Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aqlli kontrakt
- Everledger
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Davlat idoralari va boshqa tashkilotlarda taqsimlangan reestr texnologiyasiga asoslangan umumdavlat raqamli platformalari ishlatilishining rivojlanishiga ko’maklashish. blokcheyn konsepsiyasini ommaga namoyish qilish va uning amalga oshirilishi mumkinlgini tekshirish maqsadida davlat, hususiy yoki ijtimoiy sohalarda blokchain ilk loyihalarini amalga oshirish. Blokcheynni tushunish ushun avvalo pulning asosiy vazifasi nima ekanligini tushunib olamiz. Pulning asosiy vazifasi insonlar orasidagi savdo jarayonini osonlashtirishdir: Agarda pulning jamiyatdagi harakatini tahlil qilsak, juda ham murakkab jarayonlar ko’z oldimizga keladi: Bunda barcha hisob kitoblar tabiiyki, buxgalteriya orqali amalga oshadi: Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Buxgalteriyadagi ma’lumotlar esa konfidentsiyal va ularni boshqarish anchagina murakkab masaladir. Ushbu vazifani osonlashtirish uchun bir qancha turdagi vositachilar hizmatidan foydalanish mumkin. Masalan, banklar, auyditor kompaniyalar va ular bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy tashkilotlar. Bu esa hisob ishlarini juda ham murakkablashtirib yuboradi. Shuning uchun hozirgi paytda blokcheynlardan foydalangan xoldagi taqsimlangan buxgalteriya kontseptsiyasi ishlab chiqilmoqda. Uni sxematik ko’rinishda quyidagicha tasvirlashimiz mumkin: Bunda buxgalteriya kitoblari tarmoqda joylashtirilib, barcha uchun birday ko’rinshga ega bo’ladi va hech kim unga egalik qilolmaydigan ko’rinishga keladi. Natijada biz taqsimlangan buxgalteriya kontseptsiyasiga kelamiz. Bunda buxgalteriya kitoblarining barcha nusxalari bir xil bo’ladi. Barcha tranzaktsiyalar esa barcha tarmoq ishtirokchilari tarmoq orqali ko’ra oladigan shaffof va ommaviy xolatga keladi: Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Noto’g’ri va noqonuniy tranzaktsiyalarni esa boshqalardan berkitib bo’lmaydi, ular darhol barchaga oshkor bo’ladi-qo’yadi: Amalga oshirilgan har bir alohida tranzaktsiya esa maynerlar tomonidan tasdiqlanadi va foydalanuvchilar tomonidan tekshirib turiladi: Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Bu operatsiyalarningbarchasi blokcheyn deb atalgan taqsimlangan kompyuter tarmog’i vositasida amalga oshiriladi: Demak, blokcheyn bu - bir xil huquqqa ega bo’lgan va tarmoqqa P2P (peer to peer) usulida ulangan bir qancha kompyuterlarga yozilgan ma’lumotlardan iborat jurnal bo’lib, unda istalgan turdagi va ko’rinishdagi ma’lumotlar (masalan, pul operatsiyalri, kontraktlar, patsientlar yoki mijozlar haqidagi ma’lumotlar, turli ko’rinishdagi bilimlar va boshqalar) saqlanishi mumkin. Blokcheyn texnologiyalarini amalda qo’llashda ko’pincha aqlli kontraktlar (smart contract) tushunchasi ham ishlatiladi. Aqlli kontraktlarga o’tishdan avval kontrakt nimaligini Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva eslatib o’tamiz: Kontrakt bu ikki yoki undan ko’p shaxlar orasida qandaydir huquq yoki majburiyatlarining tuzilganligi, o’zgarganligi yoki tugaganligini aniqlab beruvchi hujjatdir. Unda qandaydir xodisaning ro’y berishiga olib keluvchi shart- sharoitlar majmusi aniqlab beriladi. Aqlli kontrakt esa, real dunyoda yoki raqamli olamda qandaydir xodisaning ro’y berishiga olib keluvchi shart-sharoitlar majmusini aniqlab beradigan elektron hujjat - algoritmdir. Aqlli kontraktlarning amalga oshirilishi uchun insoniy faktorni umuman chetga chiqarib tashlaydigan markazlashmagan muhit kerak bo’ladi. Agarda aqlli kontraktda biror-bir narsaning bahosini uzatish yoki ishlatish yoki ko’rsatish zarur bo’lsa, u holda qiymat uzatish vositasi - kriptovalyutani ishlatish lozim bo’ladi. Masalan, agarda bitkoin blokcheynida aqlli kontraktni ishlatsak, u quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: Aqlli kontrakt orqali blokcheynda istalgan turdagi ma’lumotlarni yoki ma’lumotlar majmuasini yoki ma’lumotlar to’plamini saqlay olamiz. Masalan: Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Blokcheyn texnologiyalaridan foydalanishga yana bir misol sifatida domen ismlarining taqsimlangan domenli tizimini ko’rsatishimiz mumkin: Blokchen texnologiyasidan jahon miqyosida foydalanish bo’yicha yana bir qancha real misollarni quyidagi tasvir orqali tasavvur qilishingiz mumkin: Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Blokchen texnologiyasining notarial idoralar ishida ishlatilishiga yaqqol misol esa quyida infogramma ko’rinishida keltirilgan: Taqsimlangan reestr vositasida buxgalteriya ishini yuritish bo’yicha real mavjud bo’lgan platformalarga misol sifatida Everledger ni keltirishimiz mumkin (everledger.io). Bu blokcheyn texnologiyalarning jahon miqyosida ishlatilayotgani va tan olinayotganiga o’ziga hos xayotiy bir misoldir. Gruziyada ham yer kadastri ishlari bitkoinning blokcheynida amalga oshirilgani haqida ma’lumotlar mavjud. Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Ukrainada esa blokcheyn yordamida kim oshdi savdolari o’tkazilsh loyihalari amalga oshirilmoqda. Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling