Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi iqtisodiyot fakulteti
Download 32.8 Kb.
|
MySoliq Sarvinoz
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘lov xizmatlari
- Foydalanish imkoniyati
My.soliq.uz vazifalari.
my.soliq.uz vazifalari: Soliq to‘lovchini ro‘yxatdan o‘tkazish: Foydalanuvchilar portal orqali soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini (STIR) olishlari mumkin. Soliq deklaratsiyasi: Jismoniy shaxslar va korxonalar turli soliq deklaratsiyasini, jumladan, daromad solig'i, qo'shilgan qiymat solig'i (QQS) va boshqalarni elektron shaklda topshirishlari mumkin. To‘lov xizmatlari: Davlat oldidagi soliqlar va boshqa moliyaviy majburiyatlarni onlayn to‘lash imkoniyatini taqdim etadi. Soliq maʼlumotlari: Foydalanuvchilar o‘zlarining soliq tarixi va boshqa tegishli maʼlumotlarga kirishlari mumkin. Soliq kalkulyatorlari: platforma foydalanuvchilarga soliq majburiyatlarini hisoblashda yordam berish uchun soliq kalkulyatorlarini taqdim etadi. Xabarnomalar: Soliq to‘lovchilar soliq to‘lash muddatlari va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi yangiliklar va bildirishnomalarni olishlari mumkin. Foydalanish imkoniyati: Platforma soliq to‘lovchilarga internetga ulangan har qanday joydan haftasiga 7 kun davomida onlayn foydalanish huquqini berish orqali soliq majburiyatlarini bajarishni osonlashtirish uchun mo‘ljallangan. MY SOLIQ – bu elektron soliq platformasi bo’lib, bu yerda yuridik, jismoniy va yakka tartibdagi tadbirkorlar o’z soliq hisobotlarini topshirishi, soliq haqida yangiliklarni kuzatishlari, portal haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lishlari mumkin bo’ladi. Bosh sahifada yana murojatlarni yuborish, turli xil tadbirkorlikni ro’yxatga olish, xisobotlarni yuborish va shunga o’xshash ko’plab ishlarni bajarish mumkin. ERI orqali tizimga kirmoqchi bo’lganimizda bizda ushbu oyna ochiladi. Biz o’zimizning shaxsiy yoki korxona ERI ni tanlagan holda parolni kiritib tizimga kirishimiz mumkin bo’ladi Umuman olganda shaxsiy kabinetga biz 4 xil yo’l bilan kira olamiz: 1- ESI orqali; 2- USB token orqali; 3- ONE ID orqali; 4- E-IMZO Mobile orqali; Bularning barchasini o’ziga yarasha qulayliklari bor va ular jismoniy yoki yuridik shaxslarga har doim yengillik yaratadi. Shaxsiy kabinetimizga kirganimizda bizda soliq bilan bog’liq juda ko’plab imkoniyatlar paydo bo’ladi. Murojatlar, arizalar yuborish va ularga kelgan javob xatlarini ko’rish. Soliq bilan bog’liq qarzdorliklarimiz haqida ma’lumotlarga ham ega bo’lishimiz mumkin bo’ladi. Shaxsiy kabinetda yana ko’plab ko’rib turganingizga o’xshagan turli xil xizmatlardan ham foydalanishingiz va ular bilan tanishib chiqishingiz mumkin bo’ladi. Bundan tashqari ushbu platformani o’z kutubxonasi ham mavjud. Bu kutubxonada biz xizmatlardan foydalanish va ularni qanday bajarish haqida tanishib chiqishimiz va videoqo’llanmalarni ko’rishimiz mumkin. Download 32.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling