Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi iqtisodiyot fakulteti


Download 32.8 Kb.
bet1/3
Sana28.10.2023
Hajmi32.8 Kb.
#1730146
  1   2   3
Bog'liq
MySoliq Sarvinoz


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

«IQTISODIYOT» KAFEDRASI


IQTISODIYOT FAKULTETI


Raqamli iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalar
fanidan
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: My Soliq platformasi haqida


O’qituvchi: Axrorov F.
Bajardi: SI 74/22 guruh talabasi Xaydarova S.
TOSHKENT 2023
Reja:



  1. My.soliq.uz bu nima?




  1. My.soliq.uz vazifalari.


  1. Platforma tuzilishi ko’rinishi.




  1. Platformadagi yangiliklar haqida.


My.soliq.uz bu nima?
my.soliq.uz – Yuridik va jismoniy shaxslar uchun soliqqa tortish va moliyaviy masalalarga oid turli elektron xizmatlarni taqdim etish uchun moʻljallangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan onlayn platforma.

Portalda elektron davlat xizmatlari interaktiv va axborot davlat xizmatlariga ajratilgan. Xizmatlar yo‘nalishiga ko‘ra “murojaatlar yuborish”, “soliqlarni to‘lash”, “ma’lumotnomalar olish”, “hisobga qo‘yish” kabi guruhlarga bo‘lingan.


Davlat soliq qo‘mitasining 31 elektron davlat xizmati, shu jumladan, 18 interaktiv va 13 axborot xizmati elektron soliq xizmatlari portaliga joylashtirilgan. Bundan tashqari, 27 turdagi ochiq ma’lumotlardan ham foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Portalda soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq barcha masalalarni elektron shaklda hal etishga mo‘ljallangan yuridik va jismoniy shaxslarning “shaxsiy kabinet”lari yanada qulay ko‘rinishda. Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun alohida “shaxsiy kabinet” joriy etilgan.
Portalda soliqlarni mustaqil ravishda hisoblab chiqarish, hisobot va soliq deklaratsiyalarini yuborish, rasmiy tushuntirishlar va 14 turdagi ma’lumotnomalarni olish mumkin. Korxonaning hisobraqamiga qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalari ro‘yxati bilan tanishish, soliqlarni onlayn rejimida to‘lash, korxonaga yuborilgan ogohlantirish xabarnomalari to‘g‘risida tezkor xabardor bo‘lish, fuqarolarga hisoblangan sug‘urta badallarini ko‘rish kabi o‘nlab yangi imkoniyatlar yaratilgan.
Barcha turdagi soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni onlayn rejimida to‘lash tizimi 24 soat davomida uzluksiz va bepul ishlaydi. Bu imkoniyatdan 110 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’yekti foydalanib, 882 milliard so‘mlik soliq va boshqa majburiy to‘lovlar masofadan turib to‘langan. Joriy yilning 1 mayidan boshlab yana bir yangilik joriy etildi: korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning mol-mulk va yer soliqlaridan bo‘lgan qarzdorligi yoki joriy yil uchun hisoblangan soliqlarni “shaxsiy kabinet” orqali onlayn to‘lash imkoniyati yaratilgan.
Interaktiv xizmatlar yordamida jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini “Clisk”, “MVank” hamda “U-Pay” xizmatlari orqali to‘lashi ortiqcha ovoragarchilikdan xalos etadi.
Zamonaviy smartfon va planshetlar uchun foydalanishga mo‘ljallangan “Soliq” mobil ilovasi yordamida Davlat soliq qo‘mitasining 15 turdagi interaktiv xizmat turlaridan tez, oson va qulay shaklda foydalanish mumkin.



Download 32.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling