Daymler va Bens hamkorligi avtomobil sanoatida eng uzoq davom etgan sheriklik hisoblanadi.Ayni paytda Mercedes-Benz – Daimler AG konserni tarkibidagi kompaniyadir. Konsern kapitali 74 mlrd yevroni tashkil qiladi va umumiy aylanmaning 50 foizi aynan Mercedes'ga tegishli. 2019 yilda kompaniya 173 mlrd yevro daromad qilgan edi. Pandemiya sabab bu ko‘rsatkich 2020 yilda 154 mlrd yevroni tashkil qildi. Ko‘rish mumkinki, kompaniyaning yengil avtomobillar va tijorat transport vositalari sotuvi 15 foizga kamaygan. Ammo urush davridagi inqirozni yengib o‘tgan Mercedes uchun bu qiyin ish emas. Pandemiya sharoitida ham kompaniya ish sur'atini pasaytirmaslik uchun avtomobil konveyer usulida yetkazib berish xizmatini dunyoda birinchilardan bo‘lib yo‘lga qo‘ydi. Mercedes zavodlari Germaniya, Avstriya, AQSh, Braziliya, Xitoy, Malayziya, Turkiya, Rossiya, Janubiy Afrika, Vengriya kabi ko‘plab davlatlarda avtomobillar ishlab chiqarmoqda. Mercedes zamon bilan hamnafas bo‘lishni yaxshi ko‘radi va shunga intiladi. Hozirda u ekologik tejamkor avtomobillar ishlab chiqarish uchun tadqiqotlar olib bormoqda va buni yo‘lga qo‘yish uchun 14,5 mlrd yevro sarmoya kiritgan
Do'stlaringiz bilan baham: |