Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Audionarkotik firibgarliklari 
Internetning runet qismida insonning binaural ritmiga ta’sir qiluvchi 
«tovushli» 
narkotiklar 
xaqidagi 
ma’lumotlar 
tarqala 
boshladi. 
Audionarkotiklarning reklamasi foydalanuvchilarning elektron pochta manzillariga 
ommaviy xatlar jo’natish va boshqa turdagi tezkor ma’lumot almashinish usullari 
orqali amalga oshirilmoqda. Audio-fayllarni tinglash maxsus raqamli kodni 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
kiritgandan so’ng mumkin bo’ladi. Bunday kodni olish uchun esa pul to’lab, SMS-
ma’lumot jo’natish talab etiladi. Bunday alomat mahsulot taklif qiladigan resurslar 
fiktiv anketa ma’lumotlari bilan qayd qilingan chet el provayderlari tarkibida 
mavjud. Mutaxassislarning fikricha, tovush tebranishlari orqali reklama 
qilinayotgan effektga erishish mumkin emas. Ularning ta’kidlashlaricha, tovush 
narkotiklarini qabul qilish oqibatida qattiq bosh og’rig’i kuzatilib, xotira susayishi 
va miya faolligi susayishi kuzatiladi xolos. Shunday qilib, «raqamli narkotiklar» 
xaqidagi ma’lumotlar pul ishlash uchun o’ylab topilgan firibgarlarning yana bir 
antiqa xiylasidir.
Mahsus turdagi viruslar yordamida amalga
oshiriladigan kiberfiribgarliklar 
Barchamizga ma’lumki, internetda tarqatiladigan viruslar sonini sanab 
sanog’iga yetish mumkin emas. Kiberfiribgarlar tomonidan ishlab chiqilgan va 
internetda faoliyat ko’rsatadigan zararli dasturlardan biri Trojan.Encoder.20
hisoblanib, ushbu dastur shunday dasturlar kodlari joylashtirilgan saytlar orqali 
bilintirmasdan bu saytga kirgan foydalanuvchilar kompyuterlariga yuklantiriladi. 
Bu dastur foydalanuvchi kompyuteridagi barcha fayllarni shifrovka qilgandan 
so’ng, o’z-o’zidan yo’qoladi. Endi foydalanuvchi o’z fayllarini ochmoqchi bo’lsa, 
ularda bu fayllarni ochish (yoki rasshfrovka qilish) uchun firibgarlarga SMS orqali 
ma’lum bir miqdordagi pul to’lash so’raladi (10 dollardan 89 dollargacha). Agar 
shunday virus kompyuteringizga tushib qolsa, uni yo’qotish uchun Dr. Web 
tomonidan ishlab chiqilgan tekin utilitani kompyuteringizga yuklab olish tavsiya 
etiladi.

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling