Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi «mikroiqtisodiyot. MAKROiqtisodiyot»


 Raqobat sharoitida baho siyosatining mohiyati va vazifalari


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana09.01.2022
Hajmi0.6 Mb.
#263583
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Abdurayaimov Abduqahhor

4. Raqobat sharoitida baho siyosatining mohiyati va vazifalari  

 

 



Prezidentimiz  o‘z  ma’ruzalarida,  “Mamlakatimizning  raqobatdoshligini 

oshirishni  ta’minlash  uchun  iqtisodiyotni  tarkibiy  o‘zgartirish  jarayonlarini 

chuqurlashtirish  siyosatini  davom  ettirish  2010  yilga  mo‘ljallangan  iqtisodiy 

dasturni amalga oshirishning muxim ustuvor yo‘nalishiga aylanishi lozim”

10

 – deb 


ta’kidlagan edilar  

Baho  –  bu  bozor  unsurlari  ichida  eng  murakkabidir.  U  o‘zgaruvchan, 

harakatchan,  bozordagi  kon’yukturali  tebranishlarga  moslashuvchan,  doimo 

o‘zgarib turuvchi mexanizmdir. U tovar qiymatining puldagi ifodasidir. Uzoq vaqt 

davomida  bizning  iqtisodiyotimizda  barqaror  baholar  ahvolini  tovar  va  xizmatlar 

bilan ta’minlashdagi ijtimoiy haqiqatnining asosiy tamoyili degan fikr hukmron edi. 

O‘zgarmas  baholar  barqaror  ishlab  chiqarish  rivojiga  va  talabini  qondirishga 

to‘siqlik qiladi.   

Bugungi  kunda  baholar  tizimi  ancha  chalkash,  uni  tushunib  yetish  bir 

muncha murakkab, eng asosiysi u xo‘jalikni murakkab yuritishning yangi bozorlar 

sharoitiga moslashmog‘i lozim.   

                                           

10

 I.A.Karimov.  Asosiy  vazifamiz-vatanimiz  taraqqiyoti  va  xalqimiz  farovonligini  yanada  yuksaltirishdir.  T.:  O‘zbekiston, 



2010 yil, 59 bet   


29 

 

 



 

Bozor  baholarining  asosiy  xususiyati  ularning  doimo  o‘zgarib  turish 

qobiliyatidir.  Bu  tabiiydir,  chunki  baholar  talab  va  taklifni  o‘zaro  bog‘lovchi 

vositadir. Bizga ma’lumki, ularning har ikkalasi ham harakatchandir. Shuning uchun 

harakatchan  baholar  siyosatidan  foydalaniladi.  Bu  siyosat  tovarning  bozordagi 

harakatini, tovar hayotiylik davrini turli bosqichlarini tartibga solish va boshqarish 

bozorga yangi iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish vositalarini kiritishni eskirgan 

modellarini bozordan siqib chiqarishni ta’minlaydi.   

Baholar  hech  qachon  sababsiz  o‘zgarmaydi,  masalan,  biror  kamchiligi 

bo‘lgan va ma’naviy eskirgan tovarlar pasaytirilgan baholarda xattoki tushurilgan 

baholar  deb  ataluvchi  baholarda  sotiladi.  Yuqori  baholar  esa  yuqori  sifatli,  ya’ni 

iste’mol qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘rnatiladi. Rivojlangan iqtisodiyotga 

ega  bo‘lgan  mamlakatlarda  bahoni  tashkil  qilish  muammolarini  faqatgina  asosiy 

strategik yondoshishlarigina ishlab chiqilishigina bejiz emas chunki baholarning o‘zi 

faqat bozor sub’ektlari: sanoat va savdo firmalari, korxonalari tomonidan o‘rnatiladi 

va  davlat  tomonidan  tartibga  solinadi.  Baho  darajasi  tovarning  raqobatdoshligi  va 

bozordagi  o‘rniga  bog‘liqdir.  Buning  natijasi  sotiladagan  tovarlar  masalasida 

korxona ulushining oshishidir.   

Bahoni tahlil qilishda eng avvalo nimaga ahamiyat berish kerak va tovarning 

birlamchi  bahosi  qanday  bo‘lishi  foyda  olish  uchun  va  bozorda  bu  mahsulotni 

ulushini oshirish uchun uni qanday o‘zgartirish kerak? Mutaxassislar bu savollarga 

javob berishga turlicha yondoshadilar.   

Birlamchi bahoni aniqlashga vaqt bo‘yicha baho darajasini aniq hisoblash 

ta’sir qiladi. Bu hisoblash bozor segmentiga tovarni hayotiylik davriga, tovarga talab 

va taklifning potensial miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Tovar siyosati ijtimoiy tovar ishlab 

chiqarishning  barcha  taqsimlashlarini  almashuv  va  iste’molchining  o‘ziga  xos 

xususiyatlarini  hisobga  olgan  xolda  yuritiladi.  Har  bir  bosqichda  tovar  bahosiga 

ta’sir qiluvchi unga xos omillar harakat qiladi.  

Tovar va xizmatlar bahosida, sarflangan harajatlar bahoda aks etgan foyda 

talab  va  taklifning  nisbati  hisobiga  olinadi.  Xudi  mana  shu  omillar  talab  va  taklif 




30 

 

 



 

qiymati foydani tenglashishi kabi ob’ektiv qonuniyatlariga asosan baholarni tashkil 

qilishni tartibga soladi.  

Firma  baho  siyosatida  tovar  va  xizmatlar  birlamchi  bahosini  o‘rnatishning 

o‘ziga  xos  xususiyati  shundaki,  haridor  o‘z  firmasiga  doimo  ishonadi.  Masalan, 

firma yangi tovarga bahoni yuqori o‘rnatmaydi, o‘rnatsa ham u doimo o‘z  

haridorini qoniqtiradi.   

Moliyaviy va bank boshqarish sistemalarining susayishi, transport va milliy 

iqtisodiyot tarmoqlarining kuchsizlanishi baho raqobatini oshirib yubordi. Baholar 

darajasi ko‘p xollarda haridor tomonidan belgilanadi. Ma’lumki, yuqori daromadli 

rivojlangan ba’zi bir mamlakatlarda narxni pasayishi sifatni yomonligidan dalolat 

beradi. Shuning uchun narx pasayishi shu davlatlarda korxonani mavqeini bozorda 

mustahkamlamaydi, balki uni raqobatdoshlik darajasini pasaytiradi.   

Hozirda  asosan  baho  raqobati  bahosiz  raqobatlarga  o‘z  o‘rnini  bo‘shatib 

bermoqda.  Baholar  faqat  iste’moldangina  emas,  balki  ishlab  chiqarishdagi 

o‘zgarishlardan  ham  darak  beradi.  Baholarning  boshqa  muxim  vazifasi  ishlab 

chiqaruvchilar  va  iste’molchini  rag‘batlantirishdir.  Narxlarning  o‘zgarishi  ularni 

ham,  bularni  ham  chorasini  ko‘rishga  ayni  vaqtda  bunday  chora  imkoniyat 

yaratishga undaydi.   


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling