Toshkent moliya instituti jo„rayev a. S., Safarov g„. A., Meyliyev o. R. Soliqlar va soliqqa tortish


Download 0.51 Mb.
bet5/50
Sana02.12.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1779678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish

Neokeynschilik nazariyasida soliqlar muammolariga etarlicha joy ajratilgan. Ingliz iqtisodchilari I.Fisher va N.Kaldorlarning fikricha soliqqa tortish ob‘ektini ikkiga bo‘lishni: iste‘molga (iste‘mol qilinayotgan mahsulotning pirovard bahosiga) va jamg‘armaga (faqatgina quyilmalarga nisbatan foizlar bilan cheklanib qoladi) soliqlarni birgalikda qo‘llash. Shundan iste‘molga soliq g‘oyasi paydo bo‘ldi, bu bir vaqtning o‘zida jamg‘arishga bo‘lgan rag‘batni cheklamaydi va inflyatsiyani oldini oladi. Iste‘mol tavarlarini sotib olish uchun qaratilgan mablag‘lar bunday sharoitda investitsiya qilish uchun yoki jamg‘arishga, ya‘ni keyinchalik kapital qo‘yilmalarga davlatning byudjet siyosati amalga oshiriladi va iqtisodiyotni kelajakda rivojlantirish uchun ijobiy omil bo‘ladi deb qaralgan.
Ammo ishlab chiqarishning tushib ketgan paytida xarajatlar kamayishi sekinlashadi, buni ta‘sirida daromad kamayadi. Bozorda esa vahima talab paydo bo‘ladi, bu esa iste‘mol soliqlari orqali byudjetga ko‘proq pul tushiradi. Ko‘rinib turibdiki, bu usul iqtisodiyotni tartiblay olmaydi.
Ammo N.Koldorning fikricha, iste‘molga soliq progressiv bo‘lishi shu bilan birga alohida olingan mahsulotlarga (masalan, kundalik ehtiyoj molllariga) etarlicha soliq imtiyozlari berilishi kerak deydi. Shu bilan birga, agar kam daromadli aholidan iste‘mol solig‘i olinmasa ancha haqqoniyroq bo‘lgan bo‘lar edi. Bundan tashqari jamg‘armalar bu soliqqa tortilmasligi kerak, chunki ular kelajakda investitsiya qilish uchun kerak va iqtisodiyotni o‘sishiga rag‘bat bo‘ladi.
Monitarizm nazariyasi amerikalik iqtisodchi, Chikago universiteti professori M. Fridman tomonidan ishlab chiqilgan. Ularning asosiy g‘oyasi bozorni o‘z holiga qo‘yish, davlat aralashuvini cheklashga qaratilgan. Davlatga esa boshqa hech qanday institut tartiblay olmaydigan pul-kredit siyosati topshirilishi kerak deb hisoblanadi. Ular ham soliqlarni kamaytirish tarafdorlari bo‘lishgan. Monetaristlaming fikricha iqtisodiyotni boshqarishning asosiy usullaridan biri bu - muomaladagi pul massasi va bank kredit stavkasi orqali ta‘sir etishdir. Ularning fikricha davlat xarajatlar ini oshib ketishi inflyatsiyaga olib keladi, pulni emissiya qilish bu boylik yaratishga kirmaydi. Muomaladagi pullarni davlat qarz majburiyati sifatida qaytarib ololmasa, soliqlar orqali olishi kerakligi ta‘kidlanadi.
Ushbu nazariyada soliqlarga keynisistik iqtisodiy kontseptsiyalardagi kabi katta ahamiyat berilmaydi. Bu vaziyatda soliqlar boshqa mexanizmlar bilan bir qatorda pul muomolasiga ta‘sir qilishi ta‘kidlanadi. Xususan, soliqlar orqali ortiqcha pul miqdori undirilishi lozim, deb hisoblanadi. Monetarizm va keynschilik nazariyalarda soliqlar iqtisodiyot rivojlanishining noqulay omillarini kamaytiradi deb hisoblanadi. Keyns nazariyasida bunday omil bo‘lib ortiqcha pul hisoblansa, monetarizm nazariyasida esa - ortiqcha jamg‘armalar hisoblanadi.
1980 yillar boshida Amerika olimlari M.Bernson, G.Stayn va A.Laffer tomonidan ishlab chiqilgan taklif iqtisodiyoti nazariyasi Keyns nazariyasiga qaraganda soliqlarni iqtisodiy rivojlanish va tartibga solishning bir omili sifatida ko‘proq ahamiyatga ega ekanligini ta‘kidlaydi. Mazkur nazariya yuqori darajada soliqqa tortish tadbirkorlik va investitsion faollikka salbiy ta‘sir qilishini, bu esa oxir oqibatda soliq to‘lovlaridan tushumlar kamayishiga olib kelishini asoslab beradi. Shuning uchun ular soliqqa tortish stavkalarini pasaytirish va korporatsiyalarga har xil imtiyozlar berishni taklif etadi. Mualliflarning fikriga ko‘ra, soliq yukini pasayishi shiddatli iqtisodiy o‘sishga olib keladi, yuqori soliq stavkalari esa tadbirkorlik tashabbusini kamaytiradi, investitsiya siyosatini, ya‘ni ishlab chiqarishni yangilash va kengaytirishni susayishiga olib keladi.
Soliq stavkalari shkalalarini shakllanish darajasi bo‘yicha umumiy qonun bor. Keng soliqqa tortiladigan bazaga nisbatan kamroq soliqqa tortish stavkasini qo‘llash, etarli darajada kam bo‘lgan soliq bazasiga nisbatan esa buning teskarisi, ya‘ni alohida soliq turlarini yuqori stavkada qo‘llash kerak. Ko‘rinib turibdiki, yuqori va past soliq stavkalari xo‘jalik faoliyatiga va tadbirkorlarni ish faolligiga har xil ta‘sir ko‘rsatadi.
Soliq stavkasining o‘sishi faqatgina ma‘lum darajaga etgunicha byudjetga tushadigan daromadlarni o‘sishiga olib keladi, keyin bu o‘sish sekinlashadi va yana oshgan sari byudjet daromadlari uning oshishiga nisbatan tezroq kamayadi. Shunday qilib soliq stavkasi ma‘lum darajaga etganida tadbirkorlik tashabbusi o‘ladi, ishlab chiqarishni kengaytirishga bo‘lgan rag‘bat kamayadi, soliqqa tortiladigan daromadlar kamayadi, natijada soliq to‘lovchilarning bir qismi iqtisodiyotni “qonuniy” sektoridan —yashirin” sektoriga o‘tadi. Lafferning nazariyasiga ko‘ra iqtisodiyotning rivojlanishi soliq yukini oshishiga to‘g‘ri proportsionaldir, ya‘ni soliqlar oshishi bilan yashirin iqtisodiyot hajmi ko‘payadi, natijada olingan daromadlarning ko‘p qismi deklaratsiyada ko‘rsatilmaydi.
XVIII asrning ikkinchi yarmida klassik iqtisodiy maktab britaniyalik olimlar A.Smit va D.Rikardo asarlarida eng yuksak cho‘qqiga ko‘tarildi. Bu hol tasodifiy emas edi, chunki bu olimlar yashab ijod etgan davrda Angliyada chuqur iqtisodiy, sotsial va siyosiy o‘zgarishlar ro‘y berayotgan edi.
Soliqlarning klassik nazariyasi. Monetarizm soliq


nazariyas i

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling