Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
3. Doimiy rivojlanish va tajribalar o’tkazish. Firmalar katta ma’lumotlar 
bazalaridan foydalanish, tizimlarni avtomatlashtirish bo’yicha kuchli 
bashoratlash algpritmarini ishlatish va zahiralarni taqsimlash hamda ishlab 
chiqarishda qarorlar qabul qilish kabi imkoniyatlarga ega bo’ladilar. 
4. Kontraktlardagi innovatsiyalar. Firmalar va iste’molchilar o’zlari trnzaktsiya 
o’tkazadigan shaxslarning faoliyatlari samaradorliligini kuzata va nazorat qila 
oladilar. Bu esa iqtisodiy kelishuvlarning yangi turlari (ridesharing – transport 
vositalarining birgalikda ishlatilishi) paydo bo’lishiga olib keladi. Ammo 
hozirda carshering degan tushuncha ham mavjud, bunda qandaydir bir tomon 
uning mulkdori bo’lmaydi. 
5. Kommunikatsiya 
va 
koordinatsiya
Simsiz 
aloqa 
vositalari, 
videokonferentsiyalar va hujjatlar almashinish uchun qo’llaniladigan dasturiy 
ta’minot kabi kommunikatsiya vositalari insonlar va resurslarga olar qaerda 
bo’lganligidan qat’i-nazar o’zaro yaxshiroq muloqot qilish imkonini beradi. 
Shu tufayli firmalar o’z mahsulotlari va hizmatari bilan global bozorda 
yaxshiroq ishlay oladilar.
2016 yildan boshlab G7 va G20 ministrlari darajasida raqamli transformatsiya 
masalasi global kun tartibida katta ahamiyat kasb eta boshladi. Hozirgi paytda luda 
ko’p davlatlarning va jahon bo’yicha ko’zga ko’ringan rahbarlarning orasida 
raqamli transformatsiyaning jamiyatdagi ahamiyati bo’yicha yakdillik mavjud.
Tarixda uchta sanoat inqilobi bo’lib o’tgan va raqamli iqtisodiyot to’rtinchi 
sanoat inqilobi deb hisoblanilayapti: 
Birinchi sanoat inqilobi 1760-1850 yillarda Buyuk Britaniyada boshlangan 
va bunda qishloq ho’jaligidan mexanizatsiyalshgan tizimlarga o’tilgan 
(paxtani qayta ishlash uskunalari, par generatorlari, paroxodlar, temir 
yo’llar va metallurgiya); 
Ikkinchi sanoat revolyutsiyasi 1870 yilda AQSH da boshlanib, tahminan 100 
yillar 
davom 
etgan 
(ommaviy 
ishlab 
chiqarish, 
taqsimlash 
va 
kommunikatsiyalarning rivojlanishi, elektr, telefoniya, radio, televidenie
ichki yonuv dvigateli, osmono’par uyar, plastmassa, antibiotilar kabilar) 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
Uchinchi sanoat revolyutsiyasi kompyuter va axborot-kommunikatsion 
texnologiyalar bilan bog’liq bo’lib, AQSh boshchiligida 1960 yillarda 
boshlangan (kompyuterlarning texnik va dasturiy ta’minoti, shaxsiy 
komp’yuterlar, tarmoq texnologiyalari, yarim o’tkazgichlar, integral 
mikrosxemalar, elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar, meynfreymlar, elektron 
savdo tizimlari, mobil aloqa).
To’rtinchi sanoat inqilobi jamiyatni va iqtisodiyotni fizik, raqamli va 
biologik dunyolarni qo’shib yuborgan holda transformatsiya qiladi va 
buning oqibatida jamiyatda tub o’zgarishlar qilishga qodir bo’lgan bir 
qancha sun’iy intellektli aqlli tizimlar yuzaga keladi. 
Jahon iqtisodiy forumi tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq tayyorligi indeksi 
(Networked 
Readiness 
Index
mamlakatlarning 
raqamli 
iqtisodiyotga 
tayyorligining 
asosiy 
ko’rsatgichlaridan 
biri 
hisoblanadi. 
Buko’rsatgichraqobatbardoshlikvahayot 
sifatini 
ta’minlashda 
iqtisodiyot 
information-kommunikatsion texnologiyalarni qanchalik yaxshi ishlatayotganligini 
ko’rsatadi. Jahondagi mamlakatlardan 139 nafari ishtirok etgan reytingda birinchi 
o’rinda Singapur davlati turadi. Boshqa davlatlarning o’rni esa quyida keltirilgan: 
1. Singapur - 6.0 
2. Finyandiya - 6.0 
3. Shvetsiya - 5.8 
4. Norvegiya - 5.8 
5. AQSH - 5.8 
6. Niderlandiya - 5.8 
7. Shveytsariya - 5.8 
8. Britaniya - 5.7 
9. Lyuksemburg - 5.7 
10. Yaponiya - 5.6 
11. Daniya - 5.6 
12. Gonkong - 5.6 
13. JanubiyKoreya - 5.6 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
14. Kanada - 5.6 
15. Germaniya - 5.6 
16. Islandiya - 5.5 
17. YangiZelandiya - 5.5 
18. Avstraliya - 5.5 
19. Tayvan, Xitoy - 5.5 
20. Avstriya - 5.4 
* Jahon Iqtisodiy Forumi ma’lumotlari asosida tuzilgan: URL: http:/ / 
reports.weforum.org/global-information-technology-report-2016/networked-
readiness-index
YangiraqamlitexnologikbosqichnihozirgiHigh-Tech davridan farqli o’laroq, 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling