Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

«Nigeriya xatlari» 
Bunda sizga qandaydir sabablar tufayli o’z qonuniy merosini ololmayotgan 
yoki merosni taqsimlanmay qiyin axvolga tushib qolganlar nomidan xatlar kelib, 
merosni olishga moliyaviy yoki qandaydir turdagi yordam berishni so’rashadi. 
Agar siz bu taklifga rozi bo’lsangiz, sizga kattagina mablag yoki merosning bir 
qismi taklif qilinadi. Bu firibgarlikni internetda emas, balki afrika davlati 
Nigeriyada kashf qilishgan va bu firib keyinchalik internetga xam ko’chib o’tgan.
«Omadingiz kelgani xaqidagi xat» 
Bunda sizga lotoreyadan yoki shunga o’xshash bir nimadan katta yutuq 
yutganligingiz xaqida elektron xat keladi. Ushbu yutuqni olishingiz uchun esa 
yutgan davlatingizga qandaydir miqdorda to’lov (soliq, sug’urta, badal yoki foiz
to’lashingiz kerakligi ma’lum qilinadi. Agar siz soliqni to’lashga rozi bo’lsangiz, 
qandaydir firmaning xuquqshunosiga muroja’at qilishingiz kerakligi o’qtiriladi. 
Xuddi shu xuquqshunos sizning pulingizni amal-taqal qilib shilib olish uchun 
o’zining barcha maxoratini ishga soladi.
«Konfiskatsiya qilingan tovarni sotib oling» 
Bunda sizga qaysidir mamlakatda bojxona organlari tomonidan musodara 
qilingan maxsulotlarni juda past narxlarda sotib olish yoki uni sotish jarayonida 
dallol sifatida ishtirok etish taklif qilinadi. Agar ko’nsangiz, sizdan bu mamlakatga 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
kelish yoki ma’lum miqdorda sheriklik badali yuborish taklif etiladi. Ikkala xolatda 
xam maksad bitta – sizdan qandaydir miqdordagi pulni undirib olishdir. 
«Vishing» 
Bu usul yuqorida ko’rib o’tilgan fishing usuliga juda xam o’xshash bo’ladi, 
ammo bunda e-mayl o’rniga internetdan SMS ma’lumot keladi. Bu xam 
internetdagi to’lov tizimlari imkoniyatlaridan foydalanib sizni chuv tushirishga 
mo’ljallangan.
«Farming» 
Fishingga juda o’xshash bo’lgan bunday firibgarlikning moxiyati 
foydananuvchini haqiqiysiga juda ham o’xshash boshqa bir saytga yo’naltirishdan 
iborat bo’lib, ushbu sayt yordamida sizga qandaydir tuzoq qo’yiladi yoki sizga 
nisbatan elektron xiylagarlik tadbiri uyushtiriladi. Bunda agar siz sayt nomini 
to’gri kiritsangiz xam, maxsus dasturlar sizni soxta saytga yo’naltiradi.
«Karding» 
Ushbu firibgarlik usuli bank kredit yoki debet kartalari bilan bog’liq bo’ladi. 
Bunda qandaydir internet magazin yaratiladi va unda arzon maxsuolotlar sotilishi 
reklama etiladi. Ammo bunday internet magazinlar xech nima sotmaydilar, balki 
ular sizlarning bank kartalaringiz ma’lumotlarini yigish bilangina shugullanadilar. 
Keyinchalik bu yig’ilgan ma’lumotlar boshqa turdagi firibgarliklarni tashkil 
qilishyoki nimanidir reklama qilish uchun ishlatiladi.

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling