Тошкент Молия институти меҳнат жамоасининг умумий йиғилишида маъқулланган, баённома №
Download 1.08 Mb.
|
tatu farғona filialining 2022 2024 jillar uchun yangi zhamoa shartnomasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Koronavirus yoki boshqa yuqumli kasalliklar tufayli joriy qilingan karantin choralari davrida xodimlarga beriladigan imtiyoz va kafolatlar
- Ish beruvchi
- Ish beruvchining
Ish beruvchi:
- ishlamaydigan pensionerlarning mehnat jamoasining jamoat hayotida ishtirok etishlari uchun sharoitlar yaratishni, shuningdek har yili pensionerlardan, ayniqsa yakka-yolg‘izlardan xabar olish, tug‘ilgan kunlarida va bayramlarda ularga esdalik sovg‘alari berishni, ularning uy-joy, maishiy muammolarini hal etishda ko‘maklashishni, shuningdek muqaddas joylarga va ziyoratgohlarga ekskursiyalar tashkillashtirishni va boshqa ijtimoiy ahamiyatli tadbirlarni amalga oshirish uchun sharoit yaratishni o‘z zimmasiga oladi; - qaramog‘ida nogiron farzandi bor xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatishni o‘z zimmasiga oladi. Shuningdek, taraflar: har yili o‘quv yili boshlanishi arafasida ko‘p bolali, kam ta’minlangan xodimlar farzandlari uchun har bir bolaga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini 50 foizi hisobidan kelib chiqqan holda darsliklar va o‘quv qurollari xarid qilishni; har yili xodimlar farzandlariga yangi yil sovg‘alarining tashkilot hisobidan topshirilishini; xodimlar farzandlarining bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishlarini ta’minlaydilar. 11 noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan kasaba uyushmasi faollari tashkilot mablag‘lari hisobidan taqdirlanadi. Koronavirus yoki boshqa yuqumli kasalliklar tufayli joriy qilingan karantin choralari davrida xodimlarga beriladigan imtiyoz va kafolatlar Ish beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiy tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5969-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida kuyidagilarni o‘z zimmasiga oladi: karantinga oid choralar amal qilishi davrida Ish beruvchi xodimlarni, ayniqsa homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan hamda surunkali kasallikka chalingan shaxslarni, ularning roziligi bilan, masofadan turib ishlash usuliga, qulay ish grafigiga yoki uydan turib ishlashga o‘tkazadi; masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uyda ishlashga o‘tish huquqidan birinchi navbatda homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar va surunkali kasalliklarga chalingan xodimlar foydalanadi. masofaviy ishda ishlovchi xodim ish vaqtini o‘z xohishiga ko‘ra taqsimlanishini hisobga olgan holda, u tomonidan bajarilgan ishlar uchun bir baravar miqdorda mehnat haqi to‘lanadi. Bunda xodimga nisbatan ish vaqtidan tashqari ish, dam olish va bayram kunlaridagi ish, shuningdek tungi vaqtdagi ish uchun mehnatga haq to‘lash shartlari qo‘llanilmaydi. Xodimning xohishiga ko‘ra va Ish beruvchining roziligi bilan xodim vaqtinchalik uyda ishlashi uchun uy mehnati sharoitiga o‘tkazilishi mumkin. Uyda ishlash tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq xodim yashash joyi bo‘yicha yoki unga yoxud uning oila a’zolariga tegishli bo‘lgan boshqa binolarda ish beruvchining topshirig‘i bilan mehnat vazifalarini bajarishni anglatadi. Xodim masofaviy ishga, uyda ishlashga yoki moslashuvchan ish grafigiga o‘tkazilganda uning ta’tillar jadvaliga muvofiq mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa olish hamda qonun hujjatlarida va jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquqlari saqlanib qolinadi. Koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan ota-onalar (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi (O‘zR PF, 2020 yil 19 mart PF-5969). Masofaviy ishga o‘tkazish yuzasidan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritiladigan o‘zgartirishlarda Mehnat kodeksining 73-moddasida nazarda tutilgan shartlar bilan bir qatorda quyidagilar ko‘rsatiladi: Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling