Тошкент молия институти “кредит-иқтисод”факультети
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
bank tizimida korporativ boshqaruvini rivozhlantirish
III BOB
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BANKLAR FAOLIYATINI KORPORATIV BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI................. 53-70
3.1.
O‘zbekistonda korporativ boshqarishni rivojlantirish bosqichlari va xorij tajribasi ............................................................................ 53-63 3.2.
Tijorat banklarida korporativ boshqarish samaradorligini oshirish yo‘llari.............................................................................. 64-70
71-73 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI................ 74-79 ILOVALAR 80-81
4
KIRISH Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438 sonli “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi hamda 2015 yil 6 maydagi PQ-2344 sonli “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda mamlakatimizdagi mavjud milliy korporativ boshqaruv mehanizmi shakllanishini takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Bu esa, korporativ boshqaruv tushunchasini chuqur ilmiy-uslubiy jihatdan uning mazmun-mohiyatini milliy xususiyatlarni inobatga olgan holda kengroq yoritish hamda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish zarurligini anglatadi. O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mamlakatda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyatqurishga qaratilgan bo‘lib, ularning asosiy mahsullaridan biri tez sur’atlarda rivojlanayotgan turli mulkchilik shakliga asoslangan aksiyadorlikva ulush-paychilik shakllaridagi korxonalar hisoblanadi. Ularning samarali faoliyat yuritishi ko‘p jihatdan korporativ munosabatlar tizimi rivojlanishiga bevosita bog‘liqligi sababli hozirda aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv asoslarini tadqiq etish muhim ahamiyatgaega.Jahon kapital bozori imkoniyatlaridan faqat investorlarning mutlaq ishonchini qozongan kompaniyagina foydalanishi mumkin bo‘lib, unga erishishning yagona yo‘li korporativ boshqaruvning zamonaviy mexanizmini amaliyotga joriy qilishdir. Aksiyadorlik jamiyatlari kapital jalb qilishining yana bir omili milliy qimmatli qog‘ozlar bozorining investorlari uchun qulay shakllanganligidir. Bu ikki omil boshqa omillarbilan birga mamlakatda alohida muhit – investitsiya iqlimini vujudgakeltiradi. Hozirgi paytda, shu sababli har qanday davlat iqtisodiyotining jahon tovar va kapital bozorida uyg‘unlashuvi 5
hamda raqobatbardoshligining oshib borishida ushbu omillar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, korporativ boshqaruv tizimidagi prinsip va yondashuvlarni tubdano‘zgartirish, ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va investitsiya jarayonlariga zamonaviyxalqaro korporativ menejment standartlarini joriy etish jiddiy e’tiborni talabqiladi 1 . Demak, davlatimiz rahbari tomonidan samarali korporativ boshqaruv tiziminining qaratilishi bejiz emas. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida samarali faoliyatyuritishning korporativ boshqaruv modeli
va mexanizmi aksiyadorlikjamiyatlariga investitsiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarishnimodernizatsiyalash, barqaror industrial va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash kabimuammolar echimini taminlashi mumkin
2 . Bu muammolarning samarali echimikompaniyalarning moliya bozoridagi raqobatbardoshliligi va xavfsizligi,barqarorligi hamda investorlar uchun jalb etuvchanligi va risksizlikdarajasini ta’minlash bilan uzviy bog‘liq. Binobarin, PrezidentimizI.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, “... mamlakatimizdagi deyarli barcha ishlabchiqarish obektlari aksiyadorlik kompaniyalari prinsipi bo‘yicha tashkiletilgan, ammo ular o‘z maqomiga qay darajada mos holda faoliyat yuritmoqda vao‘z huquqlaridan qanday foydalanmoqda, degan savolni o‘zimizga beribko‘raylik. Aksiyadorlik kompaniyalari o‘zlarining bozor munosabatlariga mosmaqomiga muvofiq faoliyat yuritishi uchun yana qanday mexanizmlarni harakatga keltirish zarur?” Shuni inobatga olgan holda “... Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Qonunni tanqidiy qayta ko‘rib, yangi tahrirda ishlab chiqish va qabul qilish hamda unda korporativ
1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiyrivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarigabag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi "2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarniamalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk vaxususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish – ustuvor vazifamizdir" nomli ma’ruzasi. 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 14 martdagi “Ishlab chiqarishnimodernizatsiyalashtirish,texnik va texnologik qayta jihozlashtirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”PF-114 sonli Farmoni; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2006 yil 27 sentyabrdagi“Qimmatliqog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-475 sonli Qarori. .
6
boshqaruv va nazorat organlarining vakolatlari, huquqlari va javobgarligini yanada aniq belgilash lozim. Ushbu qonundagi aksiyadorlik jamiyatlarining Kuzatuvchilar kengashlari, umumiy yig‘ilishlari, taftish komissiyalarining roli va ahamiyatini oshirish, minoritar, ya’ni qo‘lida aksiyasi kam bo‘lgan aksiyadorlarning kafolatlarini ko‘proq ta’minlash, barcha aksiyadorlarni va bo‘lajak investorlarning aksiyadorlik kompaniyalari faoliyati to‘g‘risida axborot olish imkoniyatlarini kengaytirish ...” 3 kabi vazifalarni qo‘ymoqdalar. Bu esa, bizga korporativ boshqaruv tushunchasini chuqur ilmiy-uslubiy jihatdan tadqiq etish va uning mazmun-mohiyatini milliy xususiyatlarni inobatga olgan holda kengroq yoritish hamda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini samarali tashkil
etish va
takomillashtirishni zaruratga aylantirdi. 2015 yilda korporativ boshqaruv tizimidagi prinsip va yondashuvlarni tubdan o‘zgartirishimiz uning haqiqiy bozor xususiyatlariga ega bo‘lishini ta’minlash va konservativ qarashlardan xalos bo‘lishida katta hissa bo‘ldi. Barcha aksiyadorlik jamiyatlarining faoliyati to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazildi, natijada 462 ta jamiyatni yoki ularning 43 foizini tugatish yoki boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga o‘zgartirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi. 4
Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling