Toshkent moliya instituti jo„rayev a. S., Safarov g„. A., Meyliyev o. R. Soliqlar va soliqqa tortish


Download 0.51 Mb.
bet19/50
Sana02.12.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1779678
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish

Etarlilik tamoyili. Mazkur tamoyilga muvofiq soliqqa tortish darajasi shunday bo‘lishi lozimki, u davlat intilayotgan xalq xo‘jaligi samaradorligiga yerishishni kafolatlay olsin. Soliqqa tortish tizimi iqtisodiyot, ijtimoiy himoya, mudofaa qobiliyati va boshqa sohalardagi davlat siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliya resurslari to‘planishini ta‘minlasin. Shuni ham ta‘kidlab o‘tish lozimki, soliq stavkalari o‘zicha olganda soliq yuki ko‘rsatkichi hisoblanmaydi, chunki soliq to‘lovchi soliq to‘lar ekan, davlat tomonidan bepul xizmatlardan bahramand bo‘lgani holda ayni choqda o‘zining ba‘zi xarajatlarini qisqartiradi. Masalan, davlat umumiy foydalanish yo‘llarining holati yaxshi saqlanishini ta‘minlash bilan soliq to‘lovchining transport xarajatlarini kamaytiradi, bepul maorif, sog‘liqni saqlashni ta‘minlash bilan yollanma xodimlarning xarajatlarini qisqartiradi, demak, ish haqi xarajatlarini ham kamaytirgan bo‘ladi. Shunday qilib, to‘langan soliqlarning faqat xizmatlar ko‘rinishidagi talab etilmagan bir qismigina soliq yuki ko‘rsatkichi hisoblanadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, etarlilik tamoyili soliq siyosatini belgilayotganda uni davlatning qabul qilingan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati bilan qat’iy ravishda uyg‘unlashtirishni taqozo etadi.

  • Tadbirkorlik va investitsiyalarni rag’batlantirish. Soliq tizimi xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarni, jumladan, chet el sub‘ektlarini, ishlab chiqarishni rivojlantirish, uskunalar va zamonaviy texnologiyalar sotib olish uchun mablag‘ yo‘naltirishni, ya‘ni kapital jamg‘arish va shu yo‘l bilan texnologiyalarni takomillashtirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishi lozim.

    Soliq tizimi resurslarning samarali taqsimlanishiga to‘sqinlik qilmasligi hamda xo‘jalikni mustaqil yuritish omillarini cheklab qo‘ymasligi lozim. Agar soliqlar katta bo‘lgani uchun tadbirkorlarning ishlab chiqarishni kengaytirishdan, boshqa turdagi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishdan manfaatdorligiga putur etkazsa, mamlakat iqtisodiyoti pastga qarab ketishi xavfi tughladi. Soliqlar miqdori haddan tashqari katta qilib belgilansa, ishlab chiqarish hajmlari kamayib ketadi, bu jarayon zahiralar, banklardagi pul mablag‘larining barakasi uchishiga, ilgari to‘plangan mablag‘larning eyilib ketishiga olib keladi.
    Soliqqa tortish, agar u, birinchidan, ishchi kuchini ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan darajada saqlab turishga zarur bo‘lgan iste‘molning minimal hajmlariga salbiy ta‘sir etsa, ikkinchidan, mehnatga nisbatan iqtisodiy va moddiy rag‘batlarning harakat doirasini toraytirib qo‘ysa, uchinchidan, jamg‘arma miqdorini kamaytirsa va mablag‘ning to‘planish jarayonini sekinlashtirsa, ishlab chiqarish imkoniyatlarini yomonlashtirib yuborishi mumkin.
    Soliqqa tortishning keyingi ikki salbiy omilini batafsil ko‘rib chiqaylik. Moddiy rag‘batlantirishlarga nisbatan soliqqa tortishning noxush ta‘sir etishi ish haqi tizimida salbiy alomatlar paydo bo‘lishida ko‘zga tashlanadi.
    Yuqori darajada tabaqalashtirilgan soliq stavkalarining qo‘llanilishi natijasida xodim tomonidan ana shu moddiy rag‘batni qabul qilishdagi oddiylik va maqbullik ko‘lami torayib qoladi.
    Soliqqa tortish bazasi va uning hajmlarini noto‘g‘ri belgilash xodimlarning malaka oshirishga, ratsionalizatorlik va ixtirochilik faoliyati bilan shug‘ullanishga va boshqa sohalarga bo‘lgan intilishiga salbiy ta‘sir etadi, boisi - mehnatga to‘lanadigan haq miqdori, haqiqiy mehnat xarajatlarining murakkabligi va xususiyati o‘zgarishi befarq bo‘lib qoladi.
    Soliqqa tortishning iqtisodiy omillarga ta‘siri ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi hamda qiyosiy oqibat va daromad oqibati shaklida ifodalanadi. Qiyosiy oqibat mehnat natijalari, jamg‘arish, investitsiyalash, yangi g‘oyalarni joriy etish va ishlab chiqarish faoliyatining boshqa xil ko‘rinishlari bilan shug‘ullanish uchun nisbatan kamroq darajada rag‘batlantirishda namoyon bo‘ladi. Ayniqsa progressiv (oshib boruvchi) soliqqa tortishda bunday oqibatning rag‘batlantirishga zid ta‘siri yaqqol ifodalanadi.
    Dunyodagi bir qator mamlakatlarda kapitaldan kelgan daromad va iste‘molga qarab soliqqa tortishni ko‘zda tutgan soliq islohoti o‘tkazilmoqda. Soliqqa tortishning salbiy ta‘sirini silliqlash maqsadida ishchi kuchini taklif etish sohasida ish haqi ko‘rinishidagi daromadlardan olinadigan soliqlarning eng yuqori qilib belgilangan stavkalari pasaytirilmoqda. Jamg‘arish va investitsiyalashga soliqlarning ta‘sir etishi borasida ham muayyan yutuqlarga yerishildi.
    Soliqlarning ta‘siri investitsiyalar tarkibida ham yaqqol seziladi. Turli ko‘rinishdagi aktivlar uchun joriy etilgan har xil soliq tartiblari investitsiya imkoniyatlari va sarmoyadorlarning portfeli tarkibida sezilib qoladi. Soliq tizimidagi kamchilik va nuqsonlar iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayib ketishiga olib kelishi mumkin, bu hol pirovard natijada davlat byudjeti daromadlarining o‘zgarishiga ham ta‘sir etmay qolmaydi.
    Soliqqa tortishdagi oghrlikni kapitaldan shaxsiy jamg‘arishga o‘tkazishning umumiy ta‘sirini bir xil ma‘noda baholash qiyin, jamg‘armaning umumiy hajmi uchun kelib chiqadigan oqibatlar soliq tushumlarining hukumat tomonidan ishlatilish xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
    Agar yopiq iqtisodiyot sharoitida soliq tizimi uy xo‘jaliklaridagi jamg‘armalar darajasining pasayib ketishiga olib kelgan bo‘lsa, u holda bir tekis foiz stavkasi oshgan, bu esa investitsiya kapitaliga talabning kamayishi ta‘sir ko‘rsatgan bo‘ladi. Ochiq iqtisodiyotda esa jamg‘armalardan olinadigan daromad soliqlari investitsiyalarga cheklangan darajada ta‘sir qiladi, chunki bunda chet eldan kapitalning ko‘proq oqib kelish imkoniyati bor, binobarin, xorijlik sarmoyador jahon bozorida ustun hisoblangan stavkani mo‘ljallaydi. Biroq bunday holatda kapitalg a bo‘lgan mulkchilik harakatga keladi. Bunga misol tariqasida Yaponiyadan kapitalning AQShga oqib o‘tganligini ko‘rsatish mumkin, AQShda kapitaldan foydalanganlik uchun foiz stavkasi past bo‘lgan. Ayni paytda AQShda rezidentlar jamg‘armalarini soliqqa tortish stavkasi Yaponiyadagiga qaraganda yuqori edi.
    Binobarin, soliq siyosati o‘z-o‘zidan, agar u davlatning moliya-pul siyosati boshqa unsurlaridan ayri holda amalga oshirilsa, takror ishlab chiqarish jarayonlariga rag‘batlantiruvchi ta‘sir o‘tkazmasligi ham mumkin.


    1. Download 0.51 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling