Toshkent moliya instituti jo„rayev a. S., Safarov g„. A., Meyliyev o. R. Soliqlar va soliqqa tortish


Download 0.51 Mb.
bet41/50
Sana02.12.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1779678
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish

birinchidan, soliq ma‘muriyatchiligini tashkil etish printsiplari eskirgan bo‘lib, soliq to‘lovchilarga kompleks xizmatlar ko‘rsatishni, shuningdek ular tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajarilishini ta‘minlamayapti;
ikkinchidan, soliq majburiyatlarini bajarishda ma‘muriy xarajatlar (sarflanadigan vaqt va mablag‘) darajasi yuqori bo‘lib qolmoqda;
uchinchidan, soliq sohasida imtiyozlar berish borasida aniq mezon va mexanizmlar mavjud emas;
to’rtinchidan, xufiyona iqtisodiyot darajasini qisqartirishga qaratilgan, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish jarayonlarini rag‘batlantiruvchi jamoatchilik nazorati mexanizmlari mukammal emas;
beshinchidan, soliq to‘lovchi bilan soliq organlari o‘rtasida ma‘lumot almashinuvini ta‘minlovchi yagona standart va dasturiy mahsulotlar mavjud emas;
oltinchidan, soliq hisobi sifatini pasaytiradigan, soliq bazasining kengayishi va barqaror soliq tushumlarini ta‘minlashga to‘sqinlik qiladigan idoralararo axborot hamkorligi sust yo‘lga qo‘yilgan;
ettinchidan, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash sohasida hamda soliq organlari xodimlari faoliyatini baholashda tizimli kamchiliklar mavjud.
Ushbu kamchilik va muammolar soliq tizimini jadal rivojlantirish, soliq ma‘muriyatchiligi samaradorligini oshirish hamda soliqlar va majburiy to‘lovlarning talab darajasida yig‘ilishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Shu munosabat bilan quyidagi maqsad, vazifa va asosiy yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi Soliq ma‘muriyatchiligini takomillashtirish strategiyasini ishlab chiqish alohida ahamiyat kasb etmoqda.
2020 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalq deputatlari mahalliy kengashlarining byudjet sohasidagi vakolatlarini kengaytirish, byudjet mablag’larini taqsimlovchilarning mas’uliyatini yanada oshirish, mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirish va mablag’laridan foydalanishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining erkinligini ta’minlashga qaratilgan yangi byudjet tizimi joriy etilmoqda.
Ilk bor, —2020 yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan respublika byudjeti xarajatlari vazirlik va idoralar kesimida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan, mahalliy byudjetlar xarajatlari esa xalq deputatlari mahalliy kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo’yildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatiga bevosita bog’liq bo’lgan hamda to’liq mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldiriladigan daromad turlari kengaytirildi.
2020 yildan boshlab barcha davlat maqsadli jamg’armalari va chetdan jalb qilingan tashqi qarz mablag’lari hisobidan amalga oshirilayotgan davlat xarajatlari konsolidatsiyalashgan davlat byudjetida aks ettirilib, byudjet qamrovi va ochiqligi darajasi kuchaytirildi. Xalqaro standartlarga muvofiq umumiy fiskal balansining hisobini yuritish yo’lga qo’yildi.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida soliqlarni ortiqcha undirganlik uchun davlat soliq xizmati organlarining javobgarligi kuchaytirildi, zamonaviy usullarni qo’llagan holda xorijiy amaliyotda sinalgan soliq nazorati shakllari joriy etildi, shuningdek, soliqlarni hisoblash va to’lash tartiblari soddalashtirildi.
O‘z navbatida, amalga oshirilayotgan islohotlar vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining birinchi darajali xarajatlarni, davlat dasturlari va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish borasida javobgarligini oshirishni, manbasi aniq bo’lmagan
tadbirlarni amalga oshirmaslikni hamda byudjet intizomini yanada qat’iylashtirishni talab etadi.
Davlat moliyasini tizimi va byudjet intizomini yanada mustahkamlash, soliq- byudjet tizimining shaffofligini oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet daromadlari prognoz ko’rsatkichlari bajarilishida manfaatdorligini kuchaytirish, shuningdek, —2020 yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar 2020-2024 yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasining asosiy yo’nalishlari etib belgilansin:
soliq-byudjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida o'rta muddatli byudjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik byudjetni shakllantirishning yangi —natijaga yo’naltirilgan byudjettizimini joriy etish;
makrofiskal prognozlar ishonchliligini ta'minlash bo'yicha institutsional salohiyatni va byudjet jarayoni ishtirokchilarining mas'uliyatini oshirish;
byudjet mablag'larini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning mas'uliyatini kuchaytirish;
fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish;
byudjet hisobi standartlarini unifikatsiya qilish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash;
byudjet ma'lumotlarining ochiqligi, to'liqligi va xalqaro standartlarga
mosligini ta'minlash;
byudjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.
Mavzuni takrorlash uchun savollar

  1. Soliq siyosatining mohiyatini tushuntirib bering?

  2. Soliq siyosatining qanday shaklllari mavjud, ularni izohlab bering.

  3. Soliq kontseptsiyasi nima?

  4. Soliq siyosati tasnifi deganda nimani tushunasiz?

  5. Soliq siyosati strategiyasi deganda nimani tushunasiz?

  6. Soliq siyosati taktikasini izohlab bering.

  7. Soliq siyosati strategiyasi va taktikasining o‘zaro aloqasini tushuntirib bering.

  8. Soliq siyosatining qanday maqsadlari mavjud?

  9. Soliq siyosatining qanday tartibga solish vositalari mavjud?

  10. Soliq siyosatining huquqiy asoslarini ifodalab bering.

  11. Soliq siyosati xususiyatlari va yo‘nalishlarini tushuntirib bering.

  12. Soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat hokimiyati organlarining vakolatlari deganda nimani tushunsiz?

  13. Soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qonun chiqaruvchi hokimiyat qanday vakolatlarga ega?

  14. Soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ijro etuvchi hokimiyat qanday vakolatlarga ega?

  15. Soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda mahalliy hokimiyat organlari qanday vakolatlarga ega va bu borada qanday muammolar mavjud?

  16. Soliqlar bo‘yicha sud hokimiyati qanday vakolatlarga ega?

  17. Soliq siyosatining ijrosini ta‘minlashda davlat soliq idoralari qanday rol o‘ynaydi?

  18. Soliq siyosatini amalga oshirishda davlat soliq idoralari boshqa qanday tashkilot va muassasalar bilan hamkorlik qiladi va ularning bu borada ahamiyati qanday?


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling