Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Tizerli reklama yoki tizerlar – to’rtburchak shaklli negative ko’rinishdagi
grafik reklama guri bo’lib, saytga murojaat qiluvchiga shilqimlik bilan ko’rsatiladi.
Transchagaraviy elektron savdo (
cross-border trade) – bir mamlakatning
bojxona xududidan ikkinchi mamlakatning bojxona xududiga tovarlarning harakatini
amalga oshiradigan savdo turi.
Trafik – saytga kiruvchilar soni.
Fudkort (
food court) – restoran yoki savdo
markazining ovqatlanish hududi,
fudkortda bir nechta tamaddixonalar bo‘lishi mumkin.
Chellenj (
challenge) – chaqiriq, bajarish lozim bo‘lgan topshiriqqa chorlov.
Kollaboratsiya (
collaboration) – umumiy manfaatga birga erishish uchun ikki
yoki undan ko‘proq kishining sherikchiligi.
Startap (
startup) – ingliz tilidan olingan bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi «start
oluvchi», «boshlang‘ich» demakdir. Dastlab 1973 yilda «Forbes»
jurnalida
ishlatilgan. YOsh tadbirkorlar
amalga oshirmoqchi, tezda
muvaffaqiyatga erishish
niyatida bo‘lgan loyihalar.
VOD –
Video-on-Demand – talab bo’yicha video.
VR –
Virtual reality – virtual reallik.
Favikon – saytning firmenniy belgisi.
Fishing – aldash yo’li bilan login va parolni olish ko’rinishidagi firibgarlik.
Frelanser (
Freelancer) -
inglizcha free –ozod va lance – nayza so’zidan
olingan bo’lib, shtatga turmasdan dunyoning ustalgan
nuqtasida bir qancha
firmalarning ishini bajarib beradigan shaxs.
Do'stlaringiz bilan baham: