Toshkent moliya instituti. Mavzu: Nomoddiy aktivlarga safarbar etiladigan investitsiyalarni moliyalashtirish


Nomoddiy aktiv deb e’tirof etish uchun mulk ob’ekti quyidagi shartlarga javob berishi talab etiladi


Download 1.96 Mb.
bet2/3
Sana09.03.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1255126
1   2   3
Bog'liq
nomoddiy aktivlar

Nomoddiy aktiv deb e’tirof etish uchun mulk ob’ekti quyidagi shartlarga javob berishi talab etiladi.

    • xizmat muddati bir yildan ortiq bo’lishi mumkin;
    • moddiy ashyoviy asosga ega bo’lmasligi:
    • qiymatga ega bo’lishligi va uni aniq o’lchash mumkinligi.
  • Nomoddiy aktivlarga investitsiyalar keskin raqobat muhitida ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish sohalarida etishtirilgan tovar mahsulot va xizmatlarni ilgari surishni, ular aylanma muddatini qisqartirishni, iste’molchilarga qisqa muddatlarda etkazilishini ta’minlaydi, ko’maklashadi. Nomoddiy aktivlar raqobatbardoshlikni yangi texnologiya, mahsulot patentlari, litsenziyalar va boshqa nomoddiy aktivlar turlarini xarid etish yo’li bilan xo’jalik yuritish sub’ekti faoliyatini yangilanib borishga, zamonaviylashtirishga va bozor talablariga javob bera oladigan tovar va xizmatlarni yaratilishiga zamin yaratiladi.

Erkin bozor va kuchli raqobat muhitida nomoddiy aktivlarni kengaytirish zaruriyati.

  • Erkin bozor va kuchli raqobat intellektual tovarlarga bo’lgan talabni tobora kuchaytirib boradi. Ayniqsa, aqliy mehnat mahsuli bo’lmish tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talab ko’tarilib boradi. Maxsus tovar hisoblangan ilmiy g’oyalar, texnikaviy yangiliklar, texnologik ishlanmalar, xilma-xil axborotlardan xabardor bo’lish va ulardan raqobatbardoshlikni ta’minlash maqsadida doimiy tarzda foydalanish zaruriyati paydo bo’ladi. Erkin bozor va kuchli raqobat muhitida, ayniqsa, ilmiy texnikaviy ishlanmalarga bo’lgan talab kuchayadi. U amalda patent, litsenziya, franchayz, nou-xau, dasturiy ta’minot, turli axborot, savdo markalari, tovar belgilari va boshqalarga bo’lgan talablardir.

Ilmiy-texnikaviy ishlanmalar bozorni, ko’pincha, tashqi bozorni, mamlakat tashqarisidagi bozorlarni nazarda tutadi. Ilmiy-texnikaviy ishlanmalar bozori XXI asrda tez kengayib bormoqda, yangi-yangi qismlarga ajratilmoqda va ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarida ulardan juda ham unumli foydalanish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Buning sababi iqtisodiyotda intellektual mehnat mavqeining kuchayib borishidir. XXI asrda bozor iqtisodiyoti ilm talab ishlab chiqarishning o’sishi, turli xizmatlar, eng avvalo, axborot xizmati ahamiyatining kuchayishi bilan xarakterlanadi. Buni internet xizmati bozorining shiddat bilan er yuzida o’sib borishi tasdiqlaydi. Shunday ekan, kuchli raqobat muhitida o’z mavqei, obro’-e’tiborini yo’qotish, raqobat muhitida sinish hech gap emas.

  • Ilmiy-texnikaviy ishlanmalar bozorni, ko’pincha, tashqi bozorni, mamlakat tashqarisidagi bozorlarni nazarda tutadi. Ilmiy-texnikaviy ishlanmalar bozori XXI asrda tez kengayib bormoqda, yangi-yangi qismlarga ajratilmoqda va ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarida ulardan juda ham unumli foydalanish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Buning sababi iqtisodiyotda intellektual mehnat mavqeining kuchayib borishidir. XXI asrda bozor iqtisodiyoti ilm talab ishlab chiqarishning o’sishi, turli xizmatlar, eng avvalo, axborot xizmati ahamiyatining kuchayishi bilan xarakterlanadi. Buni internet xizmati bozorining shiddat bilan er yuzida o’sib borishi tasdiqlaydi. Shunday ekan, kuchli raqobat muhitida o’z mavqei, obro’-e’tiborini yo’qotish, raqobat muhitida sinish hech gap emas.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling