Passiv to‘lov balansi – tushumlar summasi to‘lovlar summasidan bo‘ladi.
«Parij klubi» – kreditorlar mamlakatlarning hukumatlararo muassasasi, MVF a’zosi. 1961 yilda tashkil etilgan bu «klub» to‘lov muddatini bir tomonlama o‘zaytirishning oldini olish maqsadlarida rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi qarzlari shartlarini qayta ko‘rib chiqish bilan shug‘ullanadi.
Paritet – diler tomonidan uning kotirovkasi bilan unga qo‘yilgan kurs mosligini belgilash uchun foydalaniladi.
Portfel investitsiyalar – kapitalni xorijiy korxonalar qimmatli qog‘ozlariga (korxona ustav kapitalining 10% dan kam qismini) kiritish shaklida olib chiqib ketish bo‘lib, investorlarga ular faoliyatini bevosita nazorat qilish imkonini bermaydi.
Protektsionizm – tashqi savdo siyosati printsipi, davlatning milliy iqtisodiyotni chet el raqobatidan, ichki bozorni chet el tovarlarining kirib kelishidan himoya qilishga qaratilgan iqtisodiy siyosat.
Pozitsiyaning yopilishi – ochiq valyutaviy yoki pozitsiyaning qarama-qarshi bitim yo‘li bilan qoplanishi.
Rag‘bat (mukofot) – forvard va spot kurslari o‘rtasidagi farq. Bunda spot-kurs forvard kursidan past bo‘ladi. Tegishli muddatdagi har ikki valyuta foiz stavkalari farqi rag‘batning hisob-kitob bazasini tashkil etadi.
Revalvatsiya – bu milliy valyuta kursining chet el valyuta kursiga nisbatan oshirish. Revalvatsiya asosan importni rag‘batlantirish va milliy bozorni o‘sha mamlakat tovarlari bilan to‘ldirish maqsadida qo‘llaniladi.
Rezerv (Stand-By) kelishuvlari – asosan qisqa muddatli to‘lov balansi muammolarini bartaraf etishga mo‘ljallangan.
Rezidentlar – jismoniy yoki yuridik shaxslar, ya’ni boshqa mamlakatda doimiy yashayotgan fuqarolar.
Reimport – ichki bozorda sotish, importdan farqli o‘laroq mamlakatga xorijiy tovarlarni qayta ishlash va xizmatlarni ko‘rsatish uchun kirtish. Reimport miqdori va tarkibi mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o‘rniga bog‘liq. Uning tarkibini yarim fabrikatlar, xomashyolar, mashina va asbob-uskunalar, yarim qayta ishlangan iste’mol mollari tashkil qiladi.
Real ish haqi – tovar va xizmatlar uchun haq to‘lash majmuasi, ayni davrda ish haqi uchun berilayotgan summa. Bu summa soliqlar iste’molchi indeksi va boshqa to‘lovlardan tashqari bo‘lgan mehnati haqidir.
Savdo balansi – eksport va import operatsiyalari bo‘yicha valyuta to‘lovlari va tushumlarining haqiqatdagi summasi aks ettiriladi. Kreditga sotib olingan tovarlar qiymati bu yerda aks ettirilmaydi.
Savdo to‘sig‘i – odatda tariflar, cheklashlar yoki valyuta nazorati tarzida mamlakatlar o‘rtasida tovarlar va xizmatlar erkin almashinuvining sun’iy cheklanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |