Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi «mikroiqtisodiyot. MAKROiqtisodiyot»


Raqobatning turlari, mohiyati va usullari


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana09.01.2022
Hajmi0.6 Mb.
#263583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Abdurayaimov Abduqahhor

2.Raqobatning turlari, mohiyati va usullari.  

 

 



Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni 

cheklash va raqobat to‘g‘risidagi qonon bugungi kunda eskirdi va zamon 

talablariga javob bermay qoldi. Shuni e’tiborga olgan xolda “Raqobat  

to‘g‘risidagi” yangi qonunni ishlab chiqarishimiz va qabul qilishimiz zarur.”

6

- deb 


ta’kidlagan edilar.   

                                           

6

 I.A.Karimov. Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 



rivojlantirish konsepsiyasi.T.: O‘zbekiston, 2010 yil 52 bet   

  



17 

 

 



 

Shulardan 

kelib 

chiqqan 


xolda, 

raqobat 


bozor 

iqtisodiyotini 

harakatlantiruvchi  mexanizmi  hisoblanadi.  Zero,  raqobat  tashqi  kuch  sifatida 

maydonga  chiqib,  korxonalarda  mehnat  unumdorligini  oshirish,  harajatlarni 

kamaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni oqilona tashkil etishga, binobarin ishlab 

chiqarishni kengaytirish va samaradorligini oshirishga doimo undab turadi.   

Raqobat  nima  ishlab  chiqarish  kerak?  degan  savolga  aniq  javob  beradi. 

Chunki haridorning tovar va xizmatlarni sotib oligga sarflash uchun mo‘ljallangan 

mablag‘lari doimo cheklangan bo‘ladi. O‘z navbatida tovar ishlab chiqaruvchilar o‘z 

tovarlarini sotish orqali Ushbu mablag‘larga ega bo‘lish maqsadida kurashadilar.   

Shuni aloxida ta’kidlash kerakki raqobat iqtisodiy agentlarning bitimlarini 

uzluksiz oshirishga, rag‘batlantirib turadi. Busiz raqobatda g‘olib chiqish mumkin 

emasligini ta’kidlab, shuni aytish kerakki fan-texnika taraqqyoiti yutuqlarini vaqtida 

ishlab  chiqarish,  joriy  etish  yuqori  saviyadagi  mutaxassislarni  talab  etadi.  Ushbu 

ishlarni amalga oshirmaslik esa muqarrar ravishda raqobat kurashini boy berishga 

olib keladi.  

Bozorda firmalar resurslarini arzon olish va tovarlarni qimmatroq sotishga 

intiladilar va foydani ko‘proq olish uchun kurashadilar. Haridor mollarni bozorda 

arzon  olmoqchi  bo‘lsa,  sotuvchi  qimmatroqqa  sotishni  o‘ylaydi.  Raqobatda  aniq 

maqsadlar qanday bo‘lmasin, pirovard natija daromad ko‘rish yoki imidj ortishidan 

iborat. Raqobatsiz bozor iqtisodiyotining bo‘lishi mumkin emas va bunda iqtisodiyot 

mavjud bo‘la olmaydi ham.   

Bozor  raqobati  qanday  xususiyatga  ega?  Birinchi  navbatda,  rivojlangan 

bozorda  raqobat  iste’molchilar  (haridorlar)  o‘rtasida  emas  balki  tovarlar  va 

xizmatlarni sotuvchilar ham iste’molchilar singari foyda olish yo‘lida harakat qiladi. 

Ammo ishlab chiqaruvchining shaxsiy foydani ko‘zlashi raqobat bo‘lganda yuqori 

raqobatdoshlikka erishish moddiy texnika, moliya va mehnat resurslaridan samarali 

foydalanish  esa  umuman  jamiyat  manfaatlariga  mos  keladi,  chunki  resurslar  har 

qanday  jamiyatda  cheklangan.  Raqobat  mahsulot  birligiga  mehnat  sarfini 



18 

 

 



 

kamaytirishga  eng  mukammal  texnologiyalarni  ishlab  chiqarish  va  joriy  etishga, 

mahsulot sifatini yaxshilash va narxini pasaytirishga rag‘zbat beradi.

7

  



Bozorning  raqobatchilik  tarkibiy  tuzilishining  turli  modellari  ajratib 

berilgan.  Uning  turli  modeli  keng  e’tirof  etilib,  mukammal  (sof)  raqobat; 

monopolistik  raqobat,  oligopoliya,  mukammal  monopoliya  kabilarga  bo‘linadi. 

Mukammal  (sof)  raqobat  -  bozorga  kirib  keladigan  va  undan  chiqib  ketadigan, 

haridor  va  sotuvchilarning  ko‘pligi  bilan  tavsiflanadigan,  sotuvchilar  bir  xil  ish 

turidagi  tovarlar  va  xizmatlarni  taklif  etadigan  raqobat  turidir.  Bunda  haridor  va 

sotuvchilarning  birontasi  ham  aloxida  bir  o‘zi  bozor  narxlariga  ta’sir  ko‘rsatishga 

qodir bo‘lmaydi. Bu modelga ko‘ra mukammal raqobatchi mavjud bozor narxlarida 

sotish  uchun  mo‘ljallangan  jami  mahsulot  yoki  xizmatni  bozorda  sotish 

imkoniyatiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchi yoki tovarlarni sotuvchi hisoblanadi. U 

umumbozor narxlariga uni ko‘tarish yoki pasaytirish tomoniga qarab hech qanday 

ta’sir ko‘rsata olmaydi, chunki bir xil yoki turdosh tovarlar va xizmatlar savdosining 

umumiy  xajmida  uning  hissasi  bir  ishlab  chiqaruvchi  bozorni  o‘z  ichiga  oladigan 

bo‘sag‘asidan  past  ijtimoiy  manfaatlar  nuqtai  nazaridan  xuddi  shunday  raqobatli 

bozor  eng  foydali  hisoblanadi.  Bunday  bozorda  yakka  bir  ishlab  chiqaruvchi  va 

sotuvchi  narxga  ta’sir  ko‘rasat  olmaydi,  jamiyat  esa  haridor  qiyofasida  tekshirib, 

sinab, tanlab olib ayni paytda ishlab chiqarishni nazorat qiladi va boshqaradi.   


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling