Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Bilimlarga  asoslangan iqtisodiyot


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Bilimlarga 
asoslangan iqtisodiyot 
tizimi 
Ilmiy tadqiqot 
ishlari maydoni 
Bilimlarga asoslangan 
iqtisodiyotning 
infratuzilmasi 
Bilimlar hosil 
qilish 
Bilimlar, 
ma’lumotlar, 
yangilklar
Jamiyatning 
mahsulot ishlab 
chiqarishi 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
miqyosda o’rganiladi. Bilimlarning biror bir moddiy yoki ma’naviy ne’mat 
yaratadigan tashuvchisi, saqlovchsi va foydalanuvchisi inson bo’lgani tufayli, 
jamiyat uchun kerakli bo’lgan amaliy bilimlar asosan ta’lim tizimida hosil qilinadi. 
Shuning uchun ham bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotda sifatli mahsulotlar 
ishlab chiqarishning asosi - ta’lim muassasalaridagi zamonaviy sifatli ta’lim 
jarayonida hosil bo’ladi, deyishimiz mumkin. Ishlab chiqarish va ta’lim tizimi 
orasidagi asosiy bog’liqlik va munosabatlar majmui ham xuddi shu bilan 
aniqlanadi. Raqamli iqtisodiyotni bilimlardan foydalanish asosida tahlil qilib 
chiqqanda ishlab chiqarish tizimi, ishlab chiqarish potentsiali, bilimlarga 
asoslangan iqtisodiyotning ishlab chiqarish jarayoni, bu bilan bog’liq iqtisodiy 
munosabatlar sub’ektlari, innovatsion tizim, innovatsion potentsial, innovatsion 
amaliyot sub’ektlari va boshqa tushunchalar o’rganiladi. Yuqorida tavsif etilgan 
muammolar bo’yicha bir qancha ilmiy manba’larni /5-8/ tanqidiy ravishda 
o’rganish shuni ko’rsatadiki, ilk ilmiy izlanishlar informatizatsiya tushunchasi va 
uning iqtisodiyotga ta’sirini o’rganishga bag’ishlangan – xuddi shu holat “raqamli 
iqtisodiyot” paradigmasining paydo bo’lishiga olib keldi. Ushbu yo’nalishning 
muallifi iqtisodiyotdagi neoklassik yo’nalish namoyondasi Dj. Stigler hisoblanadi 
/11/. Ammo informatsiya tushunchasi mavhumroq bo’lgani uchun, “agent uchun 
informatsiya” tushunchasi kiritilib, u informatsiya jamlanishi va qayta ishlanishi 
natijasida paydo bo’ladigan bilimni namoyish qilishga imkon beradi. Muhitnimg 
holati haqidagi ma’lumotlar majmui sifatida tushuniladigan ”bilimtushunchasi 
informatsiyaga nisbatan birlamchi deb aniqlandi. Xuddi shuning uchun ham 
raqamli informatsion iqtisodiyot” dan “bilimlarga asoslangan raqamli 
iqtisodiyot” tushunchasiga o’tildi. Lekin “bilimlarga asoslangan raqamli 
iqtisodiyot” tushunchasi unchalik aniq emas va shuning uchun turli hil ilmiy 
iqtisodiy maktablarning namoyondalari tomonidan bir-biridan farq qiladigan bir 
qancha ma’nolarda talqin etilishi mumkin. Misol sifatida F. Xayekning “tarqoq 
bilim” kontsetsiyasini yoki P.N. Zavlin va L.A. Jolents, Polyak olimi Ya. Muyjel, 
Venger olimi B. Santo va boshqalarning ishlarida o’rganilgan “innovatsion 
iqtisodiyot” ni keltirish mumkin. Bilimlar iqtisodiyoti tizimi, uning tuzilishi, 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
infratuzilmasi va uning faoliyati mahsullari tahlili A.I. Tatarkin, A. E. Koguta, 
N.L. Frolova va V.J. Kellening ilmiy ishlarida o’z aksini topgan /9/. Yangilik 
kiritishlar va uning raqamli iqtisodiyotdagi ahamiyatini Y. Shumpeter aniqlab, 
ularning man’bai sifatida raqobatning asosiy faktori bo’lgan korporatsiyalarning 
ilmiy faoliyatini ko’rsatgan. Ammo bu holda ham asosiy dominanta sifatida yangi 
g’oyalarni samarador iqtisodiy yechimlarga aylantira oladigan novator-tadbirkor 
insonning ijodi hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng, Amerika iqtisodchisi 
R. Solou AQSH iqtisodiyotidagi quyidagi qiziqarli bog’liqlikni aniqladi: 
ishlatilayotgan kapitalning ko’paytirilishi mahsulot o’sishining 12,5% gagina 
sabab bo’ladi, qolgan 87,5 % li o’sish esa texnologik o’zgarishlarga bog’liq bo’lar 
ekan. Shundan so’ng, texnika va texnologiyaning rivojlanishini o’rganadigan bir 
qancha soha mutahassislari, shu jumladan, iqtisodchilar ham ishlab chiqarish 
o’sishining asosi - kerakli joyda, kerakli vaqtda va kerakli iqtisodiyot tarmoqlariga 
ilmiy-texnologik yangiliklar kiritish ekanligini ta’kidladilar. Iqtisodchi P.N. Zavlin 
fikricha /10/, iqtisodiyot mahsuloti sifatida bilimlarga asoslangan yangiliklar 
kiritish ishlab chiqarish usuli, ilg’or texnologiya, hizmat ko’rsatish turi, tashkiliy 
tuzilish, moliyaviy yoki ilmiy izlanish faoliyati ko’rinishida bo’lishi mumkin.Ya. 
Muyjel va L.A. Jolents esa bilimlar natijasida vujudga kelgan yangilikni “ilmiy 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling