Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari amalga oshirish
Download 0.62 Mb.
|
Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D.-fayllar.org
2. Kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari amalga oshirish
Valyuta operatsiyasini amalga oshirish uchun rezident tomonidan tijorat bankiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 1. Quyidagi shaklga muvofiq ariza; __________________________________ rahbariga (tijorat bankining nomi) __________________________________ dan (mijoz) ARIZA Sizdan________________________________________________________________ (valyuta operatsiyasining turi) bilan bog‘liq valyuta operatsiyasini amalga oshirishingizni so‘rayman. ___________________ __________ ______________________ (ariza beruvchining lavozimi) (imzo) (ariza beruvchining F.I.O.) 20___yil «____» ____________ 2. Valyuta operatsiyasi amalga oshirilishini nazarda tutuvchi hujjatning (shartnoma, kelishuv, bitim va/yoki boshqa hujjat) hamda unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning nusxalari. Bunda hujjat matni davlat yoki rus tilida bayon etilgan bo‘lishi, agar hujjat matni boshqa tilda bayon etilgan bo‘lsa, u legallashtirilgan yoki unga belgilangan tartibda apostil qo‘yilgan bo‘lishi hamda davlat yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Mazkur hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng, tijorat banki tomonidan belgilangan tartibda valyuta operatsiyasi amalga oshiriladi. Rezidentlar hujjatlarni elektron tizim orqali qabul qilish uchun dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan tijorat banklariga arizani elektron shaklda taqdim etishi mumkin. Bunda rezident valyuta operatsiyasi amalga oshirilishini nazarda tutuvchi hujjatning (shartnoma, kelishuv, bitim va/yoki boshqa hujjat) yoki unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning nusxalarini arizaga ilova qilishi lozim. Valyuta operatsiyasini amalga oshirishda rezident quyidagilarga majbur: bir valyuta operatsiyasi bo‘yicha barcha hisob-kitob va to‘lovlarni asosiy depozit hisobvarag‘i ochilgan tijorat banki orqali valyuta operatsiyasi shartlariga muvofiq amalga oshirish; valyuta operatsiyasi shartlariga o‘zgartirishlar kiritilganda (shartnomaning muddati uzaytirilishi, to‘lov muddatining kechiktirilishi, qarzni so‘ndirish jadvalining o‘zgartirilishi, qarzning to‘liq so‘ndirilishi yoki shartnomaning bekor qilinishi va boshqalar) tijorat bankini xabardor qilish. Valyuta operatsiyasini amalga oshirishda tijorat banki: valyuta operatsiyalari hisobini yuritish uchun raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va tijorat bankining muhri bilan tasdiqlangan jurnal yuritishi; amalga oshirilgan har bir valyuta operatsiyasi bo‘yicha ko‘rsatilgan hujjatlar, to‘lov hujjatlari va boshqa zarur hujjatlarning nusxalari tikilgan yig‘majild yuritishi; hisob-kitob va to‘lovlarni valyuta operatsiyasi shartlariga muvofiq amalga oshirishi; O‘zbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlanmagan xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risidagi shartnomalar va ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ijroga qabul qilingandan keyin 5 ish kuni ichida ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni quyidagi shaklga muvofiq Markaziy bankka taqdim etishi.
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling