VI. MEHNAT INTIZOMI
Taraflar xodimlar tomonidan mehnat vazifalarining bajarilishi mehnat shartnomalari, tarkibiy bo‘linmalar to‘g‘risidagi Nizomlar, lavozim yo‘riqnomalari, Filial Ustavi, Ichki mehnat tartibi qoidalari hamda Odob-ahloq qoidalariga binoan ta’minlanishini nazorat qiladilar.
Ichki intizomni belgilovchi hujjatlar xodimlarga tanishtirilishi ish beruvchining majburiyati hisoblanadi. Intizom qoidalari bilan tanishtirilmagan xodimga mazkur qoidalarning buzilishi vaji bilan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin emas.
Mehnat intizomini buzganlik uchun intizomiy jazolarni qo‘llashga belgilangan muddatlar (Mehnat kodeksining 182-moddasi) o‘tib ketgandan keyin yo‘l qo‘yilmaydi.
Intizomiy jazo qo‘llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim.
Ish beruvchi xodimlarni Mehnat kodeksining 180-moddasiga asosan:
faoliyat samaradorligi, erishgan muvaffaqiyatlari uchun tarmoq va davlat mukofotlariga taqdim etish;
yubiley sanalarida tabriklash:
qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash;
tashakkur e’lon qilish;
sayohatlarga yuborish bilan;
sanatoriy-profilaktoriyga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining sanatoriylari va dam olish uylariga yo‘llanmalar taqdim etish yo‘li bilan RAG‘BATLANTIRIShni o‘z zimmasiga oladi.
Ish beruvchi kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda xodimlar yubiley sanalari va pensiya yoshiga yetgani (50, 55, 60 yosh) munosabati bilan hamda xodimlarning sohadagi ish stajlari sanalari (20, 25, 30, 35, 40 yil) munosabati bilan MXTEKM 3 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda rag‘batlantirish belgilandi.
Mehnat kodeksining 180-moddasi, 3-xatboshisiga asosan, Ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlariga kirmaydi.
Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi.
Muassasa kasaba uyushmasi qo‘mitasi intizomiy jazoga tortilgan xodimlarga nisbatan to‘lovlar adolatli to‘lanishini qat’iy nazorat qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |