Toshkent Moliya Instituti Moliya va Moliya texnologiyasi yo’nalishi
Download 90.54 Kb.
|
nilufar mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talab hajmi (Q
- Talab narxi (P
Bozor eksperimenti (tadqiqoti) – yangi parametrlar, yangi narxlar o‘rnatilganda, iste’molchilarni solishtirma taxlil qilinganda tovarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri test qilishni ko‘zda tutadi.
Statistik usul - real statistik ma’lumotlarni o‘rganish asosida ma’lum davr uchun aniq bir tovarga bo‘lgan talab va narxni o‘zaro bog‘liqligi, talabga ta’sir etuvchi boshqa omillar tadqiq qilinadi. Talabning hajmini aniqlash uchun, talab hajmi va talab narxi kabi ko‘rsatgichlardan foydalaniladi. Talab hajmi (Qd) – haridorlar joriy vaqtda, joriy joyda, joriy narhlarda xaridorlar sotib olishga tayyor bo‘lgan tovar va xizmatlar xajmi. Talab xajmiga juda ko‘p omillar ta’sir qiladi. Masalan: iste’molchilarning xoxish-istaklari, ularning daromadlari hajmi, mazkur tovarning bozordagi narxi, potensial xaridorlar soni va boshqalar. Talab narxi (Pd) – joriy vaqtda aniq tovar va xizmatlar uchun xaridorlar tomonidan to‘lanadigan maksimal narx. Agarda bozordagi real narx, konkret iste’molchi talabi narxidan past bo‘lsa, unda ortiqcha iste’molchilar paydo bo‘ladi, mazkur tovar va xizmatlar sotib olayotgan shaxs sof foyda oladi. Talab xajmi va uni aniqlab beruvchi omillar o‘rtasidagi hajm jihatidan bog‘liqlik talab funksiyasi deb nomlanadi. Talab xajmining bozordagi narxga bog‘liqligining grafik chizmasi talab egri chizig‘i deyiladi. 1-rasm. Talab egri chizig‘i Talab hajmi va talab narxi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlik talab qonuni deyiladi. Bu qonunning mohiyati shundaki, arag biror bir tovarga bo‘lgan narx pasaysa, unga bo‘lgan talab ortib boradi, teskarisi, agar narx oshib borsa, talab xajmi pasayadi. Talab qonuni ikki o‘zaro bog‘langan samaralar bilan tushuntiriladi: Daromad samarasi va o‘rnini bosish samarasi. Narxlarni qisqarishi, bir tomondan, real sotib olish qobiliyatini oshiradi. Inson mavjud tovarlarni kamroq, arzonroq, sotib olishi mumkin, shu orqali unda boshqa narsalar sotib olish uchun qo‘shimcha daromad paydo bo‘ladi - daromad samarasi. Boshqa tomondan, insonlar qimmat tovarning arzoni bilan almashtirishga harakat qiladilar, natijada yana tovarga bo‘lgan talab oshib boradi – o‘rnini bosish samarasi. Download 90.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling