Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Download 0.62 Mb.
bet99/105
Sana02.06.2024
Hajmi0.62 Mb.
#1836162
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   105
Bog'liq
Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D.-fayllar.org

Transmilliylashuv indeksi – TMKning xorijdagi tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga jalb etilganlik darajasidir.
Treyderlar – moliyaviy instrumentlarning kurslari o‘zgarishidan foydalangan holda bir yoki bir nechta shartnomalar asosida foyda olishni ko‘zlagan jahon moliya bozori ishtirokchilari.
Transfertlar iqtisodiy boylik, bir tomonlama tartibda ikkinchi tomon ishtirokini ta’minlash.
To‘g‘ri kafolatlar – bunda kafolat beruvchi tomon bevosita eksport-import operatsiyalariga kafolat beradi. Bunda mazkur to‘lov bo‘yicha majburiyatlarini to‘liq o‘z zimmasiga oladi. Bunday kafolatlar to‘lov talabnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar, hujjatlashtirilgan akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblarda keng qo‘llaniladi.
To‘lov balansi – mamlakatning xorijiy davlatlar bilan bo‘ladigan aloqalari natijasida yuzaga keladigan valyuta tushumlari va to‘lovlarining haqiqatdagi summasi aks ettiriladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (TTXI) – xorijiy kapitalning uzoq muddatli kiritilishi bo‘lib, investor tashkil qilayotgan firma aktsiyalari yoki aktsioner kapitaliga to‘la ega bo‘lish yoki kamida 10 foizi xo‘jalik faoliyatining ta’sirchan nazorat qilinishini ta’minlaydi.
To‘liq iqtisodiy integratsiya – yagona iqtisodiy siyosat yuritish, umumiy valyuta va milliy boshqaruvdan yuqori tashkilotlarni joriy etish.
To‘lov sanasi – bitim bo‘yicha sherik o‘sha kunga qadar valyutani o‘tkazib berishi, ya’ni to‘lovni amalga oshirishi lozim bo‘lgan sana.
Uzun pozitsiya – xorijiy valyutaga nisbatan kurs xatar (tavakkal)laridan iborat talablar.
Umumiy bozor – a’zo mamlakatlar o‘rtasida tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va kapitalning erkin harakatini ta’minlashga erishishga harakat qilayotgan mamlakatlar guruhi.
Umumiy pozitsiya – to‘lovlarning turli muddatlari hisobga olinmaydigan sof valyutaviy yoki foizli pozitsiya.
Firma krediti – eksportyor mamlakatning bir firmasi boshqa mamlakatning importyoriga to‘lovni kechiktirish shaklidagi ssuda berishi tushuniladi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling