Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti bank aktivlarining daromadliligi va likvidliligi
-jadval ATB “Aloqabank” aktivlar strukturasining solishtirma taxlili
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
bank aktivlarining daromadliligi va likvidliligi ortasidagi mutanosiblikni taminlash yollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Summa % Summa %
- Jami aktivlar 338676868 100 466647288 100 629035120 100
- 3-jadval Tijorat banklarning daromadliligini baholovchi koeffisentlar 5
- Ko’rsatkichlar 2012 yil 2013 yil K 1
- AKTIVLAR PASSIVLAR
- AKTIVLAR PASSIVLAR
- 5-jadval ATB “Aloqabank” Likvid aktivlari tahlili 9 Ko‘rsatkich nomi
- A V 1 2 3 4 5 = 3 - 1 6=3/1 LIKVID AKTIVLAR
- AKTIVLAR umumiy summasi 466 647 289 629 035 105 162387816 35
2-jadval ATB “Aloqabank” aktivlar strukturasining solishtirma taxlili 4 (ming so‘mda )
Agar aktivlar tarkibida daromad keltiruvchi aktivlar salmog‘i qancha ko‘p bo‘lsa, bu xolat bank o‘z aktivlaridan daromad olish maqsadida samarali foydalanilayotganini bildiradi. YUqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, 2013 yilga kelib ATB “Aloqabank” tijorat bankining daromad keltiruvchi aktivlari 2.25 martaga ortgan, jami aktivlari esa 1.85 martaga ko‘paygan. Ammo bankning daromad keltirmaydigan aktivlari tarkibi ham 1.18 martaga o‘sgan. Bunda asosan asosiy vositalar, boshqa xususiy mulk va boshqa aktivlarni ko‘payishi hisobiga to‘g‘ri kelgan.
Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsion institut sifatida faol ishtirok etadilar. Banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida broker va diller bo‘lib
4 AT “Aloqabank” 2011-2012-2013 y. dagi hisobot ma’lumotlari. Ko‘rsatkichlar 2011 y 2012 y 2013 y 2011 y.da 2013 y.ga nisbatan o‘sish Cumma % Summa % Summa % Daromad
keltiruvchi 207182344 61,2
81
472644385 75,1 2,25 Daromad
keltirmaydigan 131494524 38,8 88362002 19
156390735 24,9 1,18 Jami aktivlar 338676868 100 466647288 100 629035120 100 1,85
ishtirok etadilar. Tijorat banklari faoliyatining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa qatnashchilaridan xisoblanadi. Bundan tashqari, tijorat banklar daromadlarining barqarorligi bo’yicha tahlil ham muhim ahamiyatga ega. Bankining barqaror daromadlariga uzoq vaqt davomida yetarli va doimiy bo’lgan daromadlar kiradi. Yuqori barqarorlik bankning asosiy faoliyati bilan bog’liq. Shuningdek, uning riski ham yuqoridir. Daromadlar qanchalik nobarqaror bo’lsa, daromadlarning sifati ham shuncha past bo’ladi. Bankning barqaror daromad turlariga kreditlar bo’yicha foizli daromadlarni, dividendlar ko’rinishidagi daromadlarni, qimmatli qog’ozlar oldi- sotdisi
bo’yicha operatsiyalardan olinadigan daromadlar, vositachilik ko’rinishidagi daromadlar kiradi. Tahlil davomida bank daromadiga ta’sir qiluvchi omillardan biri bu bankning aktivlari hisoblanadi. Quyidagi jadval orqali hisob kitob qilishda bank aktivlarning qanchalik daromadligini aniqlaymiz. Tijorat banklarining daromadliligini aniqlashda quyidagi 3-jadval ma’lumotlaridan foydalanib, moliyaviy koeffisentlar tahlil qilinadi. 3-jadval Tijorat banklarning daromadliligini baholovchi koeffisentlar 5 №
Koeffisentlar Jahon banki mutaxassislarining tavsiyasiga ko’ra belgilangan me’yor darajasi 1
1 = sof foizli daromad / jami aktivlar 3-4% 2
K 2 = foizsiz daromad / jami aktiv Har bankning o’ziga bog’liq 3
K 3 = foizsiz daromad – foizsiz xarajat / sof foizli daromad 1-sinf 48% 2-52% 3-57%
4-61% 5-64%
6-67%
5 Шеремет А.Д. Финансовый анализ в коммерческом банке / M:. Финансы и статистика, 2011 4
K 4 =foizli daromad / jami aktivlar 1-sinf 4.6% 2-3.4% 3-4.0%
4-3.7% 5-3.4%
6-3.2% Endi bu ko’rsatkichlarni bank misolida tahli qilamiz va bu quyidagi 4- jadvalda o’z aksini topgan.
Bank Jahon banki mutaxassislarining tavsiyasiga ko’ra belgilangan me’yor darajasining talablarini bajargan. Bankning K 1 ko’rsatkichining me’yoriy talabiga rioya qilgan, chunki bu ko’rsatkich 2012 yilda 3.4% ni 2013 yilda esa 3.1% ni tashkil etmoqda. Jahon standarti bo’yicha bu ko’rsatkich 3-4% larda bo’lishi belgilangan. Bankning jami aktivlari tarkibida foizsiz daromadlar 2012 yilda 6.1% ni 2013 yilda 6.4%ni tashkil etgan. Jami aktivlari tarkibida foizli daromadlari esa mos ravishda 5.8% va 6.1% eklanligi ko’rinib turibdi. 3-ko’rsatkich bo’yicha natijalar shuni ko’rsatadiki 2013 yilda bu belgilangan me’yoriy talabdan yuqori. Bank foizsiz daromadlari tarkibini kamaytirib, foizli daromadlari ulushini ko’paytirishga erishishi kerak. Bunday tahlil banklarning reytingini o’zgarishini aniqlashga imkon beradi. Foizli marja ham bu koeffisentlarni aniqlashda asoiy ko’rsatkich hisoblanadi. Bu bank foydasining muhim bo’lgan manbalaridan biridir. Soliqlar, bankning chayqovchilik operatsiyalaridan ko’riladigan zararlari va bank risklarini qoplashi kerak. Uning miqdori yuqoridagi va boshqa koeffisentlarni
6 Ko’rsatkichlar Ipoteka bankning “Umumiy daromad to’g’risida ” gi yig’ma hisobot ma’lumotlari asosida hisoblab chiqilgan. Ko’rsatkichlar 2012 yil 2013 yil K 1
0.034 0.031 K 2
0.061 0.064 K 3
0.539 0.762 K 4 0.058
0.061 aniqlashda mutlaq qiymatni tavsiflashi mumkin. Shuningdek, foizli marja koeffisentining yetarli darajada bo’lishi aktiv operatsiyalar orqali erishiladigan daromadlilik passiv operatsiyalar bo’yicha xarajatlarni qoplay olishini ta’minlaydi. Endi banklarning likvidliligini ham tahlil qilsak. Bunda balans aktiv va passivlarini likvid va nolikvid, o‘zgaruvchi va barqaror tamoyillar asosida bo‘lishi likvid aktiv va o‘zgaruvchi passivlar o‘rtasidagi farqni aniqlaydi. Bu farq iqtisodchilar tilida GEP deyiladi. GEP grafik ko‘rinishda rasmlarda ko‘rsatilgan. Keltirilgan 3-rasm bo‘yicha bank likvidligining musbat GEP ga ega ekanligi, ya’ni likvid aktivlar o‘zgaruvchi passivlardan ko‘pligi ko‘rinib turibdi. Bu masalalarni yanada aniqlashtiradigan bo‘lsak, bank aktiv va passivlari o‘rtasidagi foiz stavkasining o‘zgarishiga sezgirligi o‘rtasidagi farq tushuniladi. Foiz stavkasi o‘zgarish sezgirligiga ega likvid aktivlar va o‘zgaruvchi passivlarni aniqlashda ularning mos keladigan vaqtini o‘rganish kerak. Bu vaqt iqtisodiy ahvolga qarab 7 kundan 3-6 oygacha, hatto yillar intervalida o‘rganiladi. 2-rasm. Bank balansining likvidlik modeli (musbat GEP ) 7 Aksariyat banklar uchun depozitlar resurs bazasining barqaror qismi sifatida gavdalanadi. Ammo amaliyot shuni ko‘rsatadiki, mijozlarning depozit xisobvaraqlaridagi mablag‘lar, bankning biror salbiy reputatsiyasi natijasida yoki reytingi pasaysa, bankni tarqata boshlaydi. Bu esa depozitlarning barqaror va o‘zgaruvchan qismlarini baxolash kerakligini bildiradi. Lekin bunda yuridik shaxslarni xam nazarda tutib xarakat qilish kerak, ya’ni ularning bank bilan aloqalarini mustahkamlash lozim. Tijorat banklari faoliyati davomida boshqa xolatni xam kuzatish mumkin, bunda bank balansi nolikvid va GEP manfiy kattalikka ega bo‘ladi
7
O.Sattorov “Tijorat banklari likvidligini boshqarish” monografiya, 2010, 120 bet
AKTIVLAR PASSIVLAR likvidli
o‘zgaruvchi "musbat" GEP
barqaror nolikvid
Manfiy GEPda esa banklar foiz stavkasi o‘zgarish sezgirligiga ega mavjud likvid aktivlari xisobiga uning o‘zgaruvchi majburiyatlarini qoplash extimoli yuqori bo‘ladi. Bunday xolatlar banklar uchun jiddiy muammolar tug‘dirishi tabiiydir.Demak, banklar balansi likvidligini yuqoridagi musbat va manfiy GEP bilan birga likvid va o‘zgaruvchi majburiyatlar summasi va muddati teng bo‘lgan xamda "bankning oltin qoidasi" sifatida e’tirof etiladigan xolat banklarda kuzatiladi. Bu kabi banklarda xech qanday likvidlik muammosi bo‘lmaydi va bu holat har doim ham kuzatilmaydi. SHuning uchun tijorat banklari likvidligini boshqarish Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorlar bilan birgalikda banklar mustaqil ravishda o‘zlarining likvidlik pozisiyasini hisoblashadi. Bank tizimi likvidligi deganda mamlakatning butun bank tizimi likvidligi tushuniladi. Butun bank tizimi likvidligini Markaziy bank markazlashgan tartibda, ya’ni barcha banklarga turli likvidlik me’yorlarini o‘rnatish, shuningdek, pul-kredit siyosatining asosiy dastaklari bilan nazorat kilish orkali ta’minlaydi. Tijorat banklari likvidligi tashkil etish manbalariga ko‘ra "jamg‘arilgan" va "sotib olinadigan" likvidlikka bo‘linadi. "Jamg‘arilgan" likvidlik asosida bankda mavjud aktivlarni sotish vo- sitasida ta’minlanadi. Masalan, bank kimmatli kog‘ozlarini sotish orkali likvidlikni ta’minlash. Bu usulda chetdan resurs jalb qilishga extiyoj sezilmaydi va o‘z-o‘zidan banklar ko‘shimcha xarajatga yo‘l kuymaydi. Banklar jamg‘arilgan likvidlikda bo‘sh turgan mablag‘larni yuqori likvid qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirish, o‘z navbatida, ma’lum daromadga ega bo‘lishi mumkin.
"Sotib olinadigan" likvidlik moliyaviy bozorda karzlar olish 8 O.Sattorov “Tijorat banklari likvidligini boshqarish” monografiya, 2010, 120 bet AKTIVLAR PASSIVLAR likvid
O‘zgaruvchi nolikvid "manfiy" GEP
barqaror 3-rasm. Bank balansining likvidlik modeli (manfiy GEP) 8 yoki banklararo kredit resurslari bozoridan kreditlar olish xisobiga likvidlikni ta’minlashdir. Bunda jalb etilgan resurslarga bank muayyan xarajatlarni amalga oshiradi.
Xorijiy davlatlar amaliyotida banklar likvidligini ta’minlashda banklararo kreditlar asosiy axdmiyat kasb etadi. CHunki ortiqcha resurslarga ega bank ularni zarur bulgan banklarga depozit sifatida joylashtiradi, resursga extiyoj sezilganda esa boshka banklardan sotib oladi va shu orkali o‘z likvidligini ta’minlaydi. 5-jadval ATB “Aloqabank” Likvid aktivlari tahlili 9 Ko‘rsatkich nomi 2013 yil 1 yanvar 2014 yil 1 yanvar O‘zgarishi (+/-) summasi ulushi summasi ulushi so‘mda %da A V 1 2 3 4 5 = 3 - 1 6=3/1
102 927 126 100 155 354 521 100 52 427 394 51 1 Naqd pullar 11 624 957 11,30
13 326 904 8,60
1 701 946 15
2 Banklardan olinishi lozim
bo‘lgan mablag‘lar 78 502 734 76,30
120 442 822 77,50
41 940 088 53
3 Tez
sotiladigan qimmatli qog‘ozlar 1 967 120 1,90
2 225 863 1,40
258 743 13
4 Qaytarish muddati 30 kungacha bo‘lgan
kreditlar 10 832 315 10,50 19 358 932 12,50 8 526 617 79 5
Muddati o‘tgan va uzaytirilgan kreditlar 0
0
6 AKTIVLAR umumiy summasi 466 647 289 629 035 105 162387816 35 7
aktivlar summasidagi ulushi 22,1%
24,7% 2,6%
Jadval ma’lumotlaridan shuni ko‘rishimiz mumkinki, ATB “Aloqabank” ning 2012- va 2013 – yillar oralig‘ida bankning likvid aktivlarining o‘sishi bir muncha sezilarli darajada ekanligini ko‘rishimiz mumkin. YA’ni bank likvid aktivlari o‘tgan yilga nisbatan 2.6 % ga oshgan. Likvid aktivlar ichida eng katta salmoqqa ega bo‘lgan aktivlar bu banklardan olinishi kerak bo‘lgan mablag‘lar hisoblanadi, ya’ni bu aktivlar likvid aktivlarning taminan 76 % ini tashkil etadi. Qolgan
9 AT “Aloqabank” 2012-2013 y. dagi hisobot ma’lumotlari. o‘rinlarda esa kassadagi naqd pullar (11 %) va tez sotiladigan qimmatli qog‘ozlar (taxminan 2%) tashkil etadi. Ikki yil ichidagi likvid aktivlar tarkibini tahlil qiladigan bo‘lsak, tarkibdagi barcha aktivlar yuqori ravishda va keskin o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, kassadagi naqd pullar 15 % ga, banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar 53 % ga, Tez sotiladigan qimmatli qog‘ozlar 13 % ga, Qaytarish muddati 30 kungacha bo‘lgan kreditlar 79 % ga o‘sganligi fikrimizning yaqqol dalili sifatida qarashimiz mumkin. Bankning umumiy likvid aktivlari esa o‘tgan yilga nisbatan 51% ga o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin. Bankning likvid aktivlarining o‘sishi bank uchun foydali hisoblanadi qachonki bu holat bankning qisqa muddatli majburiyatlarni bajarish uchun ijobiy hisoblanadi, lekin likvid aktivlar bank uchun daromad keltirmaydigan aktivlar hisoblanadi, shuning uchun likvid aktivlarning hajmi normal holatda bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Hozirgi kunda bizning bank tizimimizda markaziy bank tomonidan joriy likvidlik koeeffisienti qo‘llaniladi va bu ko‘rsatkich Respublikamiz banklari uchun 30 % yoki 0.3 koeeffisientni tashkil etadi. SHunday qilib jadval ma’lumotlaridan shunday xulosa chiqarishimiz mumkinki, bankning likvid aktivlari o‘sish dinamikasi bank uchun ancha ijobiy o‘zgarish sifatida baxolashimiz mumkin. Tijorat banklari aktivlarini sifat ko‘rsatkichini taxlil kilish uchun kuyidagi kursatkichlardan foydalaniladi: A1 – daromad keltiruvchi aktivlarning umumiy summasiga nisbati sifatida belgilanadigan daromadli aktivlar darajasi. Rossiya banklarida bu koeffitsientning kiymati koidaga kura. 55-65% ni tashkil etadi. Xalqaro standartlar bo‘yicha bu koeffitsient kiymati 76-83% bo‘lganda,optimal xisoblanadi. Bu koeffitsientning o‘ta past qiymati bank ishi samarasizligi va mablag‘lar immobilizasiyasi yuqori darajaligidan, o‘ta yuqorisi bankning yuqori darajali riskni o‘ziga olganidan dalolat beradi. A2 – yuqori riskli aktivlar koeffitsienti, yuqori riskli aktivlar summasi nisbati aktivlarning umumiy summasiga teng. YUkori riskli aktivlarga aksiyalarga kuyilmalar, veksellarga, faktoring, lizing, to‘gridan-to‘g‘ri investitsiyalar, kredit qarzdorligidan debet qarzdorlikning oshib ketishi kabilar kiradi. Bu koeffitsient uchun diapozon belgilanmaydi, lekin uning salmog‘i bo‘yicha bank aktiv siyosatining tavakkalchilik darajasini taxminan baxolash mumkin. A3 – kreditlar buyicha muddati o‘tgan qarzdorliklarning joylashtirilgan aktivlarning umumiy summasi nisbatiga teng bo‘lgan gumonli qarzdorlik darajasi. Bu ko‘rsatkichning qiymati 5% dan oshmasligi lozim. Aslida u 0-2% diapozonda bo‘lishi kerak. A4 – rezervlarning (ssudalar buyicha extimoliy yukotishlarga, ta’minlangan qimmatli qog‘ozlarga, debitorlar bilan
hisob-kitoblar yo‘qotishlarga) joylashtirilgan aktivlar summasiga nisbati rezervlar darajasi. Garchi, bu koeffitsient bankning rezervlar yaratish bo‘yicha siyosati va uning kredit portfeli sifatiga kuchli darajada bog‘liq bo‘lsada, rezervlar darajasi 5-7% bo‘lganda, optimal hisoblanadi. A5 – daromad keltirmaydigan aktivlardagi debitorlik qarzlari darajasi. Ko‘rsatkich daromad keltirmaydigan aktivlar sifatini baxolash uchun mo‘ljallangan. Bu koeffitsientning maksimal darajada yo‘l qo‘yiladigan qiymati 40% yanada yuqoriroq qiymat bank likvidliligi pasayganligi va unda qo‘yilgan mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarish bo‘yicha muammolar mavjudligidan darak beradi.
A6 – immobilizasiya qilingan aktivlarning netto-aktivlar summasiga nisbatiga teng sifatidagi aktivlarning immobilizasiya koeffitsienti. Bu koeffitsient kiymati 15-17% atrofida bulsa, normal xisoblanadi. Bu qiymatning ortib ketishi bank ishidagi samaradorlik qisqarishiga olib keladi. A7 – aktivlarni «undirish» koeffitsienti, netto aktivlar summasining balans jamiga nisbati. Rossiya banklarida bu koeffitsient o‘rtacha 75-80% ga teng. Netto aktivlar brutto aktivlarning kamida 65% ni tashkil esa, normal xisoblanadi. Kamroq qiymat bank tomonidan o‘z reytingi va istiqbolini ko‘tarish uchun sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatilganini bildiradi. Miqdoriy parametrlar faqat aktivlar sifatini oldindan baxolash bo‘lib,bankning rasmiy xisobotlari ma’lumotlari bilan bajarilishi mumkin. YAnada batafsilroq
baholash uchun dastlabki ma’lumotlar asosida aktivlar tarkibidan qaytarilishi shubxa tug‘diradiganlari ajratiladi. Bu to‘lov shartlari qayta ko‘rib chiqilganligi bo‘yicha kreditlar; bankda yuzaga kelgan amaliyot tufayli og‘ishlar va buzilishlar bilan joylashtirilgan nostandart aktivlar; yirik kreditlar; bank insayderi tomonidan berilgan mablaglar va boshkalar bo‘lishi mumkin. Bunday taxlilni faqat bankning o‘zi, shuningdek, tekshiruvchi idoralar (O‘zR Markaziy banki va tashki auditorlar) o‘tkazish imkoniga ega. Tijorat banklari aktivlari sifatini baxolash uchun O‘zR Markaziy banki tomonidan bir qarzdorga yoki bir gurux o‘zaro bog‘liq qarzdorlarga riskning maksimal miqdori singari majburiy normativlari; yirik kredit risklarining maksimal miqdori; bir kreditorga (omonatiga) riskning maksimal miqdori; bankning o‘z ishtirokchilariga (aksionerlarga) berilgan kreditlari va taqdimnoma (topshiriklar) lari, kafolatlarning maksimal miqdori; bank insayderlari bo‘yicha risklarning jamlangan miqdori belgilab berilgan. Aktivlar sifatini dastlabki baholash bankning rasmiy hisobotlari asosida hisoblanib, u miqdoriy ko‘rsatkich hisoblanadi. Aktivlar sifatini yanada chuqurroq baholash uchun birlamchi ma’lumotlar asosida aktivlar tarkibidagi yomon aktivlarni ajratib olish zarur. Bular so‘ndirish sharti qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar, shubhali va umidsiz aktivlar, yirik kreditlar, bank insayderlariga taqdim etilgan mablag‘lar va boshqalarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bunday tahlilni bankning o‘zi, shuningdek nazorat qiluvchi organlar amalga oshirishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari uchun asosiy muammolardan biri bankning likvidligi va daromadliligining eng maqbul darajasini anilash bo‘lib hisoblanadi. Unga erishish uchun bank aktivlarini samarali boshqarish katta ahamiyat kasb etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari operatsiyalarini shartli ravishda 3 guruhga bo‘lish mumkin:
- o‘z kapitalini shakllantirish va mablag‘larni jalb qilish bilan bog‘liq passiv operatsiyalar; - foyda olish maqsadida o‘z va jalb qilingan mablag‘larni joylashtirish bilan bog‘liq aktiv operatsiyalar; - komission-vositachilik va ishonch operatsiyalar. Banklar aktiv operatsiyalarni amalga oshirish chog‘ida belgilangan likvidlilik me’yorlariga amal qilishlari va ayrim turdagi aktivlar bo‘yicha tavakkalchiliklarning maqsadga muvofiq taqsimlanishini ta’minlashlari lozim bo‘ladi. Bankning aktiv operatsiyalari tahlili daromadlilik, risk darajasi, likvidlilik nuqtai nazaridan amalga oshirilishi kerak. Bank taraqqiyoti manbalaridan ma’lumki, bank aktivlari daromadliligi va likvidliligi bir-biriga qarama-qarshi. Bank likvidliligi va uning daromadliligi o‘rtasidagi aloqadorlik tahlili likvidlilik ahamiyatining ustunligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon beradi. Bu mezonning ustunligini hisobga olish natijasi ko‘rsatilgan qarama – qarshilikni muvofiqlashtirishga va bank faoliyatining asosiy maqsadi bo‘lgan foyda olishga erishishga olib keladi. Bankning faoliyatida aktivlarning tutgan rolini yana ham mukammalroq o‘rganish uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni hisoblash muhimdir: tashkilotlar, korxonalar, jismoniy shaxslar va banklarga berilgan kreditlar bo‘yicha umumiy kredit summasini hisoblash; berilgan kreditlarni ularning muddatlari, tarmoqlarga berilishi va ularning umumiy karzdagi salmog‘ini aniqlash; ssudalarning o‘rtacha foiz stavkalarini hisoblash va kredit bahosining o‘rtacha darajasini aniqlash; umumiy ssudalarning ichida muddati o‘tgan qarzlarning salmog‘ini hisoblash. bank tamonidan berilgan yirik kreditlarning hajmini aniqlash; berilgan turli darajadagi kreditlarning Markaziy bank yo‘riqnomalariga javob berishini hisoblash; Bulardan tashqari yana ham quyidagi koeffitsientlar borki, bularni ham hisoblash foydadan holi bo‘lmaydi: 1. Aktivlardan foydalanish samaradorligi. Buni quyidagicha aniqlaymiz.
Aktivlardan foydalanish samaradorligi
= Daromad keltiruvchi aktivlarning o‘rtacha miqdori Brutto aktivlar
Bu koeffitsent aktivlarning qancha qismi ishlashini va daromad keltirishini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich 70-80 foiz atrofida bo‘lishi tavsiya etiladi. CHunki ushbu ko‘rsatkichning juda yuqori bo‘lishi banklar faoliyatida risk darajasining oshishiga olib keladi. 2. Kredit berishda depozit mablag‘laridan foydalanish koeffitsenti. Kredit berishda depozit mablag‘laridan foydalanish koeffitsenti
= Kreditlarning o‘rtacha qoldig‘i Brutto depozitlar
Tijorat bankining jalb qilingan depozitlaridan foydalanish samaradorligini ko‘rsatadi. Mazkur ko‘rsatkich qancha yuqori natijaga ega bo‘lsa, bank jalb qilingan depozitlaridan samarali foydalanayotganligini ko‘rsatadi. 3. Tijorat banklari kreditlarining bank jami aktivlaridagi ulushi. Tijorat banklari kreditlarining bank jami aktivlaridagi ulushi = Kreditlarning o‘rtacha qoldig‘i Brutto aktivlar
Ushbu ko‘rsatkich tijorat bank aktivlarining qancha qismi kreditlardan iborat ekanligini ko‘rsatadi va xalqaro amaliyot tavsiyasiga ko‘ra 60 foizdan yuqori bo‘lishi lozim. Bu esa bankning asosiy daromadlari kreditlardan olinishi bilan izohlanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar bankning kredit siyosati samaradorligini, bankning aktivlarining maqsadga muvofiq tuzilishini ko‘rsatadi, ularning risklilik darajasini va bankning likvidligiga, daromadliligiga, rentabelligiga ta’sirini ko‘rsatadi. Hozirgi kunda banklar uchun aktivlarni boshqarish asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Har qanday bank, moliyaviy bozorning yuqori darajada rivojlanishi bilan iqtisodiy barqarorliq sharoitida ma’lum jiddiy qiyinchiliklarni engib o‘tishi kerak. Lekin, inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lgan paytda va bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida bu tashqi omillar tijorat banklari moliyaviy ahvoliga ta’sir qilib, bank aktivlarini boshqarish masalasini birinchi darajaga qo‘ymoqda. Tijorat banklari aktiv operatsiyalarini boshqarish, o‘z oldiga balans likvidligiga rioya qilgan holda, bank fodaliligini ta’minlash singari ikki maqsadni qo‘yadi. Moliyaviy jihatdan aktivlarni boshqarishning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
- Bank likvidligini oshirish; - Bank daromadini oshirish; - Tavakkalchiliklarni kamaytirish. Bundan kelib chiqqan holda, bankning aktivlarini ularning daromadliligi, tavakkalchilik darajasi va likvidligini e’tiborga olgan holda shakllantirish lozim. Bank faoliyatining rivojlanishidan ma’lumki, bank aktivlari daromadliligi va likvidliligi bir-biriga qarama qarshi ko‘rsatkichlardir. Likvid aktivlar va passivlar muvozanatlanganligi, bankning joylashtirilgan aktivlari va jalb qilingan resurslari muddatlari muvofiqligi darajasiga ko‘ra belgilanadi. Aktivlarni qaytarish va majburiyat o‘rtasidagi muddat nomuvofiqligi likvidlilik tavakkalchiligining asosiy manbasidir. Likvidlilik – bankning tashqi baholash mezoni bo‘lsa, uning daromadliligi ichki baholash mezonidir. Ular o‘rtasidagi aloqadorlik tahlili bankning likvidliligi ahamiyatining ustunligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon beradi. Bank likvidliligi muomaladan chiqarilgan depozitlar hajmini, aktivlarni qaytarish va majburiyatlarni bajarish muddatidagi farqlarni, pul bozoridagi tebranishlarni va rejalashtirilmagan xarajatlarni qoplashi kerak. Bank likvidligini boshqarish konsepsiyasi asosida aktiv va passivlarning muddati, miqdori va tavakkalchiliklari bo‘yicha boshqarish tamoyili yotadi. Bu
bilan bankning o‘rtacha likvidliligi ta’minlangan holda, uning kreditorlari oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarish uchun to‘liq imkon yaratiladi. Bank balansi likvidliligiga uning aktivlari tarkibi ta’sir qiladi. YA’ni jami aktivlar ichida birinchi darajali likvid aktivlarning hissasi ko‘p bo‘lishi bankning yuqori likvidga egligidan dalolat beradi. Likvid aktivlar quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim: - Bank aktivlari tez pulga aylanishi uchun ular o‘z bozoriga ega bo‘lishi kerak;
- Etarli darajada barqaror narxga ega bo‘lishi, ya’ni bozor barcha sotilayotgan aktivlar narxlarini sezilarsiz darajada pasaytirgan holda qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim; - Aktivlar qaytadigan bo‘lishi, ya’ni sotuvchi dastlabki investitsiyalarni yo‘qotishlarsiz yoki minimal tavakkalchilik bilan qoplay olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Bank likvidliligi aktiv operatsiyalarning tavakkalchilik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. YA’ni, bank balansida yuqori yuqori tavakkalchilikli aktivlar hissasi qancha ko‘p bo‘lsa, talab qilinadigan likvidlilik shuncha past bo‘ladi. Bank tomonidan boshqa muassasalardan va aholidan olingan depozit va qarzlarning ishonchliligi ham uning likvidliligiga ta’sir qiladi. Bankning likvidlli mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini bozordagi talab va taklif nuqtai-nazaridan ko‘rib chiqish mumkin. Bankda likvidli mablag‘larga bo‘lgan talab quyidagi ikkita sabab bo‘yicha vujudga keladi: - Mijozlarning o‘z hisobvaraqlaridan mablag‘larini olishlari natijasida; - Mijozlar tomonidan kredit olish uchun buyurtmanomalar kelib tushishi sababli vujudga keladi. Likvid mablag‘larga bo‘lgan talabning vujudga kelishiga yana bir sabab, bankning boshqa kreditorlardan (boshqa bankdan yoki markaziy bank) olgan qarzlarini qaytarish bilan bog‘liq. Soliqlarni va aksiyadorlarga dividentlarni to‘lash ham yuqori likvidli aktivlarga bo‘lgan talabni o‘sishiga olib keladi. Bank likvid mablag‘larga bo‘lgan talabni qondirish uchun barcha salohiyatli taklif manbalarini jalb qiladi, ya’ni asosiy e’tiborni aholi va jismoniy shaxslarning mablag‘larini depozitlarga jalb qilishga qaratadi. Likvid mablag‘larga bo‘lgan umumiy talab uning umumiy taklifidan oshib ketsa, bank likvid mablag‘lar taqchilligiga tayyor turishi va qancha miqdorda, qancha muddatga qo‘shimcha likvid mablag‘lar olish masalasini hal qilishi zarur. O‘z navbatida, jami taklif jami talabdan oshib ketsa, bank rahbariyati likvid mablag‘larining ortiqchaligiga tayyor bo‘lishi va ushbu mablag‘larga bo‘lgan talabni qoplash uchun zarur bo‘lgunga qadar qaerga, qancha muddatga mablag‘ yo‘naltirish masalasini hal qilishi kerak bo‘ladi. Bankning likvid mablag‘larga bo‘lgan talabini rejalashtirishdagi birinchi vazifasi naqd pul mablag‘larini boshqarish hisoblanadi, ya’ni mijozlar talabini qondirish uchun etarli darajada naqd pul zaxiralarini a’minlashdan iboratdir. Lekin naqd pullar bankka daromad keltirmaydi, o‘z navbatida, bank rahbariyati naqd pulni minimal darajada ushlab turishi kerak bo‘ladi. Bu vazifani amalga oshirish bankning pul muomalasi bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim zimmasiga tushadi, ya’ni ushbu bo‘lim naqd pulning zaruriy minimal darajasini aniqlab, likvidlilikni boshqarish bo‘yicha amaliy ishlarni amalga oshirish uchun tavsiyalarni bank rahbariyatiga taqdim qiladi. Bank aktivlari, muddatlari bo‘yicha, uning passivlari tarkibiga to‘g‘ri kelishi kerak. Lekin bank bozor munosabatlarining barqaror bo‘lmasligi xataridan to‘la xolis emas. Bu erda bank rahbariyati oldida bank operatsiyalari daromadliligini likvidlilik chegaralari doirasidan chiqmagan holda ta’minlash muammosi paydo bo‘ladi. Lekin likvidlik chegarasi, aktivlar va passivlar muddatiga qat’iy rioya qilgan holda joylashtirilishi ham bank daromadini maksimal darajaga chiqarishga ayrim hollarda halaqit beradi. Hozirgi kunda, bank amaliyotining ko‘rsatishicha, talab qilib olinguncha depozitga qo‘yilgan mablag‘larning bir qismi tarkibiy xarakter kasb etmoqda, ya’ni uzoq muddat talab qilinmasdan saqlanmoqda. Bu esa talab qilib olinguncha resurslarni uzoq muddatli, yuqori daromad keltiruvchi aktivlarga joylashtirishga imkon beradi.
Bank aktivlarini xatarlilik darajalariga qarab turli guruhlarga, ya’ni tavakkalchiliksiz aktivlardan tortib, 100 foiz tavakkalchilikli guruhlarga ajratish mumkin. Ushbu guruhlarga ajratish natijasida, bank aktivlarining ma’lum bir qismi tavakkalchilikli aktivlar, ya’ni tavakkalchilikka asoslangan aktivlardan tashkil topadi. Tavakkalchilikka asoslangan aktivlar miqdoriga qarab bank aktivlari sifatiga baho berish mumkin bo‘ladi. Har bir tijorat banki o‘zining rivojlanish strategiyasidan va bank faoliyatining yirikligidan kelib chiqqan holda, likvidlilikni boshqarish strategiyalarini e’tiborga olib, o‘z faoliyatida qo‘llashi bankning likvidliligini ta’minlab turadi. SHuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, bank resurslari likvidliligining samaradorligini oshirish uchun, albatta, likvidlilikni boshqarishda aktiv va passivlarini shakllantirsa, bu maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Buning uchun, bankning aktivlarida daromad keltiruvchi va yuqori likvidlikka ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar salmog‘ini oshirib borilishi va qarz majburiyatlarini o‘ziga jalb qilgan holda passivlarni shakllantirsa, bank faoliyatida likvidlilik, daromadlilik va tavakkalchilik o‘rtasidagi eng optimal nisbaini saqlab turish imkoniyati kelib chiqadi. Aktiv va passivlarni diversifikatsiya qilish Bankning to‘lovga layoqatsizlik xatarini kamaytirib, likvidlikni boshqarish imkonini beradi. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish nazariyalarini atroflicha o‘rganib xulosa qilish mumkinki, barcha nazariyalar asosan xorijiy davlatlarda banklar amaliyotida vujudga kelgan. Tijorat banki aktiv va passivlari strukturasi uning daromad va xarajatlarini oldindan belgilab beradi va bu bilan uning rivojlanishini ham ko‘rsatadi. Aktiv va passivlarni boshqarishni iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashga yoki bankning boshqa maqsadlariga yo‘naltirilgan davriy kompleks chora-tadbirlar majmui deyish mumkin. O‘z navbatida, bu boshqaruv davri uchta fazani o‘z ichiga qamrab oladi. Ular: rejalashtirish (bank strategiyasini ishlab chiqish, biznes rejani ishlab chiqish, joriy rejalashtirish), amalga oshirish (har kunlik moliyaviy va kredit xizmatlarini ko‘rsatish) va nazorat (mavjud risklarni monitoring qilish va bank moliyaviy holatini tahlil qilish). Bankni samarali boshqarilishi aktiv va passivlarni boshqarish strategiyasini to‘g‘ri belgilanishiga bog‘liq. Hozirgi vaqtda bir qancha banklar aktiv va passivlarni boshqarish strategiyasi maxsus qo‘mitalar xulosalariga ko‘ra ishlab chikadilar (masalan, aktiv va passivlarni boshqarish qo‘mitasi). Bunday qo‘mitalarning foizlarni o‘zgarish riski strategiyasi ishlab chiqishini belgilaydi, balki qisqa va uzoq muddatli rejalashtirish, nolikvidlilik riskidan himoyalash choralarini ishlab chiqish, berilayotgan kreditlar sifatini nazorat qilish, resurslarni jalb qilish xarajatlarini optimalashtirish bilan ham shug‘ullanadi. Aktiv va passivlarni boshqarish qo‘mitasi faoliyati aktiv va passivlarni boshqarish strukturasiga asoslanadi. Tijorat banklarining passivlarini boshqarishda, xalqaro bank amaliyotida, «Bank passivlarini boshqarish» nazariyasidan keng foydalaniladi. Mazkur nazariyada asosiy e’tibor tijorat banklarining depozit bazasini yaxshilashga qaratiladi. Tijorat banklarining depozit bazasi o‘zining tarkibiga transaksion depozitlarni, muddatli depozitlarni va jamg‘arma depozitlarini oladi. Tijorat banklari depozit bazasining sifatini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri transaksion depozitlarning salmog‘i ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichni hisoblash uchun transaksion depozitlarning so‘mmasi depozitlarning umumiy so‘mmasiga bo‘linadi va olingan natija 100 foizga ko‘paytiriladi. Jahon Tiklash va Taraqqiyot banki ekspertlarining fikriga ko‘ra, bu ko‘rsatkichning maksimal darajasi 30 foizni tashkil etishi lozim. Agar bu ko‘rsatkichning natijasi 30 foizdan oshsa, u holda bankning resurs bazasining holati yomonlashayotgan hisoblanadi. Nazariy qarashlar va aktiv – passivlarning optimal balanslashtirilgan strukturasi asosida quyidagilar yotadi: Birinchidan, tijorat
banki aktiv
va passivlari strukturasini optimallashtirishdan maqsad bank daromadini oshirish va xarajatlarini kamaytirish hisoblanadi, ya’ni:
|
ma'muriyatiga murojaat qiling