Тошкент молия институти “кредит-иқтисод”факультети


II  BOB.  TIJORAT  BANKLARINI  KORPORATIV  BOSHQARISH  VA


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/34
Sana08.01.2022
Hajmi1 Mb.
#252993
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
Bog'liq
bank tizimida korporativ boshqaruvini rivozhlantirish

II  BOB.  TIJORAT  BANKLARINI  KORPORATIV  BOSHQARISH  VA 

UNING  BANKLAR  FAOLIYATI  BARQARORLIGIGA  TA’SIRINING 

AMALDAGI HOLATI TAHLILI  

2.1.   Banklarda  korporativ  boshqarish  samaradorligiga  ta’sir  etuvchi 

omillar 

Jahonda    yuz  berayotgan  iqtisodiy  o‘zgarishlar,  avvalambor  moliyaviy 

sektorga, jumladan, banklar faoliyatida ham o‘z aksini topmoqda. Bu o‘z navbatida 

doimiy  tarzda  bank  sektorida  aktivlarni  konsolidatsiyalash  jarayoni  va  jahon 

bozoriga  kirish  imkoniyatlarini  qidirish  ishtirokchilarga  korporativ  boshqaruv 

amaliyotini  rivojlantirish kerakligini uqtiradi.  Xalqaro  moliya  korporatsiyasi bank 

sektorida korporativ boshqaruv me’yorlarining qo‘llanishidagi ilobiy o‘zgarishlarni 

ko‘rsatuvchi tajriba o‘tkazdi. 

Moliyaviy  bozorlarda  ijobiy  o‘zgarishlar  korporativ  boshqaruv  tizimining 

barcha komponentlariga ta’sir ko‘rsatadi: 

- korporativ boshqaruv tamoyillariga rioya qilish;  

- direktorlik kengashi ishlari amaliyoti; 

- axborotning shaffofligi va ochiqligi; 

- ichki nazorat va risklarni boshqarish. 

Xorij  kapitali  ishtirokidagi  banklarda  va  aksiyalari  birjalarda  kotirovka 

qilinadigan  banklarda  korporativ  boshqaruv  darajasi  oshib  bormoqda.  Korporativ 

boshqaruvning  yaxshilanishi  banklarning  kapital  bazasiga,  jahon  moliya 

bozoridagi  faoliyatiga  ta’sir  ko‘rsatmoqda.  Bundan  tashqari,  banklar  muntazam 

ravishda xorij investorlarini jalb qilish bilan shug‘ullanmoqda.  

Samarali  korporativ  boshqaruv  amaliyoti  bank  tizimiga    jamiyatning 

ishonchini  oshirishda  ularning  qo‘llab-quvvatlashiga  erishishi  uchun  muhim 

hisoblanadi.  Kuchsiz  korporativ  boshqaruv  alohida  banklarning  muammolarining 

yomonlashuviga  olib  keladi.  Masalan,bank  molk-mulkiga  bo‘lgan  bozor 

ishonchining yo‘qolishiga olib keladi, bu o‘z navbatida likvidlilik inqirozini targ‘ib 

qiladi  hamda  ommaviy  makroiqtisodiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  Markaziy  bank  turli 

nazorat  vositalariga  ega.  Bank  qonunchiligiga  o‘zgartirish  kiritish  Rossiya 




39 

 

Federatsiyasi  Moliya  vazirligining  vazifasi  hisoblanadi.  Bank  kredit  riskidan 



qochish  uchun  kerakli  choralarni  ko‘radi.  Bank  ularga  rioya  qilishi  kerak,  aks 

holda  sanksiyalarga  duch  keladi.  Bu  zamonaviy  bank  biznesi  mohiyatini  ochib 

beruvchi tavsiyanoma ham bo‘lishi mumkin. Bu hujjatlar yuridik kuchga ega emas 

va amal qilish majburiy hisoblanmaydi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  banklardan  aniq  bir  hujjatlari 

to‘plamini talab qiladi. Ularga quyidagilar kiradi: ustav kapitali, bank kengashi va 

boshqaruv  kengashining  holati,  ichki  nazorat  tizimi,ichki  nazorat  departamenti 

hamda  risklarni  boshqarish  siyosati.  Banklar  o‘z  operatsiyalarini  bajarishda  va 

ichki  me’yoriy  hujjatlarini  yuritishda  erkin  hisoblanadi.  Xalqaro  moliyaviy 

korporatsiyalarda  olib  borilgan  izlanishlar  shuni  ko‘rsatdiki,  banklar  korporativ 

boshqaruvida qo‘shimcha ichki hujjatlar kiritishga unchalik xohishsiz qaraydilar.  

Masalan,  faqatgina  56%  banklar  ma’lumotlarni  ochish  bo‘yicha  nizom 

ishlab 

chiqqan 


yoki 

o‘zlarining  korporativ  boshqaruvlarini  korporativ 

boshqaruvning  alohida  olingan  kodeksi  asosida  yuritadilar.  Korporativ 

daromadlarni reinvestitsiyalash tajribasini hisobga olgan holda, shuni aytish joizki, 

faqatgina  34%  banklargina  dividentlarni  taqsimlashda  maxsus  nizomdan 

foydalanadi. Faqat 31% bank respondentlari audit qo‘mitasi nizomi mavjud va bu 

nizom shu qo‘mitaning faoliyatini nazorat qiladi. 

So‘nggi  yillar  mobaynida  O‘zbekiston  banklari  korporativ  boshqaruv 

sohasida  alohida  yutuqlarga  erishdi.  Kredit    tashkilotlari    Markaziy  bank 

tomonidan  olg‘a  surilgan  tijoratbanklarida  korporativ  boshqaruv  darajasida 

oshirishga  qaratilgan  tashabbusga  e’tibor  qaratishmoqda.  Xalqaro  moliya 

korporatsiyasi 

izlanishlari 

korporativ 

boshqaruvning 

barcha 


sohalarida 

yaxshilanish  bo‘layotganininini  ko‘rsatdi.  Bu  sohalarga  quyidagilar  misol  bo‘la 

oladi:  

- Bank kengashi faoliyati;  

- axborotlar oshkoraligi va shaffofligi; 

- risklarni boshqarish va ichki nazorat. 




40 

 

Korporativ  boshqaruv  oldingiga  qaraganda  yuqoriroq  darajada,  lekin  hali 



xanuz mukammal emas. Yaxshi me’yoriy baza yaratilgan va endi banklar xalqaro 

standartlarga  javob  berish  imkoniyatiga  ega.  Shu  bilan  birga  banklar  mavjud 

boshqa  korporatsiyalar  hamda  dunyoning  boshqa  banklaridagi  kabi  korporativ 

boshqaruv darajasiga eta olgani yo‘q. Korporativ strukturaga, mol-mulk egalari va 

moliyaviy  natijalar  strukturasiga  tegishli  bo‘lgan  axborotni  e’lon  qilish  bilan 

bog‘liq  bir  qator  muammolarni  hal  qilish  zarur.  Kuzatuv  kengashiga  keladigan 

bo‘lsak,    strukturani  yangilash  hamda  kengashning  faoliyatidagi  rolini  oshirish 

zarur. 


Bank  Kengashi  a’zolari  qo‘shimcha  axborot  olish,  asosiy  boshqaruv 

personali  bilan  aloqada  bo‘lish  va  zaruriyat  bo‘lganda,  tashqi  tashkilotlarga 

konsultatsiya  uchun  murojaat  qilish  imkoniyatiga  ega  bo‘lishi  kerak.  Direktorlar 

kengashi  a’zolari  shaxsan  majlislarda  ishtirok  etish  uchun  vaqt  ajratishlari  shart. 

Rossiya  banklarning  1/3  qismi  bir  oyga  bir  martadan  kam  direktorlar  kengashi 

yig‘ilishlarini  o‘tkazadilar.    Banklarda    Direktorlar  kengashi  tomonidan  bir  qator 

vazifalar  hal  qilinadi.  Ular  o‘z  vaklolatlari  doirasida  bir  oyda  kamida  bir  marta 

yig‘ilishlari,  bank  faoliyatida  favqulodda  vaziyatlarning  yuzaga  kelishi  natijasida 

bir necha marotaba yig‘ilishlari ham mumkin.

 

 




Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling