Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi

Download 17.91 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi17.91 Kb.
#189987
Bog'liq
YN MIKRO TOIROV I

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

«IQTISODIYOT» KAFEDRASI

MIKROIQTISODIYOT.MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN

YAKUNIY NAZORAT

Bajardi: Toirov I

Tekshirdi: Nazarova M

VARIANT- 2

  1. Iqtisodiy samaradorlik va uni firmalar faoliyatidagi ahamiyati

  2. Mehnatga bo’lgan talab va uning xususiyati

  3. Iqtisodiy samaradorlik va uni firmalar faoliyatidagi ahamiyati

1)

Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik - chegaralangan resurslardan oqilona foydalangan holda erishilgan, aholining ijtimoiy-iqtisodiy iste’mol darajasini yuksaltirishdir. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarning qondirilishi - inson kamolotining yuksalishi, moddiy va ijtimoiy farovonligining o‘sishi, madaniy va ma’naviy jihatdan rivojlanishida ko‘rinadi. Inson farovonligi hamda kamoloti naqadar yuksalsa, shu qadar yuqori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikka erishgan bo‘ladi. Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo'jalik yuritishning sifat va miqdor ko'rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi.

Ishlab chiqarish samaradorligi turlari
Afsuski, bozor sharoitlarida «samaradorlik» tushunchasi, garchi, daromad olish, xarajatlami kamaytirish, mehnat samaradorligining o‘sishi, fond qaytimi, rentabellik va hokazolar samaradorlik tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti talablariga zid kelmasada, baho, foyda, daromad, xarajat kabi tushunchalarga qaraganda kam qo‘llanilmoqda.

Samarali ishlash degani o‘z mohiyatiga ko‘ra, mo‘ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo‘qotishlami kamaytirish, ishlab chiqarish quwatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilashni anglatadi. Ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi uning pirovard maqsad natijasida o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik tarkibida iqtisodiy samaradorlik alohida e’tiborga ega. Iqtisodiy samara ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan iqtisodiy ne’matlar hajmi bilan ifodalanadi. Iqtisodiy samaradorlikning mezoni; xarajatlar bilan erishilgan iqtisodiy ne’matlar munosabatidir.

Xorijiy firma va korxonalar o‘z faoliyatlarida samaradorlikka erishish uchun ishlab chiqarish texnika va texnologiyalariga e’tibomi kuchaytirishdan tashqari, mahsulot sifatini oshirish va uni reklama qilishga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Masalan, Yaponiyaning «Omron» firmasi o‘ziga «Barchaning yaxshi hayoti, yaxshi dunyo uchun» degan iborani shior qilib olgan. Amerikaning «Katerpiller» kompaniyasining shiori «Dunyoning har bir burchagida 48 soat xizmat ko‘rsatish» bo‘Isa, «Ribok» firmasi «yaxshi bahodagi narx» iborasini shior qilib olgan. Bunday misollardan yana bir nechtasini keltirib o‘tish mumkin. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, samara va samaradorlik qotib qolgan kategoriyalar qatoriga kirmaydi hamda faqatgina pul ko'rinishida o‘lchanmaydi. Samaradorlik va sifatli mehnat tufayli korxona birinchidan, o‘zining iqtisodiy barqarorligi va bozordagi raqobatchilikka bardosh berishini ta’minlaydi, ikkinchidan, o‘z imidjini yaxshilaydi va hamkorlar bilan aloqalarini mustahkamlaydi, uchinchidan , xodimlaming iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini yaxshilaydi. Demak, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yoMlarini qidirish, xarajat va natijalarni to‘g‘ri solishtirish, mulkchilik shakli, qaysi tarmoqqa tegishliligi, hududiy joylashishi va faoliyatidan qat’i nazar, har bir korxona uchun muhim vazifa hisoblanadi.

2)

Mehnat bozori — ish kuchi oldisotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar Mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar Mehnat bozoriga talab bilan chiqadi. Ish kuchining oldisotdisi bevosita haridor bilan sotuvchi oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi mumkin. Bu ishni mehnat birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Ish kuchining oldisotdisi mehnat bitimi shaklida rasmiylashtiriladi. Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi bilan uni oluvchi oʻrtasida mehnatning kelishilgan narxi — ish haqidkr.

Mehnatga talab uning narxi boʻlmish ish haqi miqsoriga nisbatan teskari mutanosiblikda, yaʼni ish haqi oshsa mehnatga talab qisqaradi, agar u pasaysa, mehnatga talab oshadi. Mehnat bozoridagi mehnat taklifi ish haqiga nisbatan toʻgʻri mutanosiblikda boʻladi. Moddiy muhtojlik sharoitida koʻp ishlab, koʻp pul topishga intilish mehnat taklifini oshiradi.

Mehnat bozorida mehnatga talab taklifdan oshib ketsa ish kuchi taqchilligi, mehnat taklifi talabdan koʻp boʻlsa ishsizlik paydo boʻladi.

Mehnat bozorining turlarga ajralishi uning harakteri va koʻlamiga bogʻliq. Mehnat bozori oshkora va yashirin harakterda faoli-yat koʻrsatishi mumkin. Oʻz koʻlamiga qarab Mehnat bozori mahalliyhududiy, milliy va jahon bozorlaridan iborat. Globalizatsiya sharoitida moddiy resurslarni mamlakatlararo taqsimlanishiga mos ravishda mehnat resurslari ham taqsimlangani sababli jahon Mehnat bozori tez rivojlanadi. Iqtisodiyoti kuchli mamlakatlar milliy Mehnat bozorida kelgindilar mehnati taklifi tez usadi, narxi arzonligidan unga talab ham ortadi. 2000 yilda Yer yuzida oʻzi tugʻilgan yurtida ishlamaydiganlar soni 80 mln. nafardan ziyod boʻldi. Xalqaro Mehnat bozori kengayishi rivojlangan mamlakatlarda oʻzga millat diasporasi oʻsishiga olib keladi (mas, 2002 yil AQShdagi xitoyliklar 15 mln. nafardan ortiq boʻlgan).

3)

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish - korxona rahbariyatining doimiy vazifasidir. Bu vazifani yechish amaliyotda quyidagi omillar bilan bog‘liq bo’ladi:

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish - korxona rahbariyatining doimiy vazifasidir. Bu vazifani yechish amaliyotda quyidagi omillar bilan bog‘liq bo’ladi:
* bozor talablariga javob beruvchi yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishning maksimal hajmini ta’minlovchi, optimal ishlab chiqarish jarayonini tanlash;
*iste’molchilar talabini qondirishga yo‘naltirilgan mahsulotni sotish va yuqori daromad (foyda) olish;
*aylanma vositalarni tejash imkoniyatini yaratuvehi optimal ishlab chiqarish zaxiralarini yaratish.

Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi o'sishining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi o'sishining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
• Mahsulot sifati va tarkibining yaxshilanishi;
• Jonli mehnat unumdorligining o‘sishi;
• Material sarfming kamayishi;
• Fond samarasining oshishi.

Ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligi

Yuqoridagilardan shuni anglash lozimki, ishlab chiqarish samardorligini o‘lchash uchun ko‘rsatkichlar tizimi zarur.
Bu ko‘rsatkichlardan eng muhimi ijtimoiy mehnat unumdorligidir. U vaqtni tejash qonunining amal qilishini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichni quyidagi usulda aniqlash mumkin:
IMU = MD : JM
Bunda: IMU - ijtimoiy mehnat unumdorligi; MD - milliy daromad; JM - moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan ishchilarning o'rtacha soni.

Milliy daromad - bu moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan qiymatdir. U yalpi ijtimoiy mahsulotning bir qismidir. Aniqroq aytganda, u yalpi ijtimoiy mahsulot qiymatidan ishlab chiqarish jarayonida sarflangan xomashyo, yonilg‘i, energiya va boshqa ishlab chiqarish vositalari qiymatini chiqarishdan keyin qolgan qiymatdir. O‘z navbatida, moddiy ishlab chiqarishning alohida-alohida tarmoqlarida Yalpi mahsulot qiymatidan moddiy ishlab chiqarish xarajatlarini ayirib tashlash yo‘li bilan sof mahsulot aniqlanadi.

Mehnatning fond bilan qurollanish miqdori (ayniqsa, sifati) unumdorlikka sezilarli ta’sir etadi.

Mehnatning fond bilan qurollanish miqdori (ayniqsa, sifati) unumdorlikka sezilarli ta’sir etadi.
Fond bilan qurollanish, (FQ) fondlar qiymatining ishchilar soniga nisbati ko‘rinishida o‘lchanadi va quyidagi formulada ifodalanadi:
F = FQ : Is
F - Fond bilan qurollanish, FQ - asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati; Is - ishchilar soni.

Misol: Korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlarini o‘rtacha yillik qiymati 40.0 mln. so‘mni tashkil etadi. Korxonada 120 kishi ishlaydi. Korxona ishchilarining fondlar bilan qurollanganligi 40.0:120=333.3 ming so‘mga teng.

Mehnat unumdorligining yana bir ko‘rsatkichi mehnat sig‘imidir (MS). Bu ko‘rsatkich yaratilgan mahsulot qiymatiga to‘g‘ri keladigan mehnat xarajatlari tusida bo'ladi. Uni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:

Ms = Mh : Ms,
bu yerda Mh - mahsulot hajmi, miqdori. Ms - mehnat sarfi. Bu ko‘rsatkich mehnat unumdorligining teskarisi bo‘lib, uning hajmi qancha yuqori bo‘lsa, natijaning yomonlashganligi va aksi bo‘lsa, (ya’ni past bo‘lsa) natijaning yaxshilanganligidan dalolat beradi, u asosan korxona darajasida aniqlanadi
Misol. Korxonada bir smenada - 8 soatda 800 ta yengil mashina detali
ishlab chiqarildi: bu 1 soatda 100 dona «detal ishlab chiqarilganligini ko‘rsatayapti (800:8).
Xulosa
Cheklangan resurslar sharoitida ishlab chiqarish korxonalari uchun yuqori darajada foydaga erishish uchun eng optimal yo’l bu samaradorlikni oshirish orqalidir. Samaradorlik va uning turlari haqida ularning hisoblab chiqarish yo’llari haqida yetarli ma’lumotga ega bo’lish nafaqat ishlab chiqarish balki iqtisodiyotning barcha sohalari uchun foydali hisoblanadi.Shu o’rinda takidlab o’tish zarurki, ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlari uzviy bog‘liq. Ijtimoiy samarani oshirmasdan turib, iqtisodiy samarani o'stirib bo‘lmaydi va aksincha.
Download 17.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling