Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 1. Jamiyat hayotining turli sohalarida blokcheyn-texnologiyalarni muvaffaqiyatli joriy qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan: global tendensiyalarni monitoring qilish, texnologik o'zgarishlarni, shuningdek, blokcheynni qo'llashning yangi sohalarini, usullarini va mexanizmlarini aniqlash uchun taqsimlangan reestr texnologiyalari bo’yicha xalqaro tajribani organish va uni halq xo'jaligi tarmoqlarida tezkorlik bilan o’zlashtirish; O'zbekistonda blokcheyn texnologiyalarini joriy etish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish maqsadida mamlakatdagi ilmiy-amaliy tashkilotlar bilan birgalikda amaliy, ilmiy va marketing tadqiqotlarini tashkillashtirish; blokcheyn va unga aloqador texnologiyalarni, shu jumladan, bulut texnologiyalari, kriptografiya, kriptoanaliz, aqlli kontraktlar va boshqa bu bilan bog’liq innovatsion texnologiyalarni potentsial foydalanishni tartibga soluvchi halqaro normativ-huquqiy bazalarni tahlil qilish va ularni respublika sharoitlariga mos ravishda takomillashtirish; mamlakat miqyosidagi blokcheyn loyihalarni samarali ravishda amalga oshirish uchun tegishli tashkiliy va texnik infratuzilmani rivojlantirish; blokcheyn-texnologiyalarni joriy etish bilan bog'liq tashabbuslar, milliy tildagi yangi adabiyotlar, tadbirlar hamda loyihalarni axborot-analitik va metodik jihatdan qo'llab-quvvatlash; Blokcheyn-texnologiyalar bo’yicha oily ta’lim muassasalar va akademik tashkilotlar, olimlar va professor-o’qituvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish; Blokcheyn-texnologiyalarni ommalashtirish bo’yicha ilmiy-amaliy va o’zbek tildagi ommabop adabiyotlar yaratish va ularni ommaviy axborot vositalari yordamida halq ommasiga keng targ’ibot qilish; Blokcheyn-texnologiyalarni amaliyotga qo’llash bo’yicha moliya-kredit va bank tashkilotlari hamda tadbirkorlik sub’ektlari bilan uzviy aloqada bo’lib ishlash. 2. Milliy blokcheyn-kompetentsiya va vakolatlarni rivojlantirish, shu jumladan: Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva o taqsimlangan reestr texnologiyasidan samarali foydalanish uchun davlat tuzilmalarining kadrlar salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash; o blokcheyn sohasida milliy ekspertlar guruhini shakllantirish, bu bilan bog’liq bo’lgan muammolarni muhokama qilish uchun zarur bo’lgan innovatsion maydonchalar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda amaliyotda blokcheyn texnologiyalarni qo'llashning yangi yo'nalishlari va usullarini yaratish; o iqtisodiyotning turli sohalariga, tadbirkorlikda va davlat boshqaruviga yo’naltirilgan blokcheyn-texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish; o taqsimlangan reestr texnologiyalarini joriy etish bilan shug'ullanuvchi milliy kompaniyalarni va soha mutahassislarini rag'batlantirish hamda qo'llab- quvvatlash; o blokcheyn texnologiyasi yo’nalishida ilmiy va amaliy izlanish olib boruvchi oliy o’quv yurtlari, texnoparklar, analitik markazlar, ilmiy-tadqiqot markazlari va boshqa milliy akademik va mutaxassislar birlashmalarining a’zolarini rag’batlantirish maqsadida o’zaro hamkorlikni amalga oshirish; o Taqsimlangan ro’yhat texnologiyasini qo’llash borasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga yo’naltirilgan anjumanlarini tashkillashtirish va o’tkazish, bu boradagi halqaro tajriba va o'zaro tajriba almashishlarda faol ishtirok etish; 3. Blokcheyn innovatsion texnologiyalarini davlat boshqaruv tizimi va milliy iqtisodiyotga tadbiq etish jarayonini muvofiqlashtirish, shu jumladan: blokcheyn texnologiyalarini qo’llash va tadbiq etish bo’yicha maslahat hizmatlarini ko’rsatish, mutaxassislar hulosasini taqdim qilish hamda bu soha bo’yicha innovatsion fikr va takliflarni berish. davlat boshqaruvida blokcheyn texnologiyani qo’llagan holda information- kommunikatsion sohaga oid optimal yechimlarni yaratish va tadbiq qilishda yaxlit va bir butun texnologik yondashuvni ta’minlash; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling