Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi iqtisodiyot fakulteti


Etiket tushunchasi va uning qoidalari


Download 74.11 Kb.
bet2/4
Sana25.10.2023
Hajmi74.11 Kb.
#1721206
1   2   3   4
Bog'liq
Etiket haqida

Etiket tushunchasi va uning qoidalari.

Etiketni bir joyda qotib qolgan deb tushunish kerak emas:etiket madaniyatijamiyat bilan birga rivojlanib boradi. Hozirgi zamon jamiyatida etiket ijtimoiyh hayotning borishi va demokratik jarayonlarni aks ettiradi, yanada erkin va tabiiy bo'lib boradi. Hozirgi vaqtda etiket barcha insonlarga nisbatan e‘tiborli va hamjihat bolish ma‘nosiga ega bolib bormoqda.


Etiketning oltin qoidasi:

1. Har doim yaxshi narsalarga qarab intilish kerak, bu birinchi qoida. Yaxshilik deganda, yaxshi xizmat, jamoat va rahbar tasarrufida siz haqingizdayaxshi fikr qoldirish kerak.

2. Sadoqat bilan xizmat qilish. Har sohaning mas‘uliyati bor, unga amal qilish zarur.



  1. Kasbdoshlar orasida o‘zaro hurmat va ishonch qozonish, bir-biriga do‘stona va yaxshi muomalada bo‘lish. Jamoani va o‘z-o‘zini hurmat qilish har bir mutaxassis uchun kerak.


4. Kasbdoshlaringiz bilan do‘stona munosabatda bo‘lishingiz kerak.

5. Haqqoniy, adolatli bo‘lish – har bir insonning ma‘naviy aspekti. Bu xususiyatni ish jarayonida har bir insonda ijobiy jihatlarini namoyon o‘lishida kuzatish mumkin.

6. Bilimli, hissiyotli, xulq atvorli bo‘lish va boshqalarga namuna bo‘lish ish jarayonining eng yaxshi xislatlaridan biridir.

7. Har bir inson odob-axloqli va namunali xulqli bo‘lishi, etiket qoidalariga amal qilishi doimo kerak.

8. Har doim har bir inson sahiy, ko‘ngli toza, shaxsiy hayotda xushxulqli bag‘rikeng bo‘lishi talab qilinadi.

9. Har qanday axborotni (sirni) har bir inson saqlay bilishi, shundagina jamoa oldida hurmat qozonishi va kareraga ega bo‘lishi va jamoat oldida katta hurmat qozonishi lozim.

10. Barchaga siz yaxshi xulk-atvoringiz va kasbiy mahoratingiz bilan namuna bo‘lishingiz zarur.
Etika va etiket falsafa fani bilan ham bevosita bog‘liq bo‘lib, ular bir xil

masala, ya‘ni axloq bilan shug‘ullanadi. Agar falsafa axloqning kelib chiqish tarixini va uning rivojlanish qonuniyatlarini o‘rgansa, etika va etiket esa uning amaliy tomonlarini o‘rganadi. SHunday qilib, falsafa axloqning nazariy masalalari bilan shug‘ullanadi, etika va etiket esa jamiyatda qo‘llaniladigan axloqiy qoida va me‘yorlarni o‘rganadi. Psixologiya va etika va etiket fanlari o‘rtasida ham ma‘lum bog‘liqliq mavjud. Agar ruhshunoslik fanining mehnat psixologiyasi bo‘limi mehnat turiga
xos xossalarning odamga ruhiy ta‘sirini o‘rgansa, etika va etiket fani esa turli kasb egalarining qanday axloqiy qoidalarga rioya qilish kerakligini o‘rganadi. Etika va etiket iqtisodiy geografiya va ekologiya fanining ekologiya qismiga aloqador. Ekologiya va etikaning bir–birlari bilan chambarchas bog‘liqligi, ayniqsa
oxirgi yillarda, tasdiqlanmoqda. Ma‘lumki, jamiyat a‘zolarining tabiat qonunlariga rioya qilmasligi va undan yovuzlarcha foydalanishlari natijasida oxirgi yillarda ekologik fojiali holatlar vujudga kelmoqda. Ulardan biri dunyoda o‘rtacha yillik
haroratning oshib borishi va uning natijasida muzliklarning erishi, yoki ba‘zi bir mintaqalarda, masalan Orol dengizi ko‘rfazida kurg‘oqchilikning yuzaga kelishi va boshqalar. Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan fojialarning oldini olish va tabiatdan oqilona foydalanish uning qoida va me‘yorlarini amalga zudlik bilan tadbiq
etishni talab qilinadi. Ma‘lumki, amaliy me‘yor va qoidalarni ishlab chiqish etika va etiket fanining asosiy masalalaridan hisoblanadi.



Download 74.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling