Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi


   O‘zbekiston   Respublikasi   tijorat   banklarida   qo‘llaniladigan


Download 419.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/42
Sana09.01.2022
Hajmi419.37 Kb.
#260484
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42
Bog'liq
XOLDOROV SHERZOD OYBEK OGLI tijorat banklarida qollaniladigan kreditlash shakllari va ularni amalga oshirishtartibi

1.2.   O‘zbekiston   Respublikasi   tijorat   banklarida   qo‘llaniladigan

kreditlash  shakllari va usullari tavsifi

                 Fanda, umuman har bir sohada, xoh u ijtimoiy xoh ilmiy bo‘lsin uning

ajralmas   qismalridan   biri   undagi   ma’lum   bir   tushunchalarning   klassifikatsiya

qilinishidir.  Chunonchi  kreditlash  va kredit  berishdagi  bir biridan farq qiluvchi

yondashuvlar   va   metodlarning   mavjudligi   o‘laroq   “kreditlash   shakllari”,

“kreditlash   usullari”   kabi   kredit   berish   usullarini   anglatuvchi   tushunchalar

shakllangan   bank   sohasida.     Kredit       turlari   bilan         kreditlash       shakllarini

adashtirib    yubormaslik  lozim. Kreditning turi deganda uning ma’lum belgilariga

ko‘ra   o‘ta   aniqlikda   shakllantirilgan   tavsifi   tushuniladi.   Kreditning   muddatiga

ko‘ra,   obyektiga   ko‘ra,   qaysi   iqtisodiy   tarmoqqa   yo‘nalganligiga   ko‘ra,

ta’minlanganligiga ko‘ra va boshqa jihatlariga ko‘ra turlarini ajratish mumkin. Biz

bularga to‘xtalmaymiz va kreditlash shakllarini tavsiflashga o‘tamiz

Tijorat   banklarining   faoliyatida   kreditlashning   quyidagi   shakllari

qo‘llaniladi:

19



1.

i

Mijozni   alohida   ssuda   hisobraqamidan   bir   marotabali   kreditlash



shakli.

Ushbu   shakl   O‘zbekiston   Respublikasi   tijorat   banklari   faoliyatida

keng qo‘llaniladigan kreditlash shakli hisoblanadi.

Kreditlashning   ushbu   shaklida   mijozga   kredit   berish   to‘g‘risidagi

qaror   qabul   qilingandan   keyin   ssuda   hisobraqami   ochiladi   va   kredit   bir

marotabalik   to‘lov   shaklida   mol   yetkazib   beruvchi   yoki   xizmat   ko‘rsa-

tuvchiga tashlab beriladi.

Kreditning   maqsadlilik   prinsipi   mavjud   bo‘lganligi   sababli,   kredit

summasini   kredit   oluvchining   joriy   hisobraqamiga   tashlab   berishga   ruxsat

etilmaydi.

Mijozni   alohida   ssuda   hisobraqamidan   bir   marotabali   kreditlash

shaklining asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat:

- kreditdan   foydalanish   samaradorligi   ta’minlanmasligi   mumkin,

ya’ni   mol   yetkazib   beruvchi   tomonidan   tovar   o‘z   vaqtida   etkazilmay

qolishi mumkin, mijoz esa, kredit uchun foiz to‘layveradi;

- berilgan   kreditdan   foydalanilishi   ustidan   nazorat   qilishning   iloji

yo‘q.   Chunki   Kredit   summasi   to‘liq   mol   yetkazib   beruvchining   joriy   hisob

raqamiga tashlab beriladi.

          2. Mijozni kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlash shakli.

 

Kreditlashning ushbu shaklida mijozga kreditlash limiti ajratiladi va



ushbu   limitdan   foydalanish   davri   belgilanadi.   Shuningdek,   kreditning   foiz

stavkasi  va  mijozdan  undiriladigan  bir  marotabalik  komission  to‘lov  stavkasi

belgilanadi.

Mijozdan   qo‘shimcha   ravishda   undiriladigan   komission   to‘lov

20



kredit   liniyasi   ochish   yo‘li   bilan   kreditlashda   tijorat   banki   uchun

likvidlilik   riskining   mavjudligi   bilan   belgilanadi.   Chunki,   mijoz   talab

qilgan har qanday vaqtda bank kreditni chiqarib berishi shart.

Kredit liniyasining quyidagi turlari mavjud:

A)

 qayta tiklanadigan kredit liniyasi (revolver kredit deb ham ataladi) ;



B)

 qayta tiklanmaydigan kredit liniyasi;

V) bitimning ma’lum shartlariga asoslangan kredit liniyasi.

Iqtisodchi olim V.Usoskin o‘zining “Zamonaviy tijorat banki: operatsiyalari

va   boshqarish”   nomli   monografiyasida   tijorat   banklari   kreditlash   amaliyotining

asosiy jihatlarini tadqiq qilgan. U tadqiqot natijalariga asoslangan holda, bir qator

ilmiy xulosalarni shakllantirgan. Ana shunday muhim xulosalardan biri mijozni

bank   tomonidan   kredit   liniyasi   ochish   yo‘li   bilan   kreditlash   orqali   kredit   riski

darajasini sezilarli darajada pasaytirish mumkinligidir

13

. Uning fikriga ko‘ra, kredit



liniyasi orqali mijozni kreditlashda kompensatsion qoldiqdan foydalanish orqali

mijozni nisbatan past foiz stavkasida kreditlash mumkin. Bu esa, kredit riskini

kamayishiga, kreditni qaytish ehtimolini oshishiga olib keladi.

Tijorat   banki   va   mijoz   o‘rtasida   tuzilgan   bitimning   ma’lum   shart-

lariga   asoslangan   kredit   liniyasi,   odatda,   ma’lum   davrda   yetkazib   berila-

digan   tovarlar   haqini   to‘lash   hamda   ma’lum   davrda   amalga   oshiriladigan

xarajatlarni moliyalashtirishda qo‘llaniladi.

Kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlash shakli bir qancha afzallliklarga

ega, ular quyidagilar:

-

i



mijoz   har   safar   kredit   so‘rab   bankka   murojaat   qilish   zaruriyatidan

xolos bo‘ladi;

-

i

ajratilgan   kreditlash   limitining   faqat   foydalanilgan   qismi   uchun



foiz to‘lanadi;

13 


В.М   Усоскин.   Cовременный   комерческий   банк:   управление   и   операции.   –   Mосква:   Вазар   ферро

,

1994. – С.189.



21


          -

.

bank   ma’lum   davr   mobaynida   barqaror   foizli   daromad   oladi;



  -

.

tijorat   banki   kreditlash   shartnomalari   shartlarining   bajarilishi   ustidan



nazorat qilish imkoniga ega bo‘ladi.  Agar kredit shartnomasi shartlarining mijoz

tomonidan buzilishi yuz bersa, bank kredit liniyasini vaqtinchalik yopib qo‘yishi

mumkin. 

Bizning mamlakat bank amaliyotida xorijiy banklar kredit liniyalari orqali

mijozlarga kredit ajratish tajribasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 

Kreditlashning   keng   tarqalgan   shakllaridan   yana   biri  overdraft   krediti

hisoblanadi.   Kreditlashning   overdraft   shakli   ingliz   tilida   so‘zlashuvchi

mamlakatlarda   (Angliya,   Shotlandiya,   Irlandiya,   Uels,   Kanada)   yaxshi

rivojlangan.

  

Overdraft   krediti   doimiy   pul   tushumiga   ega   bo‘lgan   ishonchli



mijozlarga   beriladi   va   ular   faoliyatida   yuzaga   keladigan   qisqa   muddatli

pul mablag‘lari yetishmovchiligiga barham berish maqsadida beriladi.

Overdraft   krediti   mijozning   joriy   hisobraqamini   debetli   qoldig‘i

summasiga   beriladi.   Tijorat   banki   va   mijoz   o‘rtasida   tuzilgan   kredit

shartnomasiga   ko‘ra,   mijozga   bank   tomonidan   kreditlash   limiti   ajratiladi.

Mijozning   joriy   hisobraqamida   pul   mablag‘larining   yetishmaslik   holati   yuzaga

kelganda,   ya’ni   debetli   qoldiq   hosil   bo‘lganda,   bank   ajratilgan   limit   doirasida

overdraft krediti ajratadi.

Overdraft   kreditida   ssuda   hisobraqami   ochilmaydi.   Kompyuter

dasturi   berilgan   overdraft   kreditini   mijozlar   toifasi   bo‘yicha   avtomatik

ravishda hisobga oladi.

Overdraft   krediti   mijozning   joriy   hisobraqamiga   pul   kelib   tushishi

bilan avtomatik ravishda qoplanadi.

Overdraft   kreditining   foiz   stavkasi   muddatli   kreditlaming   foiz

stavkasidan   yuqori   boiadi.   Buning   sababi   shundaki,   overdraft   kreditlari

ta’minlanmagan kreditlar boiib, ulaming risk darajasi nisbatan yuqoridir.

22



Overdraft   kreditlarida   garov   ta’minotining   mavjud   emasligi

quyidagi sabablar bilan izohlanadi: 

- kredit   oluvchining   joriy   hisobraqamida   qachon   pul   mablag‘lari

etishmasligini oldindan bilish qiyin;

- kredit   oluvchining   joriy   hisobraqamida   qancha   miqdorda   pul

mablag‘lari yetmay qolishini oldindan bilib bo‘lmaydi.

Bizning   bank   amaliyotimizda   ushbu   kreditlash   shakli   mavjud   va   u

yaqinda   2017-yil   10-iyunda  Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan “Jismoniy

shaxslarga   bank   plastik   kartochkasi   orqali   overdraft   krediti   berish   tartibi

to‘g‘risida”gi   nizomga   asosan   amalga   oshiriladi.   Ko‘rinib  turganidek  hozircha

tijorat banklari   overdraft  kreditini faqat jismoniy shaxslarga taqdim etmoqdalar.

Kreditlashning   yana   bir   shakli   kontokorrent   bo‘lib   nemis   tilida

so‘zlashuvchi   mamlakatlarda   (Germaniya,   Avstriya,   Shveytsariya)   yaxshi

rivojlangan.

Kreditlashning   kontokorrent   shaklida   mijozning   joriy   hisobi

yopiladi va uning o‘miga kontokorrent hisobraqami ochiladi.

Kredit   olgan   mijozning   faoliyatidan   keladigan   barcha   tushumlar

kontokorrent   hisobraqamining   kreditida   aks   etadi,   uning   majburiyatlari

yuzasidan   barcha   to‘lovlari   kontokorrent   hisobraqamining   debetida   aks

etadi.


Kontokorrent   kreditida   mijozga   kreditlash   limiti   ajratiladi   kontokorrent

hisobraqamining   debetli   qoldig‘i   summasiga   beriladi   vakrediti   kontokorrent

hisobraqamiga pul mablag‘lari kelib tushishi bilan avtomatik ravishda qoplanadi.

Kontokorrent   krediti   kredit   to‘lo‘viga   layoqatliligi   bo‘yicha   birinchi

toifaga   mansub   bo‘lgan   mijozlarga   garovsiz   beriladi.   Buning   sababi

shundaki,   kontokorrent   risk   darajasi   yuqori   bo‘lgan   kreditlash   shakli

hisoblanadi.

23



Kontokorrent   kreditining   debetli   qoldig‘i   uchun   mijoz   bankka,

uning   kreditli   qoldig‘i   uchun   bank   mijozga   foiz   to‘laydi.   Bunda   mijoz

bankka   kredit   uchun   foiz   to‘laydi,   bank   esa.   mijozga   talab   qilib   olinadigan

depozit   hisobraqamlari   qoldig‘iga   to‘lanadigan   foiz   darajasida   (0,5-1,0%)

foiz to‘laydi.

Shunisi   ahamiyatliki,   kontokorrent   krediti   qaytarilmaydigan

moliyalashga   aylanib   qolmasligi   lozim.   Shu   sababli,   kreditlashning   ushbu

shaklida   kredit   riskini   chuqurlashishiga   yo‘1   qo‘ymaslik   maqsadida

quyidagi choralar qo‘llaniladi:

 mijozning   pul   mablag‘lariga   bo‘lgan   ehtiyojini   80-90   foizi   o‘z

kapitali hisobidan qoplanishi lozim;

 kontokorrent   krediti   bo‘yicha   qarzdorlikni   keyingi   oyga   o‘tishiga

yo‘l   qo‘ymaslik   lozim.   Buning   uchun   mijozga   har   oyning   so‘nggi   ish

kunida   kontokorrent   hisobarqamining   kreditli   qoldig‘ini   ta’minlash   sharti

qo‘yilishi lozim.

Kontokorrent   krediti   odatda   mijozning   joriy   ishlab   chiqarish

faoliyati   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   xarajatlarni   qoplashga   mo‘lljallangan.

Ammo   amaliyotda   kontokorrent   kreditidan   uzoq   muddatil   investitsion

loyihalar   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   ayrim   xarajatlarni   qisqa   muddatli

moliyalashtirishda   ham   foydalaniladi.   Ushbu   maqsadlarga   berilgan

kontokorrent   krediti   uzoq   muddatli   kredit   berilishi   bilan   so‘ndiriladi

.  


Mamlakatimiz   bank   amaliyotida   kreditlashning   kontokorrent   shaklidan

foydanilmaydi, shuning uchun huquqiy asosi ham mavjud emas.

Kreditlashning keng tarqalgan shakllaridan yana biri faktoring bo‘lib, bu

kreditlash shaklida tovar hujjatlari yoki tijorat veksellari tijorat banki tomonidan

diskont   stavkasi   bo‘yicha   regress   huquqi   bilan   yoki   regress   huquqisiz   mol

yetkazib beruvchidan sotib olinadi.

Tovar   hujjatlari   yoki   tijorat   veksellari   regress   huquqi   bo‘yicha   sotib

24



olinganda,   agar   sotib   oluvchi   to‘lovga   noqobil   bo‘lib   qolsa,   tijorat

bankida   to‘lab   berilgan   summani   mol   yetkazib   beravchidan   undirish

huquqi   saqlanib   qoladi.   Ko‘rinib   turganidek   regress   huquqi   tijorat   banklari

manfaati   uchun   ayni   muddao   hisoblanadi   va   banklar   uchun   faktoring

operatsiyalari riskini kamaytiradi. Regress huquqisizda esa buning aksi.

Faktoring   mol   yetkazib   beruvchi   va   xizmat   ko‘rsatuvchilarga   bir   qator

afzalliklari mavjud, u lahzali likvidlilikni ta’minlaydi, ya’ni biror majburiyatni

bajarish vaqti kelsayu, mablag‘ yetarli bo‘lmasa debitorlik qarzini sotish orqali

muddatidan   oldin   mablag‘ni   olish   mumkin,   va   faktoring   biznes   faoliyatining

uzliksizligini ta’minlaydi.

14

Faktoring kreditlash shaklida kreditning foizidan tashqari, faktoring xizmati



ko‘rsatganligi uchun mijozdan qo‘shimcha komission to‘lov undiriladi.

«Xalqaro   faktoring   to‘g‘risida»gi   xalqaro   konventsiyaga   (UNIDRUA)

asosan   operatsiya   faktoring   operatsiyasi   sifatida   tan   olinishi   uchun   quyidagi

4 talabdan kamida 2 tasi bajarilishi lozim:

1.

Qarz   majburiyatlarini   oldindan   to‘lash   shaklidagi   kreditlashning



mavjudligi.

2.

 Mol yetkazib beruvchining buxgalteriya hisobini yuritish.



3. Mol   yetkazib   beruvchining   debitor   qarzdorligini   inkassatsiya

qilish.


4.Mol yetkazib beruvchini kredit riskidan sug‘artalashning mavjudligi.

Mamlakatimizda   faktoring   kreditining   huquqiy   asoslari   yaratilgan   ular:

“Fuqarolik   kodeksi”ning   313-323,   749-758   moddalari   va   Markaziy   bank

boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan  va Adliya vazirligidan 2000-yil 3-avgustda

953-son   bilan   ro‘yxatdan   o‘tgan   “O‘zbekiston   Respublikasi   hududida   tijorat

14

.



J.Velentzasa, N.Kartalisb, G.Bronic. The Factoring and forfaiting contract as contemporary types of finance.

Especially the Greek  regulations //

 Journal of  Procedia  Economics and Finance. May 2013, pages

757 – 762 https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S2212567113000889

25



banklari tomonidan faktoring operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi

nizomi hisoblanadi.

Kreditlashning yuqorida faktoring shakliga o‘xshash shakllaridan biri bu

forfeyting   hsoblanadi.   Kreditlashning   forfeyting   shaklida   uzatma   tijorat

veksellari, ya'ni trattalar tijorat banki tomonidan, diskont stavkasi bo‘yicha, mol

yetkazib   beruvchidan   regress huquqisiz   sotib  olinadi.  Forfeyting  mol  yetkazib

beruvchini kreditlash shakli hisoblanadi.

Forfeyting   kreditlari   tijorat   bankiga   diskont   stavkasi   ko‘rinishida

daromad   keltiradi.   Ammo   forfeyting   kreditlarining   risk   darajasi   yuqoridir.

Agar   sotib   oluvchi   to‘lovga   noqobil   bo‘lib   qolsa,   zarar   to‘liq   tijorat

bankining   zimmasida   qoladi.   Chunki,   tijorat   bankida   mol   yetkazib

beruvchidan   toiovni   undirish   huquqi   boimaydi.   Shu   sababli,   sotib

oluvchining   to‘lovga   qobilligini   tahlil   qilish   va   baholash   kreditlashning

forfeyting   shaklidagi   kredit   riski   darajasini   pasaytirishning   asosiy

yo‘nalishi hisoblanadi.

Forfeyting   kreditlari   mol   yetkazib   beruvchilarning   pul   mablag‘lariga

bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini beradi.

O‘zbekiston   Respublikasi   bank   amaliyotida   kreditlashning   forfey-

ting   shakli   mavjud   emas.   Buning   asosiy   sababi   —   trattalar   muomalasining

mavjud emasligidir. 

Yirik   investitsion   loyihalar,   ya‘ni   umumiy   qiymati   tijorat   banklarining

birinchi   darajali   kapitalining   25   foizidan   oshadigan   investitsiya   loyihalarini

kreditlashda   bir   necha   yirik   banklar   ishtirok  etishi   mumkin.   Bir   necha   banklar

tomonidan   yirik   investitsiya   loyihalarini   birgalikda   kreditlash   shakli   esa

sinditsiyalashtirilgan kredit deyiladi. Bunday yirik loyihani moliyalashtirish uchun

ikki yoki undan ortiq banklar o‘rtasida o‘zaro kelishadi va bank sindikatini tashkil

qilishadi. Sinditsiyalashtirilgan kreditlar qaytarishlik, to‘lovlilik, ta‘minlanganlik,

26



muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida kredit shartnoma bo‘yicha

faqat yuridik shaxslarga beriladi.

O‘zbekiston   Respublikasida   tijorat   banklari   tomonidan   sinditsiyali

kreditlashni   amalga   oshirish   O‘zbekiston   Respublikasi   Markaziy

bankining   2005-yil   16-iyuldagi   613-sonli   “Tijorat   banklari   tomonidan

yirik   investitsiya   loyihalarini   sinditsiyalashtirilgan   kreditlashni   amalga

oshirish   tartibi   to‘g‘risida”gi   yo‘riqnomasi   asosida   amalga   oshiriladi.   Mazkur

Yo‘riqnoma   O‘zbekiston   Respublikasi  Adliya   vazirligida   2005-yil   20-avgustda

1509-raqam bilan ro‘yxatga olingan.

Sinditsiyalashtirilgan   kredit   berish   muddati,   foiz   stavkasi   miqdori   yirik

investitsiya loyihalarining qoplanish muddatiga, tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga

asosan   kredit   shartnomasida   belgilanadi.   Zarar   bilan   ishlaydigan,   nolikvid

bo‘lgan,   samarasiz   investitsiya   loyihalarini  taqdim   qilgan   mijozlarga

sinditsiyalashtirilgan   kreditlar   berilmaydi.

15

  Bu   kredit   turiga   amaliy   jihatdan



keying bobda batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz

Mamlakatimiz   tijorat   banklari   tomonidan   keng   qo‘llaniladigan   kredit

shakllari sifatida  

 

jismoiiy shaxslarga (iste'molchiga) uning iste'mol ehtiyojlarini



qondirish   maqsadida   tovarlar   (ishlar,   xizmatlar)   sotib   olish   uchun   beriladigan

iste’mol   kreditini,   (bu   kreditning   huquqiy   asosi  2005-yil   22-dekabrda   qabul

qilingan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi qonun hisoblanadi) ob’ekti ko‘chmas mulk

hisoblangan   ipoteka   krediti   (huquqiy   asosi   2006-yil   28-iyunda   qabul   qilingan

“Ipoteka to‘g‘risida”gi qonun hisoblanadi) va oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt

shartnomasi   asosida   tahsil   oluvchi   talabalarga   taqdim   etiluvchi   ta’lim   kreditini

(Vazirlar  Mahkamasining   2001-y  26-iyuldagi  318-sonli   qaroriga  muvofiq   qabul

qilinngan  “Oliy o‘quv  yurtlarida  to‘lov-kontrakt asosida  o‘qish u chun  ta’lim 

kreditlari berish to‘g‘risida”gi nizomiga asosan tartibga solinadi) aytish mumkin.

Kreditlash shakllarga raqamlarda keyingi bobda to‘xtalamiz

  

15 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2005-yil 16-iyuldagi 613-sonli «Tijorat banklari tomonidan



yirik investitsiya loyihalarini sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomi

27




Download 419.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling