Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


NAFTA – 1992 yilda AQSh, Kanada va Meksika o‘rtasida tuzilgan Shimoliy Amerika Erkin savdo assotsiatsiyasi. Nostro hisobvarag‘i –


Download 0.62 Mb.
bet95/105
Sana02.06.2024
Hajmi0.62 Mb.
#1836162
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   105
Bog'liq
Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D.-fayllar.org

NAFTA – 1992 yilda AQSh, Kanada va Meksika o‘rtasida tuzilgan Shimoliy Amerika Erkin savdo assotsiatsiyasi.
Nostro hisobvarag‘i – A bankning korrespondentlik hisobvarag‘i, B banki uni A bankining pozitsiyasidan yuritadi.
Oltin demonetizatsiyasi – bu oltinning pul funktsiyalarini bajarishdan asta-sekin mahrum etish jarayonidir.
Ochiq schyotlar bo‘yicha beriladigan kredit – eksportyor jo‘natilgan har bir tovarlar qiymatini importyorning hisobiga qarz sifatida qayd qilib boradi. Importyor shartnomada ko‘rsatilgan vaqtda kredit summasini to‘lab boradi. Ochiq schyotlar bo‘yicha beriladigan kreditlar faqatgina doimiy aloqada bo‘lgan firmalar o‘rtasidagina amalga oshirilishi mumkin.
Ochiq iqtisodiyot – tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlangan, milliy iqtisodiyotning nisbiy ustunliklariga tayanib, jahon xo‘jaligi tizimiga integratsiyalashib boruvchi iqtisodiyot.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) – 1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib, asosiy maqsadi qit’aning rivojlanayotgan mamlakatlariga iqtisodiy rivojlanishda ko‘maklashish, hududiy hamkorlikni rag‘batlantirish, a’zo-mamlakatlarga texnik yordam ko‘rsatish va ularning iqtisodiy siyosatini muvofiqlashtirishdan iborat.
Overnayt-pozitsiyaxorijiy valyutadagi pozitsiya, u eng kamida tun vaqti davomida qoplanmaydi.
Optsion – xaridor muayyan summadagi valyutani sotib olish yoki sotish huquqini oladi, sotuvchi xaridorning istagiga ko‘ra valyutani etkazib berishi yoki sotib olishi shart.
Optsion «Kol» – avvaldan kelishilgan narxda muayyan kunda yohud muayyan muddat davomida muayyan summadagi valyutani sotib olish huquqi.
Optsion «Put» kelishilgan narxda, ijro etish kunida yoki muayyan davr mobaynida muayyan summadagi valyutani sotish huquqi.
Optsion mukofati – sotuvchi tomonidan optsion xaridoriga to‘langan rag‘bat. Rag‘bat miqdori ikki qiymatdan tashkil topadi: ichki va vaqtinchalik.
Optsion xatar – valyuta kursi yoki foiz stavkalarining noqulay o‘zgarishlari xatari. U shuningdek valyuta xatari yoki foiz xatari deb ataladi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling