Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik platforma
banklar tomonidan foizsiz, ammo foydaga sherik bo’linadigan kreditlar
berilishini yo’lga qo’yish). Raqamli iqtisodiyot sohasidagi venchur firmalar bir qancha huquqiy va jismoniy shaxslar orasidagi shartnoma asosida yoki bank kreditlari asosida, yohud banklar va yirik kompaniyalarning mablag’lari asosida tashkil qilinadi. Venchur firmalar tashkil qilish uchun quyidagi shart-sharoitlar bo’lishi kerak: Innovatsion yangilik yaratishning asoslangan g’oyasi – yangi texnologiya, ixtiro, ishlab chiqarish jarayoni, hizmat ko’rsatish, dastur tuzish, internet resursi yaratish, 3D-texnologia, intellectual tizim tashkil qilish va shunga o’zshashlar; Bu g’oyaning amalga oshirilishiga jahon, mamlakat, xudud yoki korxona miqyosida jamiyatning talabgorligi; Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Ushbu g’oya amalga oshirilishi natijasida ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko’rsatiladigan hizmatlarga ichki va tashqi bozorlarda talab mavjudligi; Bu g’oya asosida tavakkalchilik bilan yangi firma tashkil qilib, uni boshqara oladigan real tadbirkorning mavjudligi; Ushbu venchur firmani moliyalashtirish uchun kerakli miqdordagi “tavakkalchi” kapitalni topish mumkinligi. Investitsiyalarning boshqa turlaridan farqli o’laroq, venchur biznesga moliyaviy mablag’ investitsiya qilish quyidagi hususiyatlarga ega: Venchur biznesga moliyaviy mablag’lar kafolatsiz hamda moddiy ta’minotsiz jalab qilingani uchun investorlar katta tavakkalchilikka duch keladilar, chunki muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda ular juda katta mablag’larni yo’qotishlari mumkin. Ammo bunday tavakkalchilikka tayyor bo’lish tadbirkorlarning venchur biznes muvaffaqiyatiga astoydil ishonishlari va ularning o’zlari yakka holda bu ishni amalga oshira olmasliklari bilan tushuntiriladi; Investorning venchur firma ta’sis (ustav) kapitalida majburiy 50% dan oshmagan bevosita yoki bilvosita ulushga ega bo’lishi. Ya’ni tavakkal kapitali firmaning ustav kapitaliga ulush kiritish tariqasida ishtirok etib, bu moliyaviy mablag’lar ajratilishiga alohida ta’sir ko’rsatidi. O’z navbatida investorlar moliyalashtirilgan firmaning foydasidan o’z ulushlarini olish huquqiga ham ega bo’ladilar; Mablag’lar qaytib bermaslik asosida uzoq muddatga beriladilar, chunki ba’zi hollarda mablag’larining samaradorligini bilish va tegishli daromad olish uchun investorlar 3-5 yil kutishlariga to’g’ri keladi; Investorning moliyalashtirilgan venchur firmani boshqarishda faol ishtiroki talab qilinadi, chunki investorlar venchur firmaning muvaffaqiyatiga shaxsan qiziqadilar va shuning uchun mablag’ berish bilangina kifoya qilmaydilar. Venchur firmalar ikki xil tashkiliy ko’rinishlarda faoliyat ko’rsatishlari mumkin. Bulardan biri mustaqil venchur firmalar bo’lsa, ikkinchisi yirik Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva tashkilotlar tarkibida tashkil qilinadigan venchur firmalardir. Yangi mahsulot yoki hizmat turi yaratish bo’yicha loyiha tanlanganida ikki holat albatta hisobga olinadi: birinchidan, bu loyihaning maqsadlari va hal qiladigan masalalari asosiy kompaniyaning an’anaviy faoliyati bilan mos tushmasin – ya’ni, ichki venchurning asosiy maqsadi - katta daromad keltiradigan yangi innovatsiyalar topish va uni kompaniya faoliyatiga tadbiq etishdir. Ikkinchidan, yangi g’oyalar tanlanayotganda ulardan olinishi mumkin bo’lgan iqtisodiy natija sarf-xarajatlarni oqlashdan tashqari, katta foyda keltiradigan darajada yetarlicha miqdordagi kattalikda bo’lishi lozim. Texnologik rivojlanishning milliy qadriyatlarini hosil qilishda va ularni amalga oshirishda davlatning, ilm-fanning hamda biznesning imkoniyatlarini birlashtirishda foydalanilishi mumkin bo’lgan eng muhim uskunalardan biri texnologik platformalardir. Texnologik platforma – yangi tijoriy raqamli texnologoyalar, mahsulotlar, hizmatlar yaratishda qo’shimcha zahiralarni jalb etish uchun barcha qiziquvchilarni (shu jumladan, davlat, fan, biznes va jamiyat a’zolarini) birlashtirish imkonini beradigan kommunikatsion imkoniyatdir. Uning vositasida biror bir ilmiy-texnik innovatsiyani amalga oshirayotgan firma va tashkilotlardan iborat bo’lgan klasterlarga (birlashmalarga) kerakli bo’lgan ko’mak ko’rsatiladi. Klasterlar esa raqamli texnoligiyalarda yangilik kutilayotgan yo’nalishlarda tashkil qilinib, uning vositasida yangi bozorbop imkoniyatlar topiladi. Shuning uchun ham iqtisodiy jihatdan rivojlangan va endigina rivojlanayotgan ko’pgina mamlakatlar eng yangi raqamli innovatsion yo’nalishlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida klasterlar tashkil qiladilar. Ilm-fan va ishlab chiqarish birlashishining yana bir asosiy imkoniyatlaridan biri raqamli texnologiyalar transferining bozoriy mexanizmini yaratishdir. Raqamli Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling