Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilm va texnologiya xududlari
Biznes-inkubator ko’p funktsiyali murakkab kompleks bo’lib, keng
ko’lamdagi raqamli innovatsion hizmatlar ko’rsatadi. Innovatsion firma o’z texnologik yo’nalishiga bog’liq ravishda inkubatordan xonalari (yoki uskunalarni) ijaraga olib, uning innovatsion hizmatlaridan foydalanadi. Mijoz firmaning inkubatsion davri 2 yildan 5 yilgacha bo’lishi mumkin. Shundan so’ng u inkubatorni tark etib, mustaqil faoliyat ko’rsata boshlaydi. Texnopolis alohida shahar asosida tashkil qilingan bir butun ilmiy ishlab chiqarish tuzilmasi bo’lib, uning iqtisodiyotida texnopark va inkubatorlar sezilarli o’rin egallaydi. Ilmiy markazlarda ishlab chiqilgan yangi mahsulot va texnologiyalar shaharning iqtisodiy-ijtimoiy muammolarini hal qilish uchun ishlatiladi. Texnopolislar rivojlangan raqamli innovatsion tuzilmalar bolgan yangi yoki qaytadan qurilayotgan shaharlarda tashkil qilinishlari mumkin. Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Ilm va texnologiya xududlari (regionlari) bir butun ma’muriy (administrativ) hududning chegaralari bilan teng keladigan kattalikdagi xududlarni egallashi mumkin. Bunday xududning iqtisodiyotida texnopark tuzilmalari bilan qo’llab- quvvatlanib turiladigan innovatsion faoliyat katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bu yerda ilmiy ishlab chiqarish komplekslari bir butun bo’lib ishlaydi, shuning uchun ham ilmiy markazlarda yaratiladigan yangi texnologiyalar darhol ishlab chiqarishga va amaliyotga tadbiq qilinadilar. Ilm-fan va texnologiya xududida yirik ilmiy tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko’rsatadilar. Bu kompleksga yana ishlab chiqarish va maishiy hizmat ko’rsatish infratuzilmalari, kichik va o’rta biznes korxonalari, moliyaviy institutlar va fondlar, dam olish zonalari va madaniy tashkilotlar kiradi. Bunday ilm-fan xududining rivojiga tabiiy sharoitlar, madaniy-ma’naviy holat va unga jalb etilgan inson kapitalining hususiyatlari katta ta’sir ko’rsatadi. Fan va texnologiya xududi o’z tarkibiga texnopolislarni, texnoparklarni, inkubatorlarni olib, ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatini qo’llab-quvvatlaydigan keng infratuzilmaga ega bo’ladi. Kichik innovatsion firmalar orasida alohida o’rinni “tavakkalchilik” asosida ishlaydigan venchur firmalar egallaydi. Ular juda moslashuvchan va samarali kichik korxonalar bo’lib, tavakkalchilik bilan bog’liq bo’lgan raqamli innovatsion loyihalarni (yangi ilmiy-texnik yechimlarni) tekshirib ko’rish, qayta ishlash va amaliyotga tadbiq qilish uchun hizmat qiladilar. Ba’zi hollarda esa venchur firmalar biror bir aniq muammoni hal qilish uchun tuziladigan vaqtinchalik tashkiliy tuzilmalar ham bo’lishlari mumkin. Bunday korxonalar juda faol ishlaydilar, chunki ularning xodimlari va hamkorlari yangi g’oya, texnologiya yoki ixtironing amaliyotga tadbiq qilinishiga shaxsan qiziqadilar, ya’ni ular buning natijasida kattagina daromadga ega bo’lishlari mumkin. Venchur korxonalar chuqur bilim va ilm-fan talab qiladigan iqtisodiyot tarmoqlarida (masalan, quyosh, shamol, mini suv va bioenegetika sohalarida, qishloq xo’jalik mahsulotlarini innovatsion usullar yordamida qayta ishlash, saqlash va yetishtirish kabilarda) keng tarqalganlar va bu yerda ular aniq yo’nalishdagi amaliy ilmiy izlanishlar hamda katta moliyaviy natija keltirishi mumkin bo’lgan injener-texnik tadqiqotlar Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva olib boradilar. Raqamli iqtisodiyot sohasida venchur biznesning alohida ahamiyati quyidagilardan iborat: Venchur biznes yangi innovatsion hayot tarziga moslashgan korxonalar hosil bo’lishiga olib kelib, an’anaviy ilmiy izlanishlar tizimiga ta’sir qiladi va mamlakatning ishlab chiqarish jarayonidagi zamonaviy ijobiy o’zgarishlarga olib keladi; Yuqori malakali mutahassislar, injener-texnik xodimlar va olimlarning bandligini ta’minlab, ularga bo’lgan talabni oshiradi; Iqtisodiyot an’anaviy tarmoqlarining texnik va texnologik jihatdan qaytadan jihozlanishiga erishish imkonini beradi; Yirik korxona, tashkilot va korporatsiyalarga o’z tuzilishini, faoliyat yo’nalishini va maqsadlarini zamona talablariga mos ravishda o’zgartirishga namuna sifatida hizmat qiladi; Venchur biznesning turli hil mamlakatlardagi ko’p yillik tajribasidan shu ma’lum bo’ladiki, mamlakatimizning uzoq muddatli maqsadlarini amalga oshirish uchun venchur kapital asosida faoliyat ko’rsatadigan maxsus moliya- kredit tizimini yaratish zarur (masalan, venchur biznes korxonalari uchun Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling