Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Kichik biznesda raqamli innovatsion faoliyatining


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Kichik biznesda raqamli innovatsion faoliyatining
asosiy sub’ektlari 
Ilmiy g’oya 
Tajriba-
konstruktorlik 
ishlanmalari 
Sinov namunasini 
yaratish 
Kam, seriyali 
yoki ommaviy 
ravishda ishlab 
chiqarish 
Yangi 
maxsulotning 
tarqatilishi 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
Raqamli innovatsion faoliyat sub’ektlari sifatida yangilklar yaratadigan va 
ularning sinov nushalarini yangi raqamli mahsulot sifatida ishlab chiqaradigan 
korxonalar, tashkilotlar yoki alohida shaxslar tushuniladi. Sub’ektlar sifatida 
bulardan tashqari raqamli innovatsion jarayonga moliyaviy, information
marketing, patent-litsenziya, lizing, frentsayzing, sotuv va boshqa hizmatlar 
ko’rsatadigan huquqiy va jismoniy shaxslarni ham qo’shishimiz mumkin. Yanada 
aniqroq qilib aytganda, raqamli innovatsion faoliyat sub’ektlari quyidagilardir: 

Raqamli 
innovatsionfaoliyatningvainnovatsionhizmatningalohidako’rinishlaribo’lganilmi
y-ishlabchiqarishtashkilotlarivatexnopolislar, 
texnoparklar, 
innovatsionmarkazlar, 
innovatsion-
investitsionvabiznesmarkazlarko’rinishidagituzilmalar; 

Raqamli 
mahsulot 
yaratadigan 
ilmiyvailmiy-tekshirishtashkilotlari 
(akademikvatarmoqilmiyinstitutlari, konstruktorlikbyurolari, laboratoriyalar, 
tajribamaydonlari, oilyta’limmuassasalari); 

Raqamli mahsulot hosil qiladigan yirik va o’rtacha kattalikdagi korxona va 
tashkilotlar; 

Raqamli mahsulotlar yaratadigan kichik investitsion tashkilotlar va firmalar; 

Raqamli iqtisodiyot muammolari bilan shug’ullanadigsn innovatsion, ilmiy-
tekshiruv va ishlab chiqarish yo’nalishidagi tashkilotlarning hizmatchilari; 

Raqamli iqtisodiyot sohasida yuksak iqtidorga ega bo’lgan olim, ixtirochi
dasturchi va malakali mutaxassislar. 
Huquqiy nuqtai-nazardan, raqamli innovatsion tadbrirkorlik faoliyati sub’ektlari 
deb, ilmiy-texnik yo’nalishlarda huquqiy shaxs hosil qilmasdan tadbirkorlik 
qilaoytgan shaxslar (ya’ni individual tadbirkorlar) ham tushunilib, ular bu faoliyat 
turi bilan shug’ullanish uchun guvohnomalar olgan bo’lishlari lozim. Raqamli 
innovatsion tadbirkorlik faoliyatining bunday sub’ektlariga iqtisodiyotning turli 
sohalarida yangiliklar yaratib, ularni amaliyotga tadbiq etadigan ixtirochilarni, 
konstruktorlarni, ratsionalizatorlarni, komp’yuter dasturchilarini, frilanserlarni, 
dizaynerlarni (shu jumladan, web-dizaynerlarni), arxitektorlarni, texnologlarni va 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
boshqa ijodiy soha sub’ektlarini kiritish mumkin. Raqamli innovatsion faoliyatning 
yetakchi sub’ektlariga esa innovatsion g’oyalarni konkret loyihalarga 
aylantiradigan va buning natijasida foyda ko’rinishidagi moliyaviy natija oladigan 
tijoriy tashkilotlarni kiritish mumkin. Shuning uchun raqamli innovatsion 
tadbirkorlik faoliyatining sub’ektlariga mulk ko’rinishidan qat’iy nazar, ilmiy-
tekshirish va loyiha-konstruktorlik tashkilotlari, iqtisodiyotning turli sohalaridagi 
korxona va tashkilotlar hamda oliy o’quv yurtlari ham kiradi. Raqamli innovatsion 
faoliyatga hizmat ko’rsatuvchi sub’ektlarni esa alohida guruhga ajratish mumkin. 
Xuddi shular raqamliinnovatsion infratuzilmaning elementlari hisoblanadi. 
Raqamli innovatsion faoliyat sub’ektlari o’zlarining xududiy ko’rsatgichlariga 
ko’ra, asosiy funktsiyalariga ko’ra, tashkiliy elementlariga ko’ra, innovatsion 
jarayonning tugallanganligiga ko’ra va bilimlar yaratish jarayoniga ko’ra 
farqlanishlari mumkin. Yuqori darajada ilmiy bilimlar talab qiladigan va murakkab 
innovatsion g’oyalarning amalga oshirilish jarayonida quyidagi turdagi tadbirkorlik 
tashkilotlari birlashmalari muhim ahamiyat kasb etadi: konsortsiumlar, kontsernlar, 
holding-kompaniyalar, moliya-ishlab chiqarish guruhlari, assotsiatsiyalar va 
huquqiy shaxslar birlashlamalari. Bunday birlashmalar ichida asosiy ahamiyatni 
yirik raqamliinnovatsion loyihalarni amalga oshira oladigan konsortsiumlar 
egallaydi. Raqamli innovatsion sohada konsortsiumni juda katta ilmiy izlanishlar 
talab qiladigan va juda katta investitsiyalarga muxtoj bo’lgan loyihalarni amalga 
oshirishda banklar, kompaniylar, tashkilotlar, firmalar va ilmiy markazlar orasidagi 
vaqtinchalik kelishuv (ba’zan halqaro miqyosdagi) deb tushuntirish mumkin. 
Konsortsiumning o’ziga xos hususiyati shundan iboratki, unga kirayotgan 
hamkorlar (konsortsium maqsadlariga bog’liq bo’lmaganlardan tashqari
o’zlarining iqtisodiy va huquqiy mustaqilliklarini saqlab qoladilar. Undan tashqari, 
konsortsium vaqtinchalik birlashma bo’lib, qo’yilgan maqsadlarga erishilganidan 
so’ng, o’z faoliyatini tugatadi. Raqamli innovatsion tadbirkorlik tuzilmalarining 
eng murakkab ko’rinishlaridan biri, ishlab chiqarish, transport, savdo va banklarni 
birlashtiradigan kontsern hisoblanadi. Kontsernning ishtirokchilari sifatida 
murakkab innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun kuchlarini birlashtirgan 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
alohida korxona va tashkilotlar, firmalar, banklar va investitsion kompaniyalar 
bo’lishi mumkin. Yirik korxonalar raqamli innovatsiyalarni o’zlashtirishda 
kichiklariga qaraganda quyidagi bir qancha afzalliklarga ega bo’ladilar: 
Juda katta moliyaviy mablag’larni jalb qila olish, chunki katta innovatsiyalr 
juda katta mablag’lar va zahiralar talab qiladi; 
 Ko’zda tutilmagan moliyaviy, tashkiliy va boshqacha qiyinchiliklar tug’ilganda, 
ularni birgalikda hal qilish imkoniyati; 
Ko’p maqsadlarni ko’zlagan holda innovatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati; 
Turli xil yo’nalishlarga oid olimlar, injener-texnik xodimlar va ixtirochilarni 
jalb qila olish imkoniyati; 
Halqaro loyihalarda qatnasha olish va natijalarni ham halqaro bozorga olib 
chiqa olish; 
Bir qancha innovatsion g’oyalarni bir vaqtda amalga oshira olish imkoniyati. 
Bularning barchasi birgalikda raqamli innovatsion faoliyatning samaradorligini 
bir necha marta oshiradi (sinergetik effect). Amaliyotdan ma’lum bo’lishicha, katta 
va kichik korxonalarning raqamli innovatsion faoliyati o’zaro bog’liqdir. Masalan, 
katta korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan yangi mahsulotlarni bozorlarga 
yetkazib berish, ularni homashyo va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash, ularga 
hizmat ko’rsatish, ularni ta’mirlash va shunga o’xshash boshqa ishlarni bajarish 
uchun kichik korxonalar katta firmalar bilan hamkorlikda ishlaydilar va natijada 
ularning o’zaro aloqasi kengayadi hamda mustahkamlanadi. Bu esa o’z navbatida 
raqamli innovatsion tadbirkorlik uchun yanada yangi imkoniyatlar yaratadi. 
Raqamli innovatsion jarayonning kuchayishi uchun hizmat qiladigan kichik 
tashkiliy tuzilmalar ichida eng muhimlari venchur, injiniring va yangiliklarni 
amaliyotga tadbiq qiladigan firmalar hisoblanadi.

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling