Toshkent Moliya Instituti Moliya va moliya tehnologiyasi yo’nalishi mmt-96k-2 talabasi Olimov Abdulborining Mikroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan mustaqil ishi iste’mol, jamg’arish va investitsiya funksiyalari reja


-chizma. Avtonom investitsiyalar grafigi


Download 388.66 Kb.
bet4/5
Sana24.04.2023
Hajmi388.66 Kb.
#1395300
1   2   3   4   5
Bog'liq
abdulbori

2.-chizma. Avtonom investitsiyalar grafigi
ko’p bo’lganda ham mamlakatdagi boshqa resurslari miqdorining cheklanganligi tufayli investitsiya xarajatlari ma’lum miqdor bilan chegaralanadi.
4. Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz ctavkasidan boshqa omillar. Akselerator modeli.
Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo’lib kutilayotgan sof foyda normasi hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan investitsiya xarajatlari miqdori o’rtasida teskari bog’liqlik bo’lsa, kutilayotgan sof foyda normasi (KSFN) dinamikasi bilan investitsiya xarajatlari o’rtasida to’g’ri bog’liqlik bor.
Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta’sir etuvchi boshqa omillar quyidagilar kiradi:
1. Soliqqa tortish darajasi;
2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o’zgarishlar;
3. Mavjud bo’lgan asosiy kapital miqdori;
4. Investorlarning kutishi;
5. YAlpi daromadlarning o’zgarishi.
Investitsiyalar hajmining YAMM yoki daromadlar darajasiga bog’liqligini akselerator modeli aks ettiradi:
I = f(Y), ya’ni investitsiyalar (I) YAMM (Y)ning funksiyasi ekan.
Akselerator modelining to’liqroq ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:


I = IrejaQ гY bu yerda:
Д I It –I t-1
г = ----------- = ------------------
Д Y Yt - Yt-1
Ireja – rejalashtirilgan investitsiyalar; Y – YAIM (daromad) hajmi.
Akseletator modelini hisobga olib, investitsiya funksiyasini quyidagicha yozish mumkin:
I = ye - dR + гY
YAIM hajmi oshishi korxonalar foydasining ko’payishiga olib keladi. Korxona foydasi investitsiyalarning manbai ekanligini hisobga olsak, bu holatda investitsiya xarajatlari oshadi..
O’zbekiston Respublikasida olib borilgan oqilona makroiqtisodiy siyosat natijasida yuzaga kelgan qulay investitsiya muhitiyaxshilandi. jumladan siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning ta’minlanganligi, soliq yukining pasaytirila borishi, bozor infratuzilmasining rivojlantirilishi, bank tizimining mustahkamlanishi va bakk foiz stavkalarining pasaytirilishi, investorlarga keng imtiyoz va kafolatlar tizimining yaratilganliga mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmining o’sishiga olib keldi
2008 yilda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ro’y berganligiga qaramasdan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 2007 yilga nisbatan 128,3 foizga o’sdi. 2009 yilda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 24,8 foizga o’sdi.
O‘zbekiston Respublikasida olib borilgan oqilona makroiqtisodiy siyosat natijasida yuzaga kelgan qulay investitsiya muhitiyaxshilandi. jumladan siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning ta’minlanganligi, soliq yukining pasaytirila borishi, bozor infratuzilmasining rivojlantirilishi, bank tizimining mustahkamlanishi va bakk foiz stavkalarining pasaytirilishi , investorlarga keng imtiyoz va kafolatlar tizimining yaratilganliga mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmining o‘sishiga olib keldi. O‘zbekistonda investitsiya hajmining yildan yilga o‘sib borishida investitsiya faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinganligi alohida ahamiyatga ega. Ta’kidlash joizki, mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotni diversifikatsiya etish, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatdoshligini oshirish hamda mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining eksportdagi hajmini kengaytirishga qaratilgan investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi 50 dan ortiq huquqiy-hujjat qabul qilindi, jumladan, “Konsessiyalar to‘g‘risida”gi, “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi, “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunlar ayni shu maqsadga xizmat qilmoqda. Respublikamiz iqtisodiyotida investitsiyalarning so‘nggi to‘qqiz yildagi o‘sish sur’atlari turlicha bo‘lib, bunda oldingi yillardagiga nisbatan o‘sish va pasayish tendensiyalari kuzatilmoqd rasm. O‘zbekiston iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning o‘sish sur’atlari, foizda
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy soha va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 2017 yilda 68,4 trln. so`m (dollar ekvivalentida 13,4 mlrd. AQSH dollari) yoki 2016- yilga nisbatan 120,4 foiz asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 1991- yilga nisbatan 5,1 martta, 2000- yilga nisbatan 6,6 martta, 2005- yilga nisbatan 5,1 martta, 2010- yilga nisbatan 2,0 marta va 2015- yilga nisbatan 129,7 foizga ko‘paydi. YaIMga nisbatan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 2017- yilda 26,9 foizni tashkil etib, o‘tgan yildagiga nisbatan 2,8 foiz punktga ko‘paydi (1991 yil 18,8 foiz, 2000- yilda 22,9 foiz, 2005- yilda 19,9 foiz, 2010- yilda 24,6 foiz va 2015- yilda 24,3 foizni tashkil etgan). 2017- yilda asosiy kapitalga investitsiyalarning hududlar bo‘yicha tarkibini ko‘radigan bo‘lsak, jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 60,5 foizi Toshkent shahri, Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida (mos ravishda jami investitsiyalarning 19,8 foizi, 16,6 foizi,15,9 foizi, va 8,2 foizi) o‘zlashtirildi.


Download 388.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling