Тошкент Молия институти меҳнат жамоасининг умумий йиғилишида маъқулланган, баённома №
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi Filialda
Download 1.08 Mb.
|
tatu farғona filialining 2022 2024 jillar uchun yangi zhamoa shartnomasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish beruvchi Muassasada
- IV. ISH VAQTI VA DAM OLISH VAQTI
- Ish beruvchi
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi Filialda bandlikni ta’minlash, ishdan ozod etilayotgan xodimlarni himoya qilish masalalarini, shuningdek xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish huquqiga ega. (O‘zbekiston Respublikasi «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi Qonunining 27-moddasi).
Ish beruvchi Muassasada xodimlarini majburiy mehnatga, jumladan, hududlarni obodonlashtirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligidagi turli ishlarga jalb qilmaydi. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi Muassasa xodimlarini majburiy mehnatga, jumladan, hududlarni obodonlashtirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligidagi turli ishlarga jalb qilinishining oldini olish yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib boradi. IV. ISH VAQTI VA DAM OLISH VAQTI Filialda ish haftasining quyidagi muddatlari qabul qilinadi: a) professor-o‘qituvchilar tarkibidagi xodimlar uchun 36 soat; b) normal mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar va rahbarlar uchun - 40 soat; v) I va II guruh nogironi bo‘lgan xodimlar uchun - 36 soat; g) 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun - 36 soat. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 229-moddasida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek, quyidagi asoslardan biri mavjud bo‘lganda xodimning iltimosiga ko‘ra unga to‘liqsiz ish vaqti belgilab qo‘yilishi shart: a) oila a’zolaridan birining betobligi; b) ishni ta’lim bilan qo‘shib olib borilishi; v) profilaktik davolanish zaruriyati. To‘liqsiz ish vaqti sharoitida ishlash muddati xodim bilan filila direktori o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilab qo‘yiladi. To‘liqsiz ish vaqti rejimidagi mehnat uchun haq ishlangan vaqtga yoki ish hajmiga mutanosib ravishda, lekin Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining 1-razryadi stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi. Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 114-115-116-moddalarida ko‘rsatilgan haftalik ish soatidan oshmagan holda 6 kunlik ish haftasi ish vaqtining boshlanishi 8:30 dan 16:30 gacha tushlik 12:30 dan 13:30 gacha etib belgilash, Buxgalteriya, Moliya Reja bo‘limi, Kadrlar bo‘limlarida ish jarayonini inobatga olib haftalik ish soati 40 soat etib belgilangan holda ish vaqti soat 8:30 dan 17:30 gacha belgilanib 5 kunlik ish haftasi asosida ish tashkil etilishi kelishildi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 248-249-moddalarida nazarda tutilgan hollarda ta’lim muassasasida ishlab chiqarishda kasbga doir ta’lim olayotgan, ishlab chiqarishdan ajiralmagan holda malakasini oshirayotgan yoki ta’lim muassasasida o‘qiyotgan xodimlarga ishga ta’lim bilan birga olib borishlari hamda o‘qib, o‘quv rejasini bajarayotgan xodimlar mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan tartibda ish joyidan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’tilga chiqish, qisqartirilgan ish haftasi sharoitida ishlash va boshqa imtiyozlar berish uchun ish beruvchi sharoitlar yaratib beradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2017 yil 6 fevraldagi 1-2017, 4-q/q, 13-son qaroriga muvofiq, qorovullar hamda mavsumiy ishchilar uchun ish vaqti smena shaklida sutkasiga o‘n ikki soatdan oshmagan holda tashkil qilinadi. Smenada ishlash bo‘yicha grafik shakllantirilib, xodimlar bilan tanishtiriladi va ish beruvchi tomonidan tasdiqlanadi. Grafik asosida tabel rasmiylashtirilishi lozim. Ishdan tashqari vaqtlarda ishga jalb etish faqat xodimning roziligi bilan amalga oshiriladi. Tabiiy va texnogen tusdagi avariyalar, baxtsiz xodisa, tabiiy ofat, va boshqa favqulotda xodisalarning oldini olish, o‘quv yili boshlanishi oldidan (faqat funksional vazifalari bilan bog‘liq ishlarga) ishga jalb etish mumkin. Dam olish yoki bayram kuni ishlaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga asosan kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi to‘lash saqlangan holda otgul berish yo‘li bilan qoplanishi mumkin. Ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan ta’tillar jadvaliga muvofiq filial xodimlariga asosiy va qo‘shimcha ta’til beriladi (2, 3-ilovalar). Xodimlarga birinchi ish yilida yillik ta’til ularning mazkur tashkilotga ishga kirgan vaqtidan qat’iy, nazar haqiqiy ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘lagan holda yozgi ta’til davrida to‘liq beriladi. Ta’til har yili, shu ta’til berilayotgan ish yili tugagunga qadar berilishi lozim. Ishlab chiqarish tusidagi sabablarga ko‘ra joriy yilda ta’tilni to‘liq berish imkoni bo‘lmagan alohida hollarda, xodimning roziligi bilan ta’tilning o‘n ikki ish kunidan ortiq bo‘lgan qismi keyingi ish yiliga ko‘chirilishi mumkin, shu yili undan albatta foydalanilmog‘i lozim. Yillik asosiy ta’til ikkinchi va undan keyingi ish yillari uchun ta’tillar jadvaliga muvofiq ish yilining istalgan vaqtida beriladi (MK 143-modda). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining har yilgi «Rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmonlariga binoan qo‘shimcha dam olish kun(lar)i deb belgilanadi. Qo‘shimcha dam olish kun(lar)i har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini qisqartirish hisobiga qoplanadi, har yilgi mehnat ta’tili davrida saqlanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta’tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga qo‘shimcha dam olish kun(lar)i ham qo‘shiladi. Har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi qisqartirishni hisobga olgan holda ham yillik ta’til davomiyligi 15 ish kunidan kam bo‘lmasligi ta’minlanadi. Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimning ish haqi saqlangan holda ta’til berish haqidagi iltimosini qanoatlantirishni o‘z zimmasiga oladi: a) yaqin qarindoshi vafot etganda – 3 ish kun; b) xodim yoki uning farzandining to‘y marosimini o‘tkazishga - 3 ish kun; v) homilador ayollarga yillik mehnat ta’tili berish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqquniga qadar bir oygacha. Yaqin qarindoshlar deb: xodimning ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, farzandi, turmush o‘rtog‘i hisoblanadilar. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda (shu jumladan uning muddati tugashi munosabati bilan ham) xodimning xohishiga ko‘ra, yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillarni berib, undan keyin mehnat munosabatlarini bekor qilish mumkin. Bu holda ta’til tugagan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi. Navbatdagi mehnat ta’tiliga ketayotgan xodimga Ish beruvchi tomonidan sog‘ligini tiklash uchun qo‘shimcha moddiy yordam beriladi. Ta’til uchun haq to‘lash ta’til boshlanmasdan oldingi oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Xodimning arizasiga binoan unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi mumkin, uning muddati xodim bilan Ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi, lekin u o‘n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo‘lmasligi kerak. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling