Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti bank aktivlarining daromadliligi va likvidliligi
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
bank aktivlarining daromadliligi va likvidliligi ortasidagi mutanosiblikni taminlash yollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘RTASIDAGI MUTANOSIBLIKNI TA’MINLASH YO‘LLARI
- 1. Likvidlilik va daromadlilik tushunchalarining mazmuni va mohiyati 2. Respublikamizning ba’zi banklarida daromadlilik va likvidlilikning holati
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
- I.A.Karimov Kirish.
- 1. Likvidlilik va daromadlilik tushunchalarining mazmuni va mohiyati
- 1-jadval Tijorat banklarning aktivi va uning turlari 3 №
- Tijorat bank aktivlari daromadliligiga karab
- 1-rasm. Tijorat bank aktivlarini daromadliligi bo‘yicha tasnifi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BANK AKTIVLARINING DAROMADLILIGI VA LIKVIDLILIGI O‘RTASIDAGI MUTANOSIBLIKNI TA’MINLASH YO‘LLARI
KURS ISHI Ilmiy rahbar:k.o’q. Egamova M. Bajardi: Jamolov B. KBI-95
TOSHKENT-2015 Reja: Kirish 1. Likvidlilik va daromadlilik tushunchalarining mazmuni va mohiyati 2. Respublikamizning ba’zi banklarida daromadlilik va likvidlilikning holati va tahlili 3. Daromadlilik va likvidlilik o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash yo‘llari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati «..bugungi kunda bank tizimini isloh qilish, ularga yanada ko‘proq mustaqillik berish, banklarning o‘z aktivlarini va ustav fondini ko‘paytirish, sarmoyalash imkoniyatlarini oshirish muammolariga katta e’tibor berayotganimiz bejiz emas, albatta. Nega deganda, bank kapitali orqasida o‘z aktivlarining ko‘payishidan, banklarning samarali ishlashidan, foyda ko‘rishidan manfaatdor bo‘lgan haqiqiy mulkdorlar turishi, ayniqsa, ulkan ahamiyatga ega» 1 . I.A.Karimov Kirish. Bozor munosabatlarining muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish, iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini tashkil qilish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish shu kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. YAxshi taraqqiy etgan bank tizimi va banklar faoliyatiga ega bo‘lmagan jamiyat rivojlana olmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 16 yanvarda o‘tkazilgan yig‘ilishida belgilab berilgan 2014 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida respublikamizda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning mutanosibligi hamda yuqori iqtisodiy o‘sish ta’minlandi 2 . Iqtisodiyotni samarali boshqarish uning muhim sub’ekti bo‘lgan tijorat banklar faoliyatini o‘rganishni, ularning ishlash mexanizmi, funksiya va operatsiyalarini bilishni taqozo qiladi. 2014 yilda respublika bank tizimidagi islohotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar” Dasturi hamda respublika
1 Karimov I.A. Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investisiya va moliyaviy barqarorlik to‘g‘risida.-T.: O‘zbekiston.2005.-528 b. 2 I.A.Karimovning 2014 yilning asosiy yakunlari va 2015 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasidagi nutqidan, 2015
moliya-bank tizimini rivojlantirishga oid boshqa hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarishga qaratildi, jumladan: - bank nazorati tizimini yanada takomillashtirish, bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining yangi tavsiyalarini tatbiq etish bilan bog‘lik tadbirlarni davom ettirish; - mamlakat bank tizimi va tijorat banklari faoliyatini etakchi xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan me’yor, andoza va ko‘rsatkichlar asosida baholash amaliyotini kengaytirish; - tijorat banklarining resurs bazasini ularning kapitallashuv darajasi hamda aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bo‘sh pul mablag‘larini depozitlarga jalb qilish orqali yanada oshirish; - tijorat banklari aktivlarini, shu jumladan, ularning investitsion faolligini hamda ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha loyihalarni kreditlash hajmlarini oshirish; - tijorat banklari balansiga olingan iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini tiklash, ular bazasida tashkil etilgan yangi korxonalarni strategik investorlarga sotish ishlarini yanada faollashtirish; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlari, boshlang‘ich kapitalni shakllantirish uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish hajmini kengaytirish; - xalqaro andozalar va tamoyillar hamda mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi real holatidan kelib chiqqan holda moliya-bank sohasining qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirildi. Ayni paytda banklarimizning umumiy aktivlari hajmi aholi va yuridik shaxslarning hisob raqamlaridagi mablag‘lardan ikki barobardan ham ko‘pdir. Bu esa ushbu mablag‘larni ishonchli himoya qilish hamda ularga o‘z vaqtida va to‘la hajmda xizmat ko‘rsatishni kafolatlaydi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan fuqarolarning banklar depozitlaridagi omonatlari, ularning miqdoridan qat’iy nazar, davlat tomonidan to‘la kafolatlanadi. Bu esa o‘z novbatida tijorat banklarini resrus bazasini mustahkamlanishiga va buning natijasida bank aktiv operatsiyalarini hajmini oshishiga olib keladi. Aktivlarning strukturasi va sifati sezilarli darajada bankning likvidliligi va tulov kobiliyatini ya’ni, uning ishonchliligini belgilaydi. Kapitalning etarliligi va kabul kilingan kredit risklari darajasiga bank aktivlarining sifati, aktiv va passivlarning xajm va muddat buyicha kelishuviga – kabul kilinadigan valyuta va foiz risklari darajasiga bog‘liq. Tijorat banklari faoliyatining pirovard maqsadi olinayotgan foydani maksimallashtirishdan iborat bo‘lib, ushbu maqsadga erishish bank aktivlarining daromadligini barqaror tarzda oshirib borishni taqozo qiladi. Ayni vaqtda respublikamiz tijorat banklari daromadligini oshirish borasida bir qator muammolarning mavjudligi kuzatilmoqda. Xususan, bank aktivlari tarkibida daromad keltirmaydigan aktivlarni yirik miqdorda to‘planib qolishiga yo‘l qo‘yilmoqda. Bundan tashqari, respublikamiz tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalari ham rivojlanmay qo‘ydi.
1. Likvidlilik va daromadlilik tushunchalarining mazmuni va mohiyati
Likvidlik tijorat banklari faoliyatida eng asosiy tushunchalardan biridir. Likvidlik tijorat banklari ishonchliligi va barqarorligi asosini tashkil etadi va ularning to‘lov qobiliyati bo‘lishiga zamin yaratadi. Banklar likvidligi ularning to‘lov qobiliyati va ishonchli bo‘lishini ta’minlashda zarur kategoriya hisoblanadi. Shu o‘rinda banklarning likvidligi, to‘lov qobiliyati va ishonchliligi to‘g‘risida fikr bildirsak. Tijorat banklarining mijozlar va kreditorlar oldida uz imijini saqlab qolishi uchun eng avvalo ularning likvidligi va to‘lov qobiliyati mustahkam bo‘lishi lozim.Banklar ishonchliligi deganda ularning o‘z mijozlari oldidagi majburiyatini, ya’ni birinchi talab bilanoq amalga oshirish layoqatiga ega bo‘lgan faoliyatini tushunamiz. Tijorat banklari likvidligining nazariy asoslarini taxlil etish uchun uning lug‘aviy ma’nosini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, "likvidlik" atamasi lotincha "liqiudus" so‘zidan olingan bo‘lib "oquvchan", "suyuqlik" ma’nosini anglatadi. Tushunchaning iqtisodiy moxiyatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, bu moddiy qiymatliklarning va boshqa aktivlarning tezda sotilishi va pulga aylanishini ifodalaydi.
yo‘qotishlarsiz pul mablag‘lariga aylanish qobiliyatiga aytiladi. Bank aktivlari qanchalik likvid bo‘lsa, ularning chetdan resursga ehtiyoji shuncha kam bo‘ladi xamda banklar mavjud likvid aktivlar doirasida o‘z majburiyatlarini bajaradi. Bu erda banklar qo‘shimcha xarakat qilishiga o‘rin qolmaydi. YA’ni qo‘shimcha resurs jalb qilinmaydi va bu eng arzon usul xisoblanadi. Lekin masalaning ikkinchi tomoni shundan iboratki, bank aktivlari likvidligi yuqori bo‘lishi uning daromadliligiga teskari mutanosiblikda bo‘ladi. SHuning uchun banklar uz likvidligi va daromadliligini samarali boshqarishi lozim. Banklar o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun kerakli qimmatliklar: binolar, asbob-uskunalar, hozirgi zamonda tezkor hisob-kitobni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kompyuterlar, naqd pul mablag‘lari va kreditga berilgan mablag‘lari bo‘ladi. Banklarning mavjud bunday mablag‘lari banklar buxgalteriya balansida iqtisodiy mazmuniga ko‘ra (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar. naqd pullar va x.k) qiymatlari guruhlashtirilib bank balansining aktiv tomonida ko‘rsatiladi. SHuning uchun ham xalqaro miqyosda bank mablag‘larini – aktivlari deb aytishadi. Bank mablag‘lari hozirgi kunda bizda ham aktivlar deyilmoqda.Bank aktivlari – bu bankka tegishli hamda moddiy qiymatga ega bo‘lgan qiymatliklar: naqd pul mablag‘lari, qarzga berilgan mablag‘lar, binolar va asbob-uskunalardan tashkil topadi. Bulardan tashqari, bankda nomoddiy aktivlar ham mavjud bo‘lib, bular o‘zlarining moddiy shakliga ega bo‘lmaydilar, ammo bankning asosiy faoliyatida faol ishtirok etadi. Bank aktivlari juda turli-tuman bo‘lishi mumkin, lekin hamma tijorat banklari o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, bir xil turdagi aktivlarga ega. Ularning bir qismi maxsus jihozlangan banklar naqd pullarni saqlash uchun seyflar yoki temir shkaflar, komp’yuterlar, avtomashinalar tashkil etadi. Bunday aktivlar banklarda ko‘p yil ishlatiladi va asosiy vositalar deb yuritiladi. Bank aktivi deganda passivlar joylashtirilishi tushuniladi. Uning tarkibiy tuzilmasi deganda esa har bir aktiv turining jami aktivlarga bo‘lgan nisbati tushuniladi. Tijorat banklarining aktivi va uning tarkibi quyidagilar bilan tavsiflanadi. (1- jadval).
1.
Kassadagi naqd va unga tenglashtirilgan pullar 0,2 - 12,9 2. Kreditlar (ssudalar) 19,9 - 83,2 3.
Investitsiya va qimmatli qog‘ozlar 2,1 - 23,9 4. Boshqa turli aktivlar 0,2 – 7,8
100 Jadvaldagi ma’lumotlardan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: bank aktivining eng asosiy qismini ssudalar, ya’ni bank kreditlari tashkil
3
Yo.Abdullaev “Bank ishi” O‘quv qo‘llanma, 2003 yil, 532 bet
qiladi – 19,9 dan to 83,2 foizgacha; ikkinchi o‘rinda investitsiya va qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar tashkil qiladi – 2,1 foizdan to 23,9 foizgacha; uchinchi o‘rinda kassadagi naqd pullar – 0,2 dan 12,9 foizgacha; boshqa turli aktivlar, ya’ni asosiy fondlarga qo‘yilmalardan tortib, to bankning turli hisob operatsiyalarigacha – 0.2 foizdan to 7,8 foizgachani tashkil qiladi.
Tijorat banklarining aktivlari o‘ziga xos belgilariga ko‘ra, likvidlik va risk darajasiga hamda daromad keltirishiga qarab bir necha guruhlarga bo‘linadi. Bank balansida aktivlar likvidlik darajasiga qarab aks ettiriladi va likvidlik darajasiga qarab ular 3 guruhga bo‘linadi: yuqori darajadagi likvid aktivlar; likvid aktivlar; uzoq muddatli likvid aktivlar. YUqori darajadagi likvid aktivlarga quyidagilar kiradi: naqd pullar va unga tenglashtirilgan mablag‘lar; Markaziy bank hisob varag‘idagi mablag‘lar; davlatning qarz majburiyatlari; norezident banklar korschyotlaridagi mablag‘lar; davlatning ichki zayomlari uchun ajratilgan mablag‘lar. Bu mablag‘larni zaruriyat tug‘ilishi bilanoq bank hisobvarag‘i-dan olib ishlatish mumkin. Likvid aktivlar tarkibiga yuqori likvid aktivlari tarkibiga kiruvchi mablag‘lardan tashqari quyidagilar ham kiradi: yaqin 30 kun ichida qaytarish sharti bilan so‘mda va chet el valyutasida berilgan kreditlar; yaqin 30 kun ichida mazkur bank hisob varag‘iga o‘tkazilishi kutilgan to‘lovlar. Uzoq muddatli likvid aktivlar tarkibiga quyidagilar kiradi: bir yilgacha qaytarish sharti bilan so‘mda va chet el valyutasida bank tomonidan berilgan kreditlar; 50 foiz kafolat sharti bilan bir yildan ko‘proq muddatda qaytarish sharti bilan berilgan kreditlar; hukumat tomonidan kafolatlangan muddati kechiktirilgan ssudani chegirib tashlangan qoldiq kredit; garovdagi qimmatli qog‘ozlar; garovdagi nodir metallar. Uchinchi guruh – nolikvid (past likvidli) aktivlar.
Bularga: Muddati o‘tgan ssudalar; Muddati o‘tgan foizlar; Sud aralashuvi bilan o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan ssudalar; Tugallanmagan ishlab chiqarish; Asosiy vositalar kiradi. Bank doimiy tarzda o‘zining likvidligini ma’lum bir darajada saqlashi kerak, ya’ni o‘zining to‘lovga qobilligini shubha ostida qoldirmasligi kerak. Likvidlikka bo‘lgan talab aktivlardan keladigan daromadni oshirish faoliyatiga ma’lum darajada qarshi turadi. Bankning aktivlari qanchalik darajada likvidli bo‘lsa, shunchalik ular bilan bog‘liq risk kichik bo‘ladi, ammo shunga qaramay, ularga to‘lanadigan foiz ham shunchalik kam bo‘ladi.
Belgilangan to‘lovga qobillik doirasidan chiqmagan holda aktivlarga joylashtirilgan kapitaldan daromadni oshirish, bankda boshqarish san’atini belgilaydi.
Bank likvidlikni ikki xil yo‘l bilan ta’minlashi mumkin: 1. Ortiqcha likvidli aktivlarni yig‘ish orqali. 2. Jahon amaliyotida keng qo‘llanilayotgan usul – likvidlikni kam daromad keltiruvchi va tez sotiluvchi qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash usulidir. Daromad keltirishiga qarab bank aktivlari ikkiga bo‘linadi: 1. Daromad keltiruvchi aktivlar
2. Daromad keltirmaydigan aktivlar. Daromad keltiruvchi aktivlarga quyidagilar kiradi. Barcha berilgan kreditlar (jumladan, banklararo kreditlar)
O‘ziga tegishli investitsiyalar Xazina veksellari Davlat obligatsiyalari Qimmatli qog‘ozlar Va boshqalar Daromad keltirmaydigan aktivlarga quyidagilar kiradi: Pul aktivlari guruhi Asosiy vositalar Kapital xarajatlar Barcha moddiy aktivlar Nomoddiy aktivlar Va boshqa aktivlar kiradi. Tijorat bank aktivlari daromadliligiga karab
daromad keltiradigan aktivlar daromad keltirmaydigan aktivlar
- berilgan kreditlar; - asosiy vositalar - qimmatli qog‘ozlar; - nomoddiy aktivlar - turli investitsiyalar. - pul mablag‘lari - kapital xarajatlar
1-rasm. Tijorat bank aktivlarini daromadliligi bo‘yicha tasnifi. Ikkinchi guruh aktivlariga bank faoliyatida katta e’tibor berilishi lozim, chunki bu guruhda aktivlar sifatini pasaytiruvchi aktivlar, muddati kechiktirilgan, foizsiz ssudalar, muddati o‘tgan ssudalar va foizi to‘lanmagan ijara va boshqalar bo‘lishi mumkin. Aktivlarning maqsadga muvofiq joylashishi bo‘yicha umumiy ko‘rsatkich - daromad keltiruvchi aktivlarning umumiy aktivlar summasiga nisbati orqali aniqlanadi. Daromad keltiruvchi aktivlar --------------------------------------- Umumiy aktivlar
Tijorat banklarining daromad keltiruvchi asosiy aktivlari- mijozlarga berilgan kreditlardir. Banklarning ikkinchi daromad keltiruvchi aktiv turi – davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) ga jalb qilingan banklararo kreditlar va investitsiyalar kichik salmoqni tashkil etadi. Muddati o‘tgan aktivlarning salmog‘i umumiy aktivlar hajmining 3 foizidan oshmasligi kerak. 2. Respublikamizning ba’zi banklarida daromadlilik va likvidlilikning holati va tahlili
Bugungi kunda Respublikamiz tijorat banklari aktivlarining tahlil qilishda ularning sifatini oshirishda tegishli qonun hujjatlari ishlab chiqilmoqda va amalga tadbiq etilmoqda. Buning natijasida tijorat banklarida ham aktivlarni tahlil qilishda katta etibor qaratilmoqda va ular bo’yocha muammolarni bartaraf etish hamda takomillashtirish borasida ham ishlar olib borilmoqda. Aktivlar tahlili deganda, har bitta tijorat banki tomonidan aktivlarning tarmoqlar bo’yicha, ularning riskliligi bo’yicha, likvidliligi bo’yicha, daromad keltirish bo’yicha, tasniflanishi bo’yicha guruhlarga ajratish, yillar bo’yicha taqqoslash kabi amaliy metodlarni qo’llash tushiniladi. Aktivlar tahlilini amalga oshirishdan maqsad bir turdagi aktivlarni bir tarmoqda to’planib qolmasligi, ularning qay biri yuqori daromad keltirishi, eng yuqori likviligi aktiv qanchaligi, riskli aktivlar salmog`i qanchaligi, ular bo’yicha yaratilayotgan zaxiralarning meyyoriy hujjatlarga mos ravishda shakllantirishdir. Bundan tashqari bank tomonidan ajratilgan mablag`lar ya’ni aktivlar bir tarmoqda to’lanib qoladigan bo’lsa, bu tarmoqda keyinchalik ma’lum bir sabablarga ko’ra muammolar chiqishi mumkin natijada bu aktivlar bank uchun samara bermasligi
mumkin. Yuqorida takidlaganimizdek, aktivlar daromadliligi, riskliligi , likvidliligi bilan chambarchas bog`liq bo’lib, ular bir-biriga teskari va tog`ri proparsional hisoblanadi. Chunki likvidlilik qanchalik yuqori bo’lsa, daromad ham, risk ham shunchalik, past bo’ladi. Agar likvidlilikni past saqlab daromad olish uchun sarflasa, bunda daromad ham risk ham yuqori bo’ladi. Shuning uchun ham bu aktivlarni me’yorida ushlab turish kerak, ya’ni kam xarajat qilib ko’proq foyda olish nazarda tutilmoqda. Shundagina aktivlar tahlili natijalari o’z samarasini berishi mumkin. Tijorat banklarida daromad keltiruvchi aktivlarni boshqarish usul va vositalari bank kengashi tomonidan tasdiqlangan ichki siyosatlarda belgilanadi hamda banklar tomonidan kredit tavakkalchiliklarini pasaytirish va aktiv operatsiyalarning daromadliligini oshirish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora- tadbirlar majmuasini ifoda etadi. Daromad keltirmaydigan aktivlarni boshqarishda esa mazkur aktivlar tarkibiga kiruvchi qimmatliklarni bank Kengashi tomonidan har yili tasdiqlanadigan biznes rejada ko‘rsatilgan miqdordan oshib ketmasligini nazorat qilish amalga oshiriladi. Tijorat banklarida aktivlarni samarali boshqarishdan asosiy maqsad ishlab chiqilgan strategiya (kredit, foiz, investitsiya siyosati va boshq.) asosida o‘z va jalb qilingan mablag‘lar nisbati o‘rtasidagi ijobiy mutanosiblikni ta’minlash hisoblanadi. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, tijorat banklarida aktivlarni boshqarish aktivlar tuzilmasini bank oldiga qo‘yilgan maqsaddan asoslangan holda o‘zaro muvofiqligini tahlil qilib borish; aktiv operatsiyalarning diversifikatsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilash; aktivlarni xususiyatlariga qarab to‘g‘ri tasniflash, aktivlar bo‘yicha tavakkalchiliklarni minimallashtirib borish va zarur darajada zahiralar yaratish; aktivlarni daromadlilik darajasini saqlab turish kabi bir qator asosiy tamoyillarga asoslanadi. YUqoridagi fikrlar va yondashuvlardan kelib chiqqan holda, tijorat banklarida aktivlarni samarali boshqarish zaruratini banklarning vakillik hisobvaraqlaridagi
mablag‘lar samaradorligi va ularning likvidlilik darajasini oshirish orqali amalga oshiriladi. Jadval orqali respublikamizning etakchi banklaridan biri bo‘lgan Aksiyadorlik tijorat Aloqabankning aktivlar strukturasining solishtirma tahlili keltirilgandir.
Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling