Korxona moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi ustuvorlik, eng avvalo, biznesni yuritishning maqsadlariga muvofiq ravishda aniqlanadi. Qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun tegishli moliyaviy mexanizmdan foyda- laniladi. - Korxona moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi ustuvorlik, eng avvalo, biznesni yuritishning maqsadlariga muvofiq ravishda aniqlanadi. Qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun tegishli moliyaviy mexanizmdan foyda- laniladi.
- Moliyaviy siyosat moliyaning o’zida (boshqaruv ob’ektlarida) bevosita mujassam bo’lgan boshqaruvning salohiyatli imkoniyatlarini, ishning konkret metodlari, moliya tizimining (boshqaruv subyektlari) organlarini tashkil qilish bilan yagona joyga bog’lashga imkon beradi. Dunyoning barcha mamlakatlarida moliyaviy siyosat moliya tizimi orqali amalga oshirilib, uning faoliyati quyidagi printsiplar asosida quriladi:
- Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning (o’tkazishning, hayotga tatbiq etishning) asosiy metodologik printsiplari quyidagilardan iborat:
- pirovard maqsadga bog’liqlik;
- xo’jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy balanslashtirilganligi (muvozanatliligi, mutanosibligi);
- jamiyat barcha a’zolarining manfatlariga muvofiqligi (mos kelishi);
- real (haqiqiy) imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.
- Moliyaviy siyosatning amalga oshirilishini davlat tomonidan o’z funktsiyalari va dasturlarini (uzoq, o’rta va qisqa muddatli) bajarish uchun moliyaviy resurslarni mobilizatsiya qilish (jalb qilish), ularni taqsimlash va qayta taqsimlashga yo’naltirilgan davlat tadbirlarining majmui ta’minlaydi. Bu tadbirlarning orasida moliyaviy munosabatlarning shakllari va normalarini huquqiy reglamentatsiya qilish (tartibga solish) muhim o’rin egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |