Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
Ayupovrx-DEL-@tfi.uz
Bu yozuvdan insonlar sizning xaqiqiy manzilingiz qanday ekanligini osongina bilib oladilar, avtomat dasturlar esa xuddi shu elektron manzilni sizniki sifatida qabul qiladilar. ICQ peydjerlari xam juda yuqori darajadagi xavf tug’diradigan servislardan biri hisoblanadilar. Bu yerda oddiy ma’lumot almashinishdan tashqari, o’ta xavfli dasturlar ko’rinishidagi fayllarni xam almashinish mumkin. Bunda fayllar bilan ishlash qoidalari elektron pochta orqali biriktirilgan fayllarni qabul qilish qoidalari singari bo’lishi mumkin. Shuning uchun xam jo’natilgan fayllarni antivirus dasturlar yordamida tekshirmasdan turib, aslo ochmang. Muloqot tizimlaridagi insonlar bilan muloqot qilganingizda, ularni real insonlarmi yoki qalbaki ma’lumotlar asosida ishlaydigan insonlarmi yoxud firibgarlarmi – aniqlab oling. O’z xaqingizdagi ma’lumotlarni esa imkon darajasida boshqalarning bilishiga yo’l qo’ymang. Muloqot tizimlari bilan bog’liq potentsial xavflaridan yana biriga sizning IP-adresingizning aniqlanilishi mumkinligidir. Bu adres orqali sizga tashqaridan ta’sir o’tkazilishi mumkin. Shuning uchun ICQ da ishlaganda IP- adresingizni ko’rsatishni ma’n etuvchi belgichani o’rnating. 6.4. Elektron tijoratda xavfsizlikni ta’minlovchi tavsiyalar Yuqorida aytilgan barcha ma’lumotlarni jam qilgan xolda foydalanuvchining internetda ishlash xavfsizligi darajasini oshirish uchun quyidagi tavsiyalarga rioya etish talab qilinadi: Eng yangi antivirus bazasiga ega bo’lgan antivirus dasturlarni kompyuterga o’rnatish va uning yordamida yangi va eski faylllarni tekshirib chiqish; Foydalanilayotgan operatsion tizimlarning yangi versiyalari bo’yicha ma’lumotlarni bilish va ularga yangilangan himoya imkoniyatlarni qo’shib qo’yish; Operatsion tizimni shunday sozlash lozimki, unda tarmoqda xavfsiz ishlash imkoniyatalari ta’minlansin; Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Iloji boricha eski operatsion tizimlardan voz kechish va yangilarini ishlatish; Doimiy ravishda tarmoqda ishlash bo’yicha amaliy dasturlarni yangilash, shu jumladan, internet-brauzerni, pochta dasturlarini va boshqalarni; Kompyuter viruslari, xavfli dasturlar va tarmoq xujumlari boshqa vositalarning ta’sirini minimallashtirish maqsadida elektron pochtani, brauzerni va pochta mijozlari servislarining ko’rsatgichlarini sozlash (nastroyka qilish); Ishonchga sazovar bo’lmagan manba’lardan (noma’lum web-saytlardan, elektron pochta orqali jo’natilganlar, telekonferentsiya va muloqot tizimlaridan) olingan fayllarni kompyuterga joylashtirmaslik va ularni saqlamaslik. Shubxali faylllarni darxol yuqotish; Pochta ma’lumotlari olinmaganligi xaqidagi ma’lumotlarda buning sababiga e’tibor bering va agar bu ma’lumotlar kompyuteringizdagi fayllarda virus mavjudligiga ishora qilgan taqdirda tegishli antivirus amallarni bajaring; Imkoniyat boricha tizimda parollarni (internet bilan ulanish, elektron pochtaga kirish va boshqalar uchun kerak bo’lgan login va parollarni) saqlamang yoki ularni tez-tez o’zgartirib turing; Doimiy ravishda juda muxim ma’lumotlarning rezerv nusxalarini olib qo’ying; Yoningizda doimo tizimni yuklash disklari bo’lsin va agarda kompyuteringiz virus bilan zararlangan bo’lsa, tizimni disk orqali ishga tushirib, antivirus orqali tekshiring; Eng foydali bo’lgan va aqlga muvofik bo’lmagan takliflar ko’pchilik xollarda firibgarchilik bo’lib chiqadi; Moliyaviy piramidalar bilan ishlash ko’pchilik xollarda kattagina mablag’larni osonlik bilan yo’qotishga olib keladi. Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling