Xizmatlar va tijorat xarakteriga ega bo‘lmagan to‘lovlar balansi – transport, pochta, telegraf, telefon, turizm, madaniy aloqalar, perevodlar, xorijiy mamlakatlar hududida harbiy qismlarni saqlash, chet elda savdo va diplomatik vakolatxonalarni ochish, xalqaro kreditlar bo‘yicha to‘lanadigan foizlar va boshqa shu kabi sohalarda yuzaga keluvchi valyutaviy tushumlar va to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Xorijiy valyuta – boshqa bir mamlakatda qonuniy to‘lov vositasini ifodalovchi valyuta.
Chet el valyutalarini diversifikatsiya qilish – bir vaqtning o‘zida bir nechta chet el valyutasida rezervlar tashkil qilish tushuniladi.
Erkin almashinuvchi valyuta – mamlakatning to‘lov balansini joriy operatsiyalar bo‘limiga valyutaviy cheklashlar bo‘lmasa, bu mamlakatning puli erkin almashadigan valyuta deb tan olinadi.
Erkin iqtisodiy zonalar – ushbu hududlarda mamlakatda amal qiluvchi xo‘jalik faoliyatiga qaraganda imtiyozli soliq to‘lash tartibi joriy etiladi.
Eksport – tovarlar, xizmatlar va kapitalni tashqi savdoga chiqarish. Eksport predmetlari tovar singari xizmat qiladi, u mamlakat ichkarisida qayta ishlanib, chegraga olib boriladi.
Eksport (import) kvotasi – ma’lum tovarlarni ishlab chiqarish va eksportga etkazib berishning belgilab qo‘yilgan hajmi; import kvotasi esa har yili xorijiy mamlakatdan keladigan mahsulotlar hajmini miqdor jihatidan cheklab qo‘yish.
Eksport krediti – eksport kreditorlar (firma, bank va hukumat kabilar) xorijlik sheriklariga ularni qiziqtirgan mahsulot va xizmatlarni tasarruflariga olishlari uchun kredit ajratishi. Eksport krediti sug‘urta tizimi eksportchilarning mablag‘lari qadrsizlanishi va foizi bilan qaytishini kafolatlaydi.
Yamayka valyuta tizimi – zamonaviy jahon valyuta tizimi bo‘lib, alohida mamlakatlarning valyuta tizimlariga emas, balki huquqiy mustahkamlangan davlatlararo tamoyillarga asoslangandir. Yamayka valyuta tizimining o‘ziga xos xususiyati erkin suzib yuruvchi valyuta kurslarini joriy etilishi bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |