Toshkent moliya instituti jo„rayev a. S., Safarov g„. A., Meyliyev o. R. Soliqlar va soliqqa tortish


Download 0.51 Mb.
bet18/50
Sana02.12.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1779678
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish

Umumdavlat vazifalarini hal qilish uchun davlatga zaruriy moliyaviy resurslar ta’minlab berish. Soliqlarning fiskallik funktsiyasi ushbu vazifani hal qilish maqsadlariga xizmat qiladi. Bu vazifani hal qilish davlatning iqtisodiyotga qay darajada aralashuviga ko‘p jihatdan bog‘liq. Bu ko‘rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa, soliqlarning fiskallik funktsiyasi shunchalik faol buladi. Ammo soliqlarning ushbu vazifasi faqat iqtisodiy jarayonlarni qamrab olmaydi, balki davlatning noishlab chiqarish xarajatlarining ko‘payishi ham davlatning ortiqcha moliyaviy resurslarga muhtojligini keltirib chiqaradi.

  • Mamlakat iqtisodiyotida qulay investitsiya muhitini yaratishga ko’maklashish. O‘zbekiston Respublikasida soliqlarning ushbu vazifasini bajarishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, hozirgi kunda sarmoyalarning asosiy qismi savdo va xizmatlar sohasiga yo‘naltirilayotganligi tashvishli holdir. Buning asosiy sababi foyda normasining bu sohalarda kattaligidir. Soliqlar sarmoyalarni bevosita mahsulot ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirishning qudratli vositasi bo‘lishi kerak.

  • Aholining mehnat faolligini rag’batlantirish. Soliqlar deyarli barcha mamlakatlarda ushbu vazifani bajaradi. Chunki ular aholi daromadlarini tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. Daromadlardan olinadigan soliq stavkalarining eng yuqori chegarasini sezilarli darajada pasaytirish ishchi kuchining taklifi bilan bogliq salbiy oqibatlarning oldini olishi mumkin. 70-80 yillarda

    Shvetsiyada soliq stavkalarining aholi daromadlariga progressiv ravishda qo‘llash malakali ishchilarning boshqa mamlakatlar tomon migratsiyasiga olib kelgan.

    • Iqtisodiy o‘sishni rag’batlantirish maqsadida daromadlarni taqsimlashning samaradorlik va adolat printsiplari o‘rtasidagi muvofiqlikka yerishish. Amaldagi soliqlarga barqarorlik va moslanuvchan soliq stavkalarining xosligi soliqlarning uzoq muddatli vazifalarini amalga oshirishga zamin yaratadi. Milliy va xorijiy investorlar kapital qo‘yilmalarini amalga oshirar ekan, ular o‘zlarining soliq majburiyatlarini aniq bilishi kerak. Soliq turlari va stavkalari barqaror va tez-tez o‘zgarmaydigan bo‘lishi kerak. Soliq tizimiga mustahkam ishonch bo‘lmagan taqdirda uzoq muddatli investitsiyalarning harakati susayadi.

    Yuqorida aytib o‘tganimizdek, soliqlarning byudjetga ijobiy ta‘siridan tashqari, muhim iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sohasida ham ulardan faol foydalanish mumkin. Narx-navoning isloh qilinishi, tashqi savdoning yerkinlashtirilishi, mehnat bozorining isloh qilinishi va hokazolar yangi paydo bo‘lgan tijorat strukturalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bu vazifani soliq stavkalarining tabaqalashtirish yo‘li orqali hal etish mumkin.
    Shunday qilib, soliqlarning vazifalari ularni amalga oshirish muddatiga qarab, qisqa muddatli, o‘rta va uzoq muddatli vazifalarga bo‘linadi. Bu vazifalar mazmuniga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Soliqlar nafaqat davlat byudjetining tushumlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga balki davlat daromadlarini byudjetning o‘rta muddatli rejada hayotiyligini yaxshilash maqsadida moslashuvchanligini amalga oshirishga ham xizmat qilishi mumkin.

      1. SOLIQQA TORTISH TAMOYILLARI

    Soliqlarning funktsiyasini o‘rganish ularning iqtisodiyotdagi rolini ko‘rsatib bersa, soliqqa tortish tamoyillari soliq munosabatlarini amaliyotda tashkil etish, soliqqa tortish, uni undirish amaliyotining mazmunini ochib beradi. Ko‘plab iqtisodchilar soliqqa tortish iqtisodiyotning ravnaqiga olib kelishi mumkin bo‘lgan tamoyillarni qayd etishgan.
    Soliqqa tortish tamoyillarini A.Smit o‘zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor asoslab bergan:

    1. Davlat fuqarolari davlat xarajatlarini qoplashda o‘zlari hukumat muhofazasida foydalanayotgan daromadlariga muvofiq tarzda qatnashishlari lozim.

    2. Har bir odam to‘laydigan soliq aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak, bunda o‘zboshimchalik ketmaydi. Soliq miqdori, to‘lanadigan vaqti va tartibi uni to‘lovchiga ham, boshqa har qanday odamga ham birday aniq va ma‘lum bo‘lishi zarur.

    3. Har bir soliq to‘lovchiga har jihatdan qulay bo‘lgan vaqtda va tartibda undirilishi kerak.

    4. Har bir soliq shunday tarzda tuzilishi kerakki, bunda soliq to‘lovchining hamyonidan ketadigan pul davlat byudjetiga kelib tushadigan mablag‘ga nisbatan ortiq bo‘lishiga mumkin qadar yo‘l qo‘yilmasin.

    Hozirgi sharoitga tatbiqan olganda, soliqqa tortish samarali tizimining quyidagi tamoyillarini ta‘riflab o‘tish mumkin:


    1. Download 0.51 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling