Тошкент молия институти “кредит-иқтисод”факультети


Bitiruv malakaviy ishining amaliy axamiyati


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/34
Sana08.01.2022
Hajmi1 Mb.
#252993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
bank tizimida korporativ boshqaruvini rivozhlantirish

Bitiruv malakaviy ishining amaliy axamiyati shundan iboratki, ushbu ishda 

keltirilgan  xulosalar  respublika  tijorat  banklarida  korporativ  boshqaruv  nazariyasi 

va amaliyotini yanada rivojlantirishga asos bo‘lib xizmat kilishi mumkin. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  tarkibi  kirish  kismi,  uchta  bob,  xulosa  va 

adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

       I  BOB.  TIJORAT  BANKLARI  FAOLIYATINI  KORPORATIV 



BOSHQARISH  VA  UNI  TASHKIL  ETISHNING  IQTISODIY-XUQUQIY 

ASOSLARI 

1.1.  Banklar  faoliyatini  koraporativ  boshqarish  tushunchasi  va  uni  yuzaga 

kelish sabablari 

Korporativ  boshqaruvni  shakllanish  tarixi  o‘rta  asrlar  va  xatto  undan  ham 

avvalroq ,bo‘lgan davrlarda boshlangan deyish mumkin. Jahonda birinchi aksiyalar 

1553  yilda  Moskva  davlati  bilan  savdo  munosabatlarida  bo‘lgan  savdogarlar 

birlashmasi  “Moskva–Angliya  kompaniyasi”  tomonidan  chiqarilgan.Ular  o‘ta  tez 

sezilarli  ustuvorlikka  ega  bo‘la  boshladilar:  bojsiz  savdo  qilish  rus  xududlarida 

savdo  tarmoqlari  yaratish  xatto  biznesda  Angilya  pullaridan  foydalanish  kabi 

xuquqlarni qo‘lga kiritdilar. Angliya hukumati o‘z tomonidan Moskva davlati bilan 

birga  kompaniyalarni  savdoning  monopol  xuquqi  bilan  ta’minladi.XVIII  asrning 

o‘rtalarida  deyarli  hamma  chet  el  savdogarlari  Moskva  kompaniyalari  orqali 

Rossiya  bilan  savdo  qildilar.  Kompaniyalarning  monopol  holati  ularning  boyib 

ketishiga  olib  keldi.  Bu  rus  savdogarlari  asta-sekin  kambag‘allasha  boshlagan 

davrlar  edi.  Natijada  shox  Aleksey  Mixaylovich  Qirol  Karlning  o‘ldirilishi  bilan 

bog‘liq siyosiy xolatdan foydalanib kompaniyalarning hamma  a’zolariga Moskva 

davlatini  tark  etish  buyurdi.  Shu  tariqa,  jahonda  birinchi  aksionerlik  jamyati 

yaratishning  sababi,  birinchi  navbatda  Rossiya  va  Angliya  orasidagi  siyosiy 

munosabatlarni  yo‘lga  qo‘yishning  eng  yaxshi  vositalarini  qidirish  muammolari 

paydo  bo‘ldi.  Shunday  qilib,  korporativ  boshqaruv  siyosatning  asiri(qurboni)ga 

aylandi. 

Korparativ  boshqaruvning  rivojlanishiga  Evropa  mamlakatlarida  paydo 

bo‘lgan  va  Ost-Indiya  bilan  savdo  operatsiyalari  bilan  shug‘ullangan  kolonial 

kompaniyalar  jiddiy  ta’sir  o‘tkazdi.  1599-1600  yillarda  “Angliya  Ost-Indiya” 

kompaniyalari  yaratildi,  1602  yilda  esa  “Gollandiya  Ost–Indiya”  kompaniyalari 

amal qilish muddati bo‘lgan aksiyalar chiqarish xaqida e’lon qildi. O‘sha paytda bu 

savdo ekspedidsiyalari tashkil etish uchun kapital jalb etishning eng  g‘aroyib usuli 

edi.Obunachi  yoki  hozirgi  zamon  tili  bilan  aytganda,kompaniya  aksioneri 

vznos(bo‘nak)  kiritgan  va  u  ekspeditsiya  foydasidan  mos  keluvchi  ulush  omilini 



 

tasdiqlovchi guvoxnoma olgan. Eng yaxshi yillarda qo‘yilgan kapitalga dividendlar 



300%gacha  etgan.Tez  orada  shunga  o‘xshash  kompaniyalar  Germaniya  va 

Fransiyada ham tashkil topgan. 

Shuni 

alohida 


qayd 

etish 


lozimki, 

keyingi 


yillarda 

iqtisodiyotnimodernizatsiyalash 

sharoitida 

aksiyadorlik 

jamiyatlarida 

korporativboshqaruvning 

tashkiliy-iqtisodiy 

va 


ijtimoiy-huquqiy 

mexanizmlarinirivojlantirish  bo‘yicha  ilmiy-amaliy  tadqiqotlar  olib  borish 

etarlidarajada 

emasligi 

namoyon 

bo‘lmoqda.  Hozirgacha  xorijiy  va 

mamlakatimizolimlari 

tomonidan 

aksiyadorlik 

jamiyatlari 

va 

korporativ 



boshqaruvningiqtisodiy,  ijtimoiy,  huquqiy,  moliyaviy  jihatlari  ilmiy  va 

amaliytadqiqotlarda 

o‘z 

ifodasini 



topmoqda. 

Jumladan, 

“korporativ 

boshqaruv”tushunchasiningilmiy 

nazariy 

tahliliga 

bog‘liq 

quyidagi 

ta’riflarnikeltirishimiz mumkin. 

Izohli  lug‘atdagi  ta’rif:  Keng  ma’nodagi  korporativ  boshqaruv  –  bu 

korporatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlari o‘rtasida, individual, guruhiy va 

ijtimoiy  manfaatlar  o‘rtasida  muvozanat  o‘rnatish  jarayonidir.  Boshqacha 

aytganda,  bu  kooperatsiyalashgan  xo‘jalik  birliklarining  (tashqi,  xususan,  davlat 

organlarini  qo‘shgan  holda)  manfaatlarini  uyg‘unlashtirish  maqsadida  ular 

o‘rtasidagi boshqaruv munosabatlari tizimini shakllantirishdir

5



Xrabrova  I.Aning  fikricha  “Korporativ  boshqaruv–e’tirof  etilgan  maqsaddan 

kelib  chiqib,  biznesni  tashkiliy-huquqiy  rasmiylashtirish,  tashkiliy  tuzilmani 

optimallashtirish  hamda  kompaniyaning  ichki  munosabatlarini  yaratishdir”

6



Karnauxov  S.  o‘z  ilmiy  izlanishlarida  korporativ  boshqaruvga  quyidagicha  ta’rif 

beradi:“Korporativ  boshqaruv  -  ma’lum  strategik  samaralar  yig‘indisidir”

7



O‘zbekistonlik  iqtisodchilar  tomonidan  ham  korporativ  boshqaruvga  bir  qator 



ta’riflar berilgan. Jumladan, ZaynutdinovSH, Raximova D.lar tomonidan berilgan 

                                                           

5

Толковые словарь. Образовательный ресурс. 



http://www.edudic.ru/biz/10526/

 

6



Храброва И.А. Корпоративное управление: вопросы интеграции. – М.:2000. –198 с. 

7

Карнаухов С. Эффективность корпоративных структур// Риск. – М.:2004. - №1-2, – 4 с. 




10 

 

ta’rifga  asosan:  “Korporativ  boshqaruv  – manfaatdor  shaxslarning  daromad  olish 



maqsadida birgalikdagi harakatlaridir”

8



Xamidulin  M:  Korporativ  boshqaruv-  “...korporatsiya  mulkdorlarining 

korporatsiya  kapitalini  shakllantirishga,  undan  foyda  olish  maqsadida  yanada 

samarali  foydalanishga  hamda  olingan  daromadlarni  korporativ  munosabatlarning 

barcha  ishtirokchilari  o‘rtasida  adolatli  taqsimlashga  qaratilgan  strategik  muhim 

qarorlarni  belgilash,  ta’riflash  va  qabul  qilishga  doimiy  va  real  ta’sirini 

ta’minlashdagi ongli, bevosita ishtirokidir”

9



Iqtisodchi olim  Berkinov B. O‘z fikrini quyidagicha bayon etadi: “Korporativ 



boshqaruv  tizimi  –  bu  murakkab,  tez  o‘zgaruvchan  mexanizmbo‘lib,  u  bir-biriga 

bog‘liq  ko‘plab  tashkil  etuvchilar,  jumladan,qonunchilik,  qonunosti  hujjatlari 

hamda  korporatsiyani  mulkdorlar,boshqaruvchilar  va  kreditorlar  tomonidan 

nazorat  qilishning  ichkimexanizmi  hisoblanuvchi  ichki  me’yoriy  hujjatlar 

majmuini o‘z ichiga oladi”

10



Jahon  bankining  ta’rifiga  ko‘ra:  Korporativ  boshqaruv  –  qonunchilik, 

me’yorlar va hususiy sektorning  mos ravishdagi amaliyotining shunday birikmasi 

tushuniladiki,  ular  kompaniyaga  moliyaviy  va  inson  resurslarini  jalb  etishga, 

samarali  faoliyatni  olib  borishga  imkoniyat  beradi  va  oqibatda  o‘z  aksiyadorlari 

uchun  uzoq  muddatli  iqtisodiy  qiymatni  ko‘paytirish  orqali  o‘zining  mavjudligini 

saqlab  qolishni  ta’minlaydi.  Shu  bilan  birga,  aksiyadorlar,  boshqa  manfaatdor 

shaxslar va jamiyatning manfaatlariga rioya qilishi kerak

11



O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  Boshqaruvining  2000  yil  24 

iyundagi  472-sonli  «Tijorat  banklarida  korporativ  boshqaruv  to‘g‘risidagi» 

Nizomda  korporativ  boshqarshga  quyidagicha  ta’rif  beriladi:  «Korporativ 

boshqaruv» tushunchasi tijorat banki faoliyatini boshqarishda Kengash a’zolari va 

                                                           

8

Zaynutdinov SH.N., Raximova D.N. Korporativ boshqaruvasoslari. – T.: Akademiya, 2007. – 48 b.



 

9

Хамидулин  М.Б.  Финансовые  механизмы  корпоративного  управления.  Монография.  –  Т.:  Молия,  2008.  –



204 с. 

10

БеркиновБ.  Корпоративные  структуры  (Основы  создания  и  управления).  –  Т.:  Изд-во  Нац.б-ки 



Узбекистана,2005. – 132 с.

 

11



www.worldbank.org

 



11 

 

boshqa  rahbar  xodimlar  tomonidan  amalga  oshiriladigan  asosiy  faoliyat  hamda 



qoidalar majmuasi tushuniladi.  

Yuqorida  keltirilgan  ta’riflarga  ko‘ra,  korporativ  boshqaruv  bo‘yichatadqiq 

etilgan  ilmiy  yondashuvlar  korporativ  boshqaruvning  tanlangan  mavzuva  tadqiq 

etilgan  mulk  shakllarining  hamdaiqtisodiy  va  huquqiymunosabatlarning  ma’lum 

bir jihatlarini ochib berishga qaratilgan. 

Zamonaviy  bozor  iqtisodiyoti  va  menejmentning  umumiy  qoidalarini  o‘zida 

aks  ettirish,  xo‘jalik  yuritishning  turli  mulkchilik  shakllari  paydobo‘lishi  va 

ayniqsa,  jahonda  dolzarbligini  namoyon  etayotgan  moliyaviy  bozorlarning  yangi 

qirralarini  korporativ  boshqaruvni  tadqiq  etishdahisobga  olinishi  maqsadga 

muvofiq.  Aksiyadorlik  jamiyatlarining  asosiyfaoliyati  ma’lum  tovarlar  ishlab 

chiqarish  yoki  xizmat  ko‘rsatishga  qaratilganbo‘lsada  uning  aktivlarini  moliyaviy 

bozorlarda,  aynan,  aksiyalar  va  boshqaqimmatbaho  qog‘ozlarda  aks  etishi  hamda 

uning  asosiy  faoliyatiga  ta’siretishi  hozirgi  korporativ  boshqaruvdagi  eng  dolzarb 

muammolardan hisoblanadi. 

Jahon  moliviy-iqtisodiy  inqirozining  asosiy  sabablaridan  birisifatida  ham 

aynan shu korporativ qimmatli qog‘ozlarning spekulyativ bozori rag‘batlantirilishi 

ta’kidlanmoqda.  Bu  esa  korporativ  boshqaruv  va  qimmatliqog‘ozlar  egalarining 

o‘z mulklari ustida yangi tartib qoida va mexanizmlarnitalab etmoqda. 

Shu o‘rinda  aytish kerakki,  aksiyadorlik   jamiyatlarida korporativ  boshqaruv 

orqali  egalik  qilish  va  boshqaruv  funksiyalarining    ajratilishini  kuzatish  mumkin. 

Unga ko‘ra:- o‘z mulkining joriy boshqaruvida shaxsan qatnashishdan o‘z hohishi 

bilanvoz kechgan mulkdorlar (aksiyadorlar); 

jamiyat 


mulkiga 

egalik 


qilmaydigan 

va 


begona 

mulkni 


boshqaradiganyonlanma menejerlar; 

mulkdorlar 



(aksiyadorlar) 

jamiyat 


mulkining 

emas, 


balki 

o‘zhissasining(aksiya, ulush) egasi hisoblanadi. 

- jamiyat mulkining egasi – huquqiy shaxs bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatining 

o‘zi  hisoblanadi. 




12 

 

Aksiyadorlik jamiyatlarining ushbu  jihatlarini tadqiq etish bilan birga, aytish 



kerakki, boshqaruv jarayonida davlat, manfaatdor tomonlar vaishchi xodimlarning 

manfaatlari  ham  hisobga  olinishi  korporativ  boshqaruvning  yanada  murakkab 

tomonlarini tadqiq etishni talab etadi. 


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling