘liqligida ifodalanadi? A. Mustaqillik. B. Uzluksizlik. C. Oshkoralik. D. Konfidentsiallik. E. To‘g‘ri javob mavjud emas. 7. Hisobotdagi har bir satr bo‘yicha moddiylik alohida satrlar bo‘yicha yig‘ilishi uchun qaysi usuldan foydalaniladi? A. Analiz usuli. B. Sintez usuli. C. Deduksiya usuli. D. Induksiya usuli. E. To‘g‘ri javob mavjud emas. 8. Auditor auditni rejalashtirish davrida ajratib bo‘lmaydigan riskini 70%, ichki nazorat riskini 40%, aniqlanmaslik riskini 12% qilib belgiladi. Shunda auditorlik riski necha foizga teng bo‘ladi? A. 3,16%. B. 3,36%. C. 3,46%. D. 2,15%. E. To‘g‘ri javob mavjud emas. 9. Ekspert xulosasida qanday majburiy rekvizitlar bo‘lishi lozim? A. Hujjat nomi. B. Hujjatning sanasi. C. Ekspertning shaxsiy imzosi. D. A, B. E. A, B, C. 10. Ekspert xulosasi kimga taqdim qilinadi? A. Auditorlik tashkilotining ishchi hujjatlariga qo‘shiladi. B. Korxona rahbariga beriladi. C. Ekspertning o‘zida qolib, u og‘zaki tushuncha beradi. D. Soliq idorasiga taqdim etiladi. E. To‘g‘ri javob berilmagan. Download 13.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling