Toshkent Moliya instituti moliya fakulteti sirtqi 2-mutahasislik


Download 166.14 Kb.
bet1/3
Sana09.01.2022
Hajmi166.14 Kb.
#262973
  1   2   3
Bog'liq
ММ51к2 Статистикадан якуний назорат иши Тошмирзаев Бахтиёр




Toshkent Moliya instituti moliya fakulteti sirtqi 2-mutahasislik

2-kurs mm-51k-2 guruh talabasi Toshmirzayev Baxtiyorning

STATISTIKA fanidan yozgan




VARIANT № 2

1-topshiriq.Eng qadimgi aholi ro‘yxatlari qachon va qaerda o‘tkazilgan?

2-topshiriq.Samarali va egiluvchan mehnat bozori deganda nimani tusnunasiz?

3-topshiriq. Institutsional sektorlar va MHT deganda nimani tushunasiz?

4- topshiriq.Respublika bo’yicha iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol to’g’risida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan (ming kishi):

Ko’rsatkichlar

2017-y

2018-y

2019-y

2020-y

  1. Doimiy aholinihg o’rtacha yillik soni













  1. Mehnat resurslari soni

18246,1

18484,9

18646,3

18829,6

  1. Doimiy aholiga nisbatan, foizda

54,4

58,1

57,6

57,1

  1. Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi

18067,7

18071,7

18044,0

18042,1

  1. Mehnat qilish yoshigacha bo’lgan aholi

9217,1

9114,7

9025,4

8993,5

  1. Pensiya yoshidagi aholi soni

1854,3

1889,5

1944,9

1996,5

  1. Iqtisodiyotda ish bilan band bo’lgan pensionerlar













  1. Iqtisodiyotda ish bilan band bo’lgan o’smirlar va boshqalar

58,4

67,2

57,3

57,5

  1. Jami ish bilan band aholi

13058,3

13298,4

13420,3

13273,1

  1. Ishsizlar soni

709,4

744,0

847,0

1348,6

Berilgan ma’lumotlar asosida quydilarni hisoblang:

  1. Iqtisodiy faol aholi sonini.

  2. Aholining iqtisodiy faollik koeffitsiyentini.

  3. Iqtisodiy nofaol aholi sonini.

  4. Iqtisodiy nofaol aholi koeffitsiyentini.

  5. Ish bilan bandlik koeffitsiyentini.

  6. Ishsizlik koeffitsiyentini.

  7. Potentsial almashtirish koeffitsiyentini.

  8. Nafaqa yoshidagilar bo’yicha yuklama koeffitsiyentini.

  9. Umumiy yuklama koeffitsiyentini.


5- topshiriq. Korxona bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan (o’zgarmas baholarda) mln so’m:

Ko’rsatkichlar


Bazis davr

Joriy davr

Indeks

  1. Asosiy kapitalning o’rtacha yillik qiymati

  2. Mahsulot hajmi

  3. Kapital qaytimi

  4. Kapital sig’imi

44,0
41,20



42,0
42,64







Aniqlang:

Mahsulot hajmining o’zgarishini:

a) asosiy kapitalning o’zgarishi hisobidan;

b) kapital qaytimining o’zgarishi hisobidan.
1-topshiriq.Eng qadimgi aholi ro‘yxatlari qachon va qaerda o‘tkazilgan?

Aholini dastlabki ro‘yxatga olish qadimgi Gretsiya, Vavilon, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya va Misrda o‘tkazilgan. Lekin, bu aholi ro‘yxatlarining maqsadi aholidan soliq yig‘ish, ya’ni boj olish hamda harbiy maqsad uchun aholi sonini aniqlash bo‘lgan. Shuning uchun ham, bu aholi ro‘yxatlarida asosan erkaklar ro‘yxatga olingan. Chunki, u paytlarda erkaklarning iqtisodiy o‘rni yuqori bo‘lgan, soliq to‘lashda faqat erkaklar, ya’ni oila boshliqlari qatnashgan.

Aholini eng birinchi rasmiy ro‘yxatga olish 1790 yilda AQShda, keyinchalik 1800 yilda Shvetsiya va Finlyandiyada, 1801 yilda – Angliya, Daniya, Norvegiya va Fransiyada o‘tkazilgan. Ammo, bu aholi ro‘yxatlari juda oddiy shaklda hamda uzoq muddatga cho‘zilgan. Masalan, birinchi AQShda aholini ro‘yxatga olish ishlari 18 oy davomida olib borilgan.

XIX asrga kelib, aholini ro‘yxatga olish juda kengaydi. Qator Yevropa mamlakatlarida statistika tashkilotlari tuzildi. Aholini ro‘yxatga olish ilmiy dasturlar asosida olib borilishi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, 1870-1879 yillarda dunyoning 48 ta, 1890 yillarda esa 57 ta davlatida aholi ro‘yxati o‘tkazilgan. XIX asr oxirida dunyo aholisining 21 foizi ro‘yxatga olingan bo‘lsa, XX asr boshida 54 foiz aholi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin, aholini ro‘yxatga olish tizimi yanada takomillashtirildi. 1945-1954 yillarda – 151 ta davlatda, 1965-1974 yillarda – 179 ta davlatda aholi ro‘yxati o‘tkazilgan. Hozirgi paytda, dunyodagi deyarli barcha davlatlarda aholini ro‘yxatga olish ishlari olib borilmoqda.

Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini o‘rganishda mamlakat hududida o‘tkazilgan aholi ro‘yxati ma’lumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Manbalarda keltirilishicha, O‘zbekiston hududida dastlabki aholi ro‘yxati 1897 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu ro‘yxat ma’lumotlari XIX asr oxirida O‘zbekistonda mavjud oilalar soni, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish, o‘lim kabi demografik jarayonlar haqida tassavvur hosil qilishga yordam bergan. O‘zbekiston hududida keyinchalik 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlari tashkil etilgan.

2-topshiriq.Samarali va egiluvchan mehnat bozori deganda nimani tusnunasiz?

Samarali va egiluvchan mehnat bozori deganda doimo o'zgarib boruvchi tizim, aniqrog'i o'zida quyidagi xarakteristikalarni mujassamlashtiruvchi model tushuniladi:

– ishga yollanuvchi va ish beruvchining faoliyati shaxsiy manfaatlarni maksimal qondirilishiga yo'naltirilgan. Sotib oluvchida u foyda summasi bo'lsa, sotuvchida u juda murakkab tarkibga ega;

– ishchi kuchini sotuvchi va sotib oluvchi turli variantlar mavjudligi haqida ma'lumotlarga ega va o'zi uchun eng manfaatlisini tanlash qobiliyatiga ega;

– mehnat bozorida bir xil tipdagi mehnat xizmatlari sotiladi va sotib olinadi. Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, aniqrog'i ishchilar bir biridan deyarli farq qilmaydi;

– ishchi kuchiga qilinadigan xarajatlar faqat vaqtga mos ravishda ish haqlaridan tashkil topadi, mehnat unumdorligi esa doimiy miqdor bo'lib hisob-lanadi va ish vaqtining uzunligiga bog'liq emas;

– mehnat xizmatlarini sotib olish va sotish faqat raqobat asosida amalga oshiriladi. Buning asosiy sharti sifatida bozorda bir biriga bog'liq bo'lmagan ko'plab sotuvchi va sotib oluvchilarning qatnashishi hisoblanadi.

3-topshiriq. Institutsional sektorlar va MHT deganda nimani tushunasiz?

Har qanday intitusional birlik (korxona) xo'jalik faoliyatining samaradorligini u erishgan foyda va daromad ko'rsatkichlari orqali ifodalanadigan moliyaviy natijalar belgilaydi.



Daromad tushunchasi juda keng tarqalgan va foydalaniladigan, va shu bilan birga, turli maqsadlarda qo'llaniladigan ko'rsatkichdir. Keng ma'noda daromad tushunchasi har qanday pul tushumi yoki qiymatga ega bo'lgan moddiy boyliklarning olinishi tarzida talqin qilinadi.

Download 166.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling