Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi «mikroiqtisodiyot. MAKROiqtisodiyot»


Tovarning raqobatdoshligini o‘rganish va baholash usullari


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana09.01.2022
Hajmi0.6 Mb.
#263583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Abdurayaimov Abduqahhor

3.Tovarning raqobatdoshligini o‘rganish va baholash usullari.  

  

Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida, “Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida 



amalga  oshirilgan  yana  bir  yo‘nalish  –  mamlakatimizdagi  eksport  qiladigan 

korxonalarni  qo‘llab  quvvatlash  va  rag‘batlantirish,  eksport  salohiyatini 

mustaxkamlash bo‘yicha qabulqilingan amaliy choralar muhim ahamiyatga ega  

bo‘ladi.”

9

 deb ta’kidlagan edilar.   



Shunday ekan talab, taklif va raqobatsiz bozorni tasavvur etib bo‘lmaydi. 

Haridorning tovar va xizmatlar sotib olish uchun qilgan sarf harajatlari ikk qismdan 

iborat. Birinchi tovarga bo‘lgan baho, ikkinchisi uni topishga ketgan vaqt va 

ishlatish harajatlaridir. Ularning hammasi jamiyat uchun iste’mol harajatlarini, 

ya’ni bahosini tashkil etadi. Iste’mol bahosi tovarning harid qilib olish narxidan 

ancha ko‘p. Tovarlar ichida eng raqobatdoshi bo‘lib boshlang‘ich bahosi past emas, 

                                           

9

 I.A.Karimov. Asosiy vazifamiz-vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. T.: 



O‘zbekiston, 

2010 yil, 39 bet   



25 

 

 



 

iste’molchi qo‘lida ishlatilishi qulayligi, kam sarfligi va umumiy harajati kamligi 

bilan farqlanadigan hisoblanadi. Haridorlar xajmi – harakatini kuzatish shuni 

ko‘rsatmoqdaki, ular tovarlarni taqqoslashda qaysinii qo‘llash samaradorligi (R); 

sotib olish harajatlariga (S) nisbatan yuqori bo‘lsa o‘sha tovarni ko‘proq tanlashadi. 

Demak, tovarni raqobatdoshligi (K) umumiy ko‘rinishda bo‘ladi. 

                                                        

 

K =  R Tovarning raqobatdoshligini baholash qo‘yidagi bosqichlarni o‘z ichichga 



oladi:  

a)  bozorni tahlil qilib o‘zimizni tovarimizga o‘xshash tovar namunasini 

topib olish;  

b)  bizning tvoar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy ko‘rsatkichlarni  

belgilash;  

 

v)   o‘zimizning   tovarimizdagi   integral   (umumiy)   raqobatdoshlik  



xususiyatlarini aniqlash.  

Bozordagi  raqobatga  esa  ko‘proq  tovar  sotishni  rag‘batlantirish  vositalari 

xizmat  qiladi.  Asosiy  axborotni  haridorlar  tovar  ishlab  chiqaruvchidan  olinadi. 

Haridorlarni asosan tovarning iste’mol qiymati qiziqtiradi. Raqobat bozorda taklif 

talabdan  yuqori  bo‘lganda  firmalar  ichida  emas  balki  tovarlar  orasida  namoyon 

bo‘ladi.   

Raqobat  asosan  quyidagi  ko‘rinishlarda  bo‘lishi  mumkin:  a)  tovarlarning 

xizmatlari bo‘yicha bir xil ehtiyojni qondirishga qaratilgan raqobat. Masalan, sport, 

kitoblar, plastinkalar kishining madaniy dam olishiga qaratilgan. Shuning uchun ular 

bir-biri  bilan  raqobatchi; b)  bir xil tovarni  har xil  firmalar  ishlab  chiqarishi  orqali 

bo‘ladigan raqobat yoki bir xil firma tomonidan har xil modifikatsiyadan tovar ishlab 

chiqarish; v) baholar orqali bo‘ladigan raqobat – bu eng ko‘p tarqalgan usullaridir. 

Bahoni  pasaytirib  bozorni  egallash.  Tovarlarni  iste’mol  qilish  (ishlatish) 

jarayonidagi bahosini pasaytirishga elektr yoqilg‘i va material sarflarini kamaytirish 

va xizmat qilish muddatini ko‘paytirish orqali erishish.  

Jahon bozori tajribasida raqobatning quyidagi shart-sharoitlari mavjud:  




26 

 

 



 

1.Agar  raqobatchilar  kuchi  teng  va  strategiyalar  bir-biriga  o‘xshash  bo‘lsa 

bozor muvozanati uzoq saqlanmaydi, ular orasidagi kelishmovchilik susaymaydi.   

2.Raqobatchining g‘ashini keltiradigan harakatlar qilmang.  

3.Sizning raqobatchingiz hamma narsadan xabardor deb biling.  

4.Sizning harakatlaringiz o‘zingizning imkoniyatlaringizga mos ekanligiga 

raqobatchingizni ishontiring.  

  

Raqobatchilar strategiyasini o‘rganishda quyidagi savollarga javob topiladi: 

1.Boshqa tovarlarning raqobatbardoshligini belgilovchi omillar qaysilar?  

2.Raqobatchi firmaning reklama vositalari va sotishni raqobatlantiruvchi 

usullari?  

3.Qaysi belgilari ishlatilmoqda?  




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling