Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti iqtisodiy xavfsizlik kafedrasi


Download 191.29 Kb.
bet5/13
Sana16.06.2023
Hajmi191.29 Kb.
#1518995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
KURS ISHI IQTISODIY XAVSIZLIK 53-2 Ochilov Marat

2. Mamlakatning iqtisodiy xavfsizlik tizimi.
Bugungi kunda jahon xo`jaligida globallashuv jarayonlarini kuchayishi bilan tavsiflanadi. Har bir mamlakat global iqtisodiy tizimning subyekti sifatida jahon tizimiga muaffaqiyatli integratsiyalashuvini istadi. Barcha, ya‘ni ishlab chiqarish omillarini jadallashgan samarali ayirboshlanishi bu ijobiy momentlardir, biroq shu bilan birga, salbiy tomonlar mamlakatning tashqi bozorga qaramligi kuchayib bormoqda. Globallashuv sharoitida barcha mamlakatlarda iqtisodiy vaziyat bir xil emas. Uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi mamlakatni qay darajada jahon hamjamiyati nazorati ostida ekanligini belgilab beradi. O`zbekiston bunday holatdan ozod etilgan emas, balki aksincha jahon hamjamiyatiga integratsiya davlatga qator muammolarni vujudga keltirganini ko`rish mumkin.
Iqtisodiyotni internatsionallashuvi sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash muammosi O`zbekistonning iqtisodiy siyosatini ishlab chiqishning asosiy jihati bo`lib hisoblanadi. Iqtisodiy muammolarni hal etish faqatgina iqtisodiy xavfsizlik talablaridan kelib chiqqan holda iqtisodiy munosabatlar sohasida to`g`ri va maqsadga muvofiq holda huquqiy mexanizmning faoliyatini to`g`ri tashkil etishga bog`liq.


Samarali boshqarish uchun ushbu tizimning elementlarini tizimlashtirish kerak, ularga to`g`ri baho berish uchun ularni o`rganish va mikro hamda makro darajada iqtisodiyotning holatini tahlilini o`tkazish va tahdidlarni oldini olish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim.


O`zbekistonning iqtisodiy xavfsizlik tizimining yo`nalishlarini aniqlash uchun, ularni qismlarga, elementlarga bo`lish kerak. Iqtisodiy xavfsizlikning asosiy elementlari bo`lib quyidagilardan iborat:
1. Energetik xavfsizlik. Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta‘minlash borasida energetik sektorining salohiyatini mustahkamlash va tabiiy energiya resurslaridan yuqori darajada samarali foydalanishni yo`lga qo`yish, mamlakat energetika siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi. Energetik xavfsizlik mamlakat aholisini, jamiyat, davlat, iqtisodiyot tarmoq va sohalarining yoqilg`i hamda enegriya resurslari bilan ishonchli ta‘minlanishi borasida yuzaga keluvchi xavf-xatarlardan himoyalanganlik darajasidir. Ushbu xavf-xatarlar tashqi (geosiyosiy, makroiqtisodiy, konyunkturaviy) omillar va shu bilan bir qatorda mamlakat energetika sektorining holati va faoliyat ko`rsatishi bilan belgilanadi. Mamlakatning energetika xavfsizligini mamlakat fuqarolari, jamiyat, davlat va iqtisodiyot tarmoqlarining arzon va zaruriy sifatga ega bo`lgan yoqilg`i- energetika resurslariga bo`lgan ehtiyojlarini to`laqonli ravishda qondirish borasida vujudga kelishi mumkin bo`lgan ichki va tashqi omillardan, shu bilan bir qatorda, yoqilg`i-energiya ta‘minotidagi uzilishlardan himoyalanganlik darajasi sifatida baholashimiz mumkin.

Download 191.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling