Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
Litecoin (https://litecoin.org) – kapitalizatsiyasi 4 milliard dollardan ortiq
bo’lgan kriptovalyuta Namecoin (https://namecoin.org) – blokcheyn texnologiyasi yordamida domen nomili markazlashmagan tarmoqlar hosil qilish imkonini beradi. Namecoin tizimining yana boshqa maqsadlaridan biri, internetga ulangan komp’yuterlar uchun manzillar tizimini tuzish bo’lib, u hozirda mavjud bo’lgan amerika kompaniyalariga tegishli DNS (Domain Name System) tizimini yangisiga almashtira olishligidir. OneCoin (http://www.onecoin.eu) – bu kroptovayuta tizimi hozirgi vaqtda o’z bloklarida operatsiyalarning to’liq shaffofligini ta’minlab beradigan Know-Your-Customer (KYC) turidagi hujjatlarni saqlaydigan dunyodagi birinchi kriptovalyuta tizimidir. Vashingtondagi Djordjstoun universitetidagi bir guruh mutaxassislar sun’iy Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva intellektdan foydalanadigan yangi kriptovalyuta chiqarish taklifi bilan chiqdilar (Cryptocurrency with a Conscience: Using Artificial Intelligence to Develop Money that Advances Human Ethical Values // http://www.finyear.com/attachment/641777). Ularning firklaricha, kriptovalyutalar butun dunyodagi insonlarning imkoniyatlarini va iqtisodiy huquqlarini kehgaytirishga imkon yaratadilar (Virtual Currencies; Bitcoin & What Now after Liberty Reserve, Silk Road, and Mt. Gox? // https://papers.ssrn.com/sol3/papers. cfm?abstract_id=2393537). Albatta kriptovalyutalar jinoiy faoliyatni amalga oshirishga ham o’z hissalarini qo’shadilar va buning oqibatida jamiyat hamda insonlarga kattagina zarar yetkazishlari mumkin. Ammo, kriptovalyuta himoyachilarining fikrlaricha, kriptovalyutalarning etik normalari sifat jihatidan qandaydir yangi narsalar emas, chunki ilgari ham, hozir ham pullar biror bir etik normalar bilan bog’liq bo’lmagan passiv substantsiya sifatida qabul qilingan. Har qanday ko’rinishdagi pul yoki pullar yaxshi maqsadlarda ham, yomon maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin, albatta. Ba’zi bir guruh mutaxassislar esa pulning neytral deb baholanishiga qarshi ham chiqadilar. Haqiqatan ham, sun’iy intellect, kriptografiya va etiketning sun’iy intellectli dasturlari joylashtirilgan komp’yuterlar etik jihatdan neytral bo’la olmaydilar, balki ular pullarning qanday ishlatilishini ham nazorat qila va boshqara oladilar. Bunday natijalarga erishish uchun intellectual platformalardagi kriptovalyutalar yaratishning texnologik asoslarini ishlab chiqib, undan so’ng, bunday kriptovalyutalarni ishlatishning huquqiy, etik, sotsiologik, psixologik, texnologik, ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirlarini o’rganib chiqish kerak bo’ladi. Ammo, real pul qiymatiga va etik ko’rsatgichlarga ega bo’lgan kriptovalyutalarning rivojlanishi insonlarga o’z kompaniyalarining ichki korporativ etikasiga va uning xolatiga ham ta’sir qilish imkonini beradi. Lekin bunday avtonom va boshqariluvchan kriptovalyutalar (Autonomous Ethically Guided Cryptocurrency, AEGC) yaratish jarayoni hali-hanuz to’la-to’kis poyoniga yetgani yo’q va bu vaqtinchalik holat, albatta. Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling