Tadqiqotning maqsadi – Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida
tijorat banklarining kreditlash amaliyoti hamda ular qo‘llaydigan kreditlash
shakllarini har tomonlama tahlil qilgan holda mamlakatimizning iqtisodiy va bank
tizimi imkoniyatlaridan kelib chiqib ularni takomillashtirish borasidagi tavsiyalarni
ishlab chiqish hisoblanadi.
Tadqiqotning vazifalari sifatida quyidagilar belgilab olindi:
− O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari kreditlash amaliyoti va ular
qo‘llaydigan kreditlash shakllarini nazariy va huquqiy jihatlarini inobatga olgan
holda yoritish;
− Jahonning ayrim rivojlangan mamlakatlari bank tizimida qo‘llaniladigan
kreditlash amaliyoti tajribasini o‘rgangan holda ulardagi ilg‘or jihatlarni
O‘zbekiston bank tizimiga tadbiq etish imkoniyatlarini o‘rganish;
− to‘plangan ma’lumotlar asosida tahlil o‘tkazish;
− O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari kreditlash amaliyoti va ular
qo‘llaydigan kreditlash shakllarining amaldagi holatini tahlil qilgan holda mavjud
kamchilik va muammolarni aniqlash;
−
g
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari kreditlash amaliyotini
rivojlantirish borasida tavsiyalar ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |