Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
- Bu sahifa navigatsiya:
- OneTwoTrip, Anywayanyday, Ostrovok
Data Insight agentligining bashoratlariga ko’ra, on layn turizmning Rossiyadagi
hajmi 2020 yilga kelib $13-14 milliard dollar miqdorida bo’lishi kutilmoqda ekan (http://top.rbc.ru/technology_and_media). Ozon kompaniyasi ham Ozon.travel deb nomlangan va turizmga ixtisoslashgan yangi kompaniya tashkil qilgan. Niderlandiyada tashkil etilgan Booking.com agregator kompaniyasining qulay servisi turistlarga mehmonxonalarni bron qilishni, sayoxatlar zakaz qilishni, avtomashinalarni ijaraga olishni va boshqa bir qancha hizmatlarni taklif qiladi. Mehmonxonalarni osha kuniyoq zakaz qilishga imkon beradigan servislarga OneTwoTrip, Anywayanyday, Ostrovok larni misol qilishimiz mumkin. Booking Now servisi esa turistlarga mehmonxonalarni bir soat ichida, kelishdan bir soat oldin zakaz qilish imkoniyatini yaratadi. Onlayn turizm bozorining rivojlanishi drayverlari sifatida quydagilarni keltirishimiz mumkin: Internetning turli sohalarga kirib kelishi va rivojlanishi; Elektron tijorat texnologiyalarining rivojlanishi; Onlayn tiristik hizmatlarga bo’lgan ishonchning ortishi; Turustik xizmatlar iste’molchilarining hulq-atvorlari o’zgarishi, masalan, ular endi bilatlarni o’zlari to‘layaptilar va mehmonxonalardagi joylarni mustaqilravishda tanlayaptilar; „Yagona oyna“ ko’rinishidagi agregatorlarning paydo bo’lishi; Turistik servislar va turistik agentliklarning usability darajasining oshishi. On-line travel bozorida qo’shimcha iste’mol qiymati quyidagilar vositasida ta’minlanadi: Shaxsga yo’naltirilgan hizmat ko’rsatish; Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Ma’lumotlarni yig’ish va tartibga solishning bir joyda va bir servisda amalga oshirilishi (informatsiyaning konsolidatsiyasi); Ofisga kelish va qo’ng’iroq qilishlarga ketadigan vaqtning tejalishi; Ma’lumotlar va hizmatlardan yil davomida va sutka mobaynida foydalanish imkoniyati (365/7/24); Biletlarni istalgan qurilmada elektron ko‘rinishda saqlash imkoniyati; Biletni yo’qotib qo’yish va uyda yoddan chiqarish kabi xolatlar yo’qligi. On-line travel bozoridagi kelajak trendi shundan iboratki, oflaynda ishlaydigan ko’pchilik kompaniyalar internetda o’zlarining elektron savdo maydonlarini tashkil qila boshlaydilar va turistlarga o‘z komp’yuterlari yoki mobil qurilmalari yordamida marshrutni tanlash, biletni sotib olish, mexmonxonani bron qilish va sayohat uchun kerakli bo’lgan xujjatlar paketini olish kabi ishlarni bajarish imkoniyatini yaratadilar. Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling