Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Analitik bo’limning tajribali va kuchli bo’lishi
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Spylog, Rambler, WebTrends.com, Omniture.com
11. Analitik bo’limning tajribali va kuchli bo’lishi – hech qanday kompaniya
analitiklarsiz, bozor haqidagi ma’lumotlarni yig’masdan, qayta ishlamasdan va tahlil qilmasdan, mijozlarni o’rganmasdan va natijalarni har tomonlama tahlil qilmasdan muvaffaqiyatli ravishda ishlay olmaydi. Shuning uchun ham har bir katta kompaniya o’zining analitik bo’limiga ega, kichik kompaniyalar esa bunday ma‘lumotlarni kimlardandir oladilar va o’z kuchlari bilan ularni tahlil qiladilar. Statistika usullarini qo’llash foydalanuvchilar oqimi ko’payishi yoki kamayoshi hmda buning sabablarini o’rganishga imkon beradi. Ma‘lumotlarni yig’ish va tahlil qilishga mo’ljallangan servislar qatorida Spylog, Rambler, WebTrends.com, Omniture.com larni kiritishimiz mumkin. Ommabop statistika servislariga esa Yandex.Metrika, Google Analitics, LiveInternet va Rambler Top100 lar misol bo’la oladi. Kompaniyaning muvaffaqiyatga erishish omillarini tahlil qilish bo’yicha juda yaxshi bir misol Groupon kompaniyasining tarixi va uning unikal biznes- modelidir. 2008 yilda bozorga chiqqan bu kompaniyaning asosiy kontseptsiyasi foydalanuvchilarga chegirma kuponlarini taklif qilish bo’lgan. Atigi 18 oy ichida kompaniya bir necha yuz shtatga ega bo’lgan katta kompaniyaga aylandi va 2009 yilda AQSH ning 30 shtatida o’z filiallarini ochdi. Kompaniya asoschisi Endryu Meysonning aytishicha (Cennet F.Groupon. Bizning qanday harid qilishimizni o’zgartirib yuborgan biznes-model. M.: Al’pina Publisher, 2013), Groupon kompaniyasining muvaffaqiyati quyidagilarga asoslangan ekan: Insonlarni baxtli qilish va ularni qoyil qoldirish; Qilingan ishlar bilan hech qachon qoniqmaslik; Zerikarli bo‘lmaslik; Mijozlarga eng yuqori darajada xizmat ko’rstish. Bu loyihaning mohiyati yangiligi nimada bo’lgan? Istalgan inson bu resurs yordamida qandaydir yangi tadbirni boshlashi mumkin. Masalan, biror bir investitsiyon loyihani boshlash va unga mablag‘ yig’ish uchun quyidagi prinstip tanlandi deylik: „G’oyani amalga oshirish uchun yetarli bo’lgan ishtirokchilar yig’ilmaguncha, ularning schetlaridan pullar olinmaydi“, yoki tadbirkorlarga Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva bunday ko’rinishda murojaat qilinadi: „Agar biq sizga yuzta mijoz topsak, siz bizga 50% chegirma qilib bera olasizmi?“ Bunday yondoshuv iste’molchlar uchun moliyaviy foyda olish va tadbirkorlar uchun kutilgan natijalarga erishish borasida faol aloqa o’rnatishga imkon beradi. Bunday kontseptsiya tadbirkorlar orasida tarqatilib, mahsulot va hizmatlarga ma’lum darajadagi chegirma berish evaziga ularga kafolatlangan sondagi mijozlar topib berilgan. Haqiqatan ham har kuni tadbirkorlardan sotilmagan tovarlar, tez orada muddati o’tib buzilib ketadigan oziq-ovqat mahsulotlari, turli xildagi tadbirlarga biletlar ortib qoladi. Tadbirkorlar esa zarar ko’rmaslik uchun kerakli sondagi mijozlar topilgan taqdirda, o’z tovar va xizmatlariga yaxshigina chegirmalar berishga ham rozi bo’ladilar. Groupon kompaniyasi tadbirkorlarga xuddi shu muammolarni hal qilish uchun yordam bergan va katta muvaffaqiyatga erishgan. 2010 yilning kuzida Google bu kompaniyani $5,75 milliard dollarga sotib oldi. Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling