Toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti "menejment va marketing" kafedrasi
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
mehnat faoliyatini boshqarishda samaradorlik omillari
51
XULOSA……………………………………………………........................ 57
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI…............................. 68
3
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki
ko’rsatilgan xizmat
raqobatbardoshligiga erishishning asosiy yo’llaridan biri – mehnatni faoliyatini samarali tashkil etish, normalash va shular asosida boshiaruv samaradorligini oshirish, mehnat unumdorligini o’stirish kundan-kunga katta ahamiyatga ega bo’lmoqda. Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayoni – bu, avvalo mehnat faoliyatini samarali tashkil etishdan iborat bo’lib, u kishi mehnati, mehnat predmeti va mehnat vositalarini o’z ichiga oladi. Mehnat _ kishilarning ma’lum bir maqsadga qaratilgan ongli faoliyati bo’lib, bu faoliyat natijasida ular tabiatdagi mavjud narsalarni o’zgartirish, o’z ehtiyojlariga moslashtirish orqali moddiy ne’matlar va madaniy boyliklar yaratadilar. Mehnatning shu tariqa ifoda topgan mohiyati har qanday kishilik jamiyatida ham ishlab chiqarshning asosiy sharti bo’lib qolaveradi. Chunki, mehnatsiz moddiy ne’matlar yaratilishi, ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonining bo’lishi mumkin emas. Mehnat munosabatlaridagi islohatlar mamlaktimiz taraqqiyotida ulkan ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lishi bilan birga ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashda ham muhim rol o’ynaydi. Shunday ekan, mehnat faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish yullarini o’rganish ham nafaqat ilmiy, balki ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga egadir. Bugungi kunda mamlakatimzda ishlab
chiqarish vositalari zamonaviylashtirish, rivojlantirish, takomillashtirish borasida bir qator dasturlar amalga
oshirib kelinmoqda xususan Prezident I.A.Karimov ―.....biz mamlakatimizdagi ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish va yangilash, zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan va yuksak samarali texnologiyalarni joriy etish bo’yicha o’z oldimizga katta maqsadlar
4
qo’yganmiz.‖ 1 deb ta’kidlaydi. Bunday zamonaviy vositalarni boshqarish albatta inson omili bilan bog’liqdir. Ular insoning mehnat qobiliyati bilan birlashibgina harakatga keladi, mehnat jarayoni amalga oshadi, moddiy ne’matlar ishlab chiqariladi yoki ma’lum xizmatlar ko’rsatiladi. Demak, mehnat jaryoni, ya’ni moddiy ne’matlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko’rsatish jarayonida kishilarning bevosita mehnati muhim rol o’ynaydi. Shu sababli mehnat jarayonlarinini oqilona tashkil etish va normalash, uni maqsadga muvofiq sarflash, bekordan-bekor isrof bo’lishiga yo’l qo’ymaslik va shular asosida ishlab chiqarishning, xizmat ko’rsatishning samaradorligini oshirish bozor iqtisodiyotining hozirgi sharoitidagi muhim va dolzarb muammolardan biridir. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling