Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti bank aktivlarining daromadliligi va likvidliligi
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
bank aktivlarining daromadliligi va likvidliligi ortasidagi mutanosiblikni taminlash yollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-jadval. Rossiya Banki tomonidan o‘rnatilgan majburiy me’yorlar 10 . Ko‘rsatkichlar
- 7-jadval. Bank aktiv va passivlarining bir-biriga muvofiqligi.
(1) Bunda:
SFD – sof soizli daromad; i СР А va j СР П - i-guruh aktivlarning o‘rtacha qiymati va j-guruh aktivlarning o‘rtacha qiymati; i Д - i-guruh aktivlardan olinadigan daromad darajasi; j З - j-guruh passivlarga to‘lanadigan xarajatlar.
Ikkinchidan, tijorat banklari faoliyati risklarni kamaytirish uchun ishlab chiqilgan normativlar asosida tartibga solib boriladi. Quyidagi jadvalda Rossiya Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan normativlar keltirilgan:
YUqori likvidli aktivlar va jalb qilingan mablag‘larning o‘zaro nisbati ko‘rsatkichi PL1 = (Lam / PS) 100% PL1 ≥ 3 Lahzali likvidlik ko‘rsatkichi PL2 = (Lam / Ovm) 100% PL2 ≥ 15 Joriy likvidlik ko‘rsatkichi PL3 = (Lat / Ovt) 100% PL3 ≥ 50 Jalb qilingan mablag‘lar strukturasi ko‘rsatkichi PL4 = (Ovm / PS) 100%
PL4 ≤ 50 Banklararo resurslar bozoriga bog‘liqlik ko‘rsatkichi PL5 = ((PSbk – SZbk) / PS) 100%
PL5 ≤ 27 O‘z veksel majburiyatlarining risklilik ko‘rsatkichi PL6 = (Ov / K) 100%
PL6 ≤ 90 Berilgan kreditlar ko‘rsatkichi (bankdan tashqari) PL7 = (SZnb / PSnb) 100%
PL7 ≤ 180 Yirik kreditorlar va omonatchilarning riskka moyillilik ko‘rsatkichi PL 10 = (Ovkk / Lat) 100% PL10 ≤ 270 O‘z mablag‘larining etarlilik ko‘rsatkichi PK1 = (K / (Avz risk )) 100%
PK1 ≥ 11 Umumiy kapital etarliligi ko‘rsatkichi PK 2 = (K / (A risk )) 100%
PK2 ≥ 6
10 Интернет маълумотлари асосида тайёрланди. Ssudalar sifati ko‘rsatkichi PA1 = (SZbn / SZ) 100% PA1 ≤ 20 Aktivlar sifati ko‘rsatkichi PA2 = ((A20 – R20) / K) 100% PA2 ≤ 15 Muddati o‘tgan kreditlar salmog‘i ko‘rsatkichi PA3 = (SZpr / SZ) 100%
PA3 ≤ 18 Kreditlar bo‘yicha yo‘qotishlar va boshqa aktivlar uchun qilingan zaxira normasi ko‘rsatkichi PA4 = (RVPSf/SZ) 100%
PA4 ≤ 20 Jami yirik kreditlarning risklilik ko‘rsatkichi PA5 = (Kskr / K) 100%
PA5 ≤ 750 Aksionerlarga berilgan kreditlar xatari ko‘rsatkichi PA6 = (Krsa / K) 100%
PA6 ≤ 45 Bankka daxldor shaxslarga berilgan kredit xatarlari ko‘rsatkichi PA7 = (Krsi / K) 100% PA7 ≤ 2,7 Bunda:
Lam – yuqori likvidli aktivlar; Lat – 30 kungacha bo‘lgan likvid aktivlar; PS – jalb qilingan mablag‘lar; Ovm – talab qilib olinguncha majburiyatlar; Ovt – 30 kungacha bo‘lgan majburiyatlar; PSbk – banklararo olingan kreditlar va depozitlar; SZbk – banklararo berilgan kredit va depozitlar; Ov – bank tomonidan chiqarilgan veksellar; K – bank kapitali; SZnb – mijozlarga berilgan kreditlar (banklardan tashqari); PSNB – mijozlar mablag‘larini jalb qilish ko‘rsatkichi (banklardan tashqari); Ovkk – bankning omonatchilar va kreditorlar oldidagi majbkriyati jami bank majburiyatlarining 10 % va undan yuqorisini tashkil qiladi; Avz risk – riskka tortilgan aktivlar; A risk – risklilik darajasi yuqori bo‘lgan aktivlar; SZbn – umidsiz kreditlar; SZ – jami berilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlik; A20 – bank 20 % dan ko‘p rezerv shakllantiradigan aktivlar; R20- A20 bo‘yicha amlada tashkil qilingan zaxiralar; SZpr – to‘lov muddati 30 kundan oshgan kreditlar miqdori; RVPSf – amalda kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi tashkil qilingan zaxiralar; Kskr – bir yoki bir guruh qarzdorlarga berilgan kreditlarning umumiy summasi; Krsa – bankning aksionerlarga berilgan kreditlari; Krsi – bankning daxldor shaxslarga berilgan kreditlari. Yuqoridaga jadvalda keltirilgan me’yorlar mavjud chegaralarda bo‘lib, ularni bajarish har bir bank uchun majburiydir. Rossiya banki har oyda tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan hisobotlar asosida ularning holati bo‘yicha nazorat o‘rnatadi. Mana shu iqtisodiy me’yorlarga rioya qilinmasa, Rossiya banki ogohlantiruvchi yoki cheklov choralarni (jarima, ayrim operatsiyalar bo‘yicha cheklovlar yoki taqiq o‘rnatish, filiallar ochishni taqiqlash va boshqalar) qo‘llashi mumkin.
№ Aktivlar Passivlar 1 Daromad keltiruvchi qo‘yilmalar Majburiyatlar 2 Berilgan kreditlar, jumladan: Omonatlar va depozitlar 3 YUridik shaxslarga: Jismoniy shaxslarga 3.1
LAMi (YUqori likvidli aktivlar) OVMi (Talab qilib olinguncha bo‘lgan majburiyatlar) 3.2
LATi (Likvidli aktivlar – 30 kungacha bo‘lgan) OVTi (30 kungacha bo‘lgan majburiyatlar) 3.3 Li (Boshqa aktivlar) Oi (Boshqa majburiyatlar)
Mazkur ko‘rsatkichlarga amal qilishni nazorat qilish uchun Rossiya banki tomonidan yana bir qancha vositalar nazarda tutilgan. Ushbu vositalarga: me’yorlarni aniqlash, banklarni Rossiya bankida majburiy zaxiraga qatnashish tartibi va qayta moliyalash tizimi kiradi. Markaziy bank bu vositalar orqali tijorat banklari likvidligiga bilvosita ta’sir etadi. Rossiya bankida har bir tijorat bankining majburiy zaxiralar fondiga ishtiroki jalb qilingan resurslar summasi va ular bo‘yicha o‘rnatilgan foiz asosida to‘lovlarni qabul qilish tarzida hosil bo‘ladi. Bu majburiy zaxira fondidan tijorat banklari o‘z likvidligini ta’minlash uchun foydalanishi mumkin. Xulosa Hozirgi vaqtda respublikamiz tijorat banklari aktivlarining tarkibida salmog‘iga ko‘ra birinchi o‘rinni ssuda va lizing operatsiyalari, ikkinchi o‘rinni esa boshqa banklardagi va O‘zR Markaziy bankidagi mablag‘lar egallaydi. Holbuki, O‘zR Markaziy bankidagi mablag‘lar daromad keltirmaydigan aktiv hisoblanadi va ularning daromadlilik darajasi esa, deyarli yo‘qdir. Rivojlangan industrial mamlakatlarning bank amaliyotida esa, tijorat banklari aktivlarining tarkibida salmog‘iga ko‘ra birinchi o‘rinni kreditlar, ikkinchi o‘rinni qimmatli qog‘ozlar shaklidagi aktivlar, uchinchi o‘rinni esa, kassali aktivlar egallaydi. Qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar daromadlilik darajasiga ko‘ra kreditlardan keyingi aktiv hisoblanadi. Bundan tashqari, ular banklarning likvidliligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. SHu boisdan ham, ko‘plab xorijiy banklarda aktivlarning daromadlilik darajasini yuqori ekanligi kuzatiladi. Respublikamiz tijorat banklari aktivlarining daromadliligini oshirish bilan bog‘liq bir qator muammolarning mavjudligi xususida xulosa chiqarish mumkin. Bizning fikrimizcha, ulardan asosiylari sifatida quyidagi muammolarni ko‘rsatish mumkin: 1. Respublikamiz tijorat banklarining aktivlari tarkibida daromad keltirmaydigan va daromadlilik darajasi past bo‘lgan aktivlarni, ya’ni O‘zR Markaziy bankidagi mablag‘lar, kassali aktivlar, bino va inshootlarni sezilarli darajada yuqori salmoqqa ega ekanligi muammosi. 2. Respublikamiz tijorat banklari aktivlarining daromadlilik darajasiga salbiy ta’sir qiluvchi majburiy zahira talabnomalarining yuqoriligi. 3. Tijorat banklarida mijozlarning kredit to‘loviga layoqatliligini baholash tizimini takomillashmaganligi. Respublikamizning bir qator tijorat banklarida qo‘llanilayotgan kreditga layoqatlilikni baholash ko‘rsatkichlari mijozning pul oqimini real darajasini aniqlash imkonini bermaydi. Bizning fikrimizcha, baholash tizimiga xos bo‘lgan ikki asosiy kamchilik mavjuddir:
a) etarli darajada baholash ko‘rsatkichlaridan foydalanilmayotganligi. b) o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichlarini doimiy ravishda va ko‘rsatkichlarni haqqoniy tarzda e’lon qilinmayotganligi. Bu boradagi ikkinchi kamchilikning mohiyati shundaki, baholash ko‘rsatkichlarining asosiy qismi o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichlari bilan solishtirish asosida qo‘llaniladi. SHu boisdan, doimiy tarzda e’lon qilinadigan va soxta bo‘lmagan o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichlarining bo‘lishi baholash tizimini takomillashtirishning zaruriy sharti hisoblanadi. 4. Respublikamiz tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarini rivojlanmaganligi. Respublikamiz tijorat banklarining milliy va xalqaro fond birjalaridagi faoliyati sustligicha qolmokda. Bu holat banklarning qimmatli qog‘ozlar portfelini tahlil qilish jarayonida yaqqol namoyon bo‘ldi. Holbuki, rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar banklarning ssudalardan keyingi ikkinchi asosiy faoliyat turi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1. O‘zbekiston Respublikasi “Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni. 21 dekabr 1995 yil (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan). 2. O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. 25 aprel 1996 yil (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan). 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “2011-2015 yillarda Respublika Moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438 sonli Qarori 4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1998 yil 9 noyabrda № 242 son bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash, ssudalar bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar o‘rnini qoplash uchun tashkil etiladigan zaxirani shakllantirish va undan foydalanish tartibi”. 5. Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi./Xalq so‘zi/ 2013 yil 20-yanvar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “2011-2015 yillarda Respublika Moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438 sonli Qarori. 7.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-670-sonli Qarori, 2007 yil 12 iyul. 8. Abdullaeva SH.Z. Bank ishi. Darslik –T.: TMI, 2003, 312 b.
9.Sattorov O. Tijorat banklari likvidligini boshkarish. –T.: "EXTREMUM PRESS" nashriyoti, 2010, 112 b. 10. Mullajonov F.M. va boshq. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi. - T.: O‘zbekiston, 2011. 368 b. 11.O.I. Lavrushina Upravlenie deyatelnostyu kommercheskogo banka (bankovskiy menedjment). - M.: YUrist, 2003. -526 s. 12.F.Mullajonov. O‘zbekiston bank tizimi: Barqaror rivojlvnish, xalqaro me’zonlarga erishish yo‘lida // Bozor, pul va kredit jurnali. – Toshkent, 2013. - № (188) 01/2013. B.4-12. 13.Bank axborotnomasi. - Toshkent, 2013 yil 1 may. - №19 (886) 6-bet. 14. “2014 yilda pul – kredit sohasidagi vaziyat va monetar siyosatning 2015 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari”. Bozor, pul va kredit jurnali. – Toshkent, 2015. - № (188) 01/2015.
http://www.cbu.uz (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki sayti). http://www.mf.uz (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi sayti). http://www.bank.uz (O‘zbekiston Respulikasi tijorat binklari sayti). http://www.cbr.ru (Rossiya Banki sayti). http://www.aloqabank.uz (O‘zbekiston Respublikasi OAT “Aloqabank” rasmiy sayti). http://www.bpk.uz (O‘zbekiston Respublikasi Bozor, Pul va Kredit jurnali sayti). http://www.uzrepot.com (O‘zbekiston Respublikasi yangiliklar sayti) Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling